M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
(ayniqsa yelka, ko‘krak, qorin mushaklarida) kuchli og‘riqlardir. Bu og‘riqlar hatto mushaklarni asta ðayðaslaganda ham kuchayadi. Ayrim vaqtlarda og‘riqlar shunchalik kuchli bo‘ladiki, hatto bemor qimirlay olmay qoladi. Mialgiyalar (mushaklardagi og‘riqlar) 8— 10 kun davom etadi. Leðtosðirozda bemorning tashqi ko‘rinishi ham o‘ziga xos. Kasallikning dastlabki kunlari yuz shishgan va qizargan bo‘lib, skleralarga qon quyilishi aniqlanadi. Bo‘yin va ko‘krak qafasining yuqori qismlari ham qizargan bo‘ladi, lab va burun qanotlari shilliq ðardalariga gerðetik toshmalar toshadi. Leðtosðirozning og‘irroq shakllarida kasallikning 3—5-kunidan boshlab, skleralar va keyinroq teri sarg‘ayadi. Siydik to‘q rangda bo‘ladi. Najas rangi odatda o‘zgarmaydi. Jigar sohasi ðayðaslab ko‘rilganda og‘riydi, jigar kattalashadi. Òaloq ham kattalashishi mumkin. Bu vaqtda bemorlarda ekzantema kuzatiladi. Òoshmalar ko‘ðincha qizamiq, qizilcha yoki skarlatinasimon ko‘rinishlarda uchraydi. Ayrim hollarda ular o‘zaro qo‘shilib eritematoz (qizargan) sohalarni hosil qiladi. Òoshma elementlari o‘rnida yengil ðigmen- tatsiya (dog‘lar) qoladi. Gemorragik sindrom inyeksiya joyi va skleralarga qon quyilishlar shaklida qayd etiladi. Yurak-qon tomirlar sistemasida ðuls kamayishi (bradikardiya), arterial bosim ðasayishi, yurak tovushlarining bo‘g‘iqligi va EKGning o‘zgarishi kuzatiladi. 348 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Nafas yo‘llari o‘zgarishlari bronxit, ayrim ðaytlarda o‘ðkaga qon quyilishi natijasida balg‘amning qon aralash ajralishi shaklida uchraydi. Siydik ajratish sistemasida oliguriya, ba’zan anuriya aniqlanadi. Nerv sistemasida intoksikatsiya belgilari — kuchli bosh og‘rig‘i va uyqusizlik kuzatiladi. Og‘ir holatlarda ularga qo‘zg‘alishlar va ongning buzilishi qo‘shiladi. Meningeal belgilar (ensa mushaklari rigidligi, ijobiy Kernig va Brudzinskiy simðtomlari) kuzatilishi mumkin. O‘lim hollari o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va uremik koma natijasida kelib chiqadi. Òashxisi. Eðidemiologik anamnez (botqoq, o‘tzorlarda ishlash, cho‘milish, qishloq xo‘jalik hayvonlari bilan aloqada bo‘lish) klinik belgilar va laboratoriya tekshirishlariga asoslangan. Qonda eritrositlar gemolizi natijasida yuzaga kelgan kuchli anemiya aniqlanadi. Eritrositlar soni 2—3x10 12 /l gacha, gemoglobin — 40—50 g/l gacha kamayadi, yuqori leykositoz (20x10 9 gacha), limfoðeniya, ECHÒning ba’zan 50—60 mm/soatgacha oshganligi qayd qilinadi. Òrombositlar soni 100—180x10 9 /l gacha kamayishi mumkin. Siydikda albuminuriya, ðatologik jarayonga jigar qo‘shil- ganda esa bilirubin va transferazalar (AlAÒ 2—4 mmol/l gacha) oshganligi aniqlanadi. Bakteriologik tekshirish materialni birlamchi mikroskoðiya va leðtosðiralarning toza kulturasini olish uchun uni ekma qilishdan iborat. Qon (kasallikning birinchi 5 kunida), orqa miya suyuqligi (meningeal belgilar bo‘lganda) va siydik (kasallikning 10-kunidan boshlab) tekshiriladi. Òekshiriladigan materialning bir tomchisi buyum oynachasiga tomiziladi va qoðlagich oynacha bilan yoðiladi. Ijobiy natija kuzatilganda qorong‘i maydonda faol va har xil hara- katlar qilayotgan kumush rang oq iðlar shaklidagi leðtosðiralar toðiladi. Ekma uchun tekshirish materiali sifatida 5 tomchidan 20 tom- chigacha qon, siydik, orqa miya suyuqligi olinadi. Bir vaqtda 3—5 ekmalar qilinadi (imkon boricha bemor yotog‘i oldida). Leð- tosðiralarni o‘stirish uchun oðtimal harorat 28—30°C bo‘lishi kerak. Leðtosðiralar 30 kun davomida o‘stiriladi. Ular o‘sganda muhit loyqalanmasligini e’tiborga olib, ularning o‘sganligini aniq- lash uchun qorong‘ilatilgan joyda muhitdan tomchi olib, har 5—7 kunda tekshirib boriladi. 349 MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar Biologik tekshirish uchun yosh dengiz cho‘chqalari ishlatiladi. Bemor qoni dengiz cho‘chqasining ko‘ðincha qorin ðardasiga 2—5 ml hajmda kiritiladi. Ijobiy biosinamada 4—6-kun hayvonlar ko‘zi- dan yosh oqa boshlaydi, tana harorati 39—40°C gacha ko‘tariladi va umumiy sariqlik kuzatiladi. A’zo hamda to‘qimalarga qon quyilishi natijasida hayvonlar o‘ladi. Hayvonlardan leðtosðiralarni ajratib olish uchun qon, siydik va a’zolar ekiladi. Leðtosðiralarning tirik kulturalari yordamida qo‘yiladigan mikros- koðik agglutinatsiya reaksiyasi (MAR) leðtosðirozga tashxis qo‘yish- da sðetsifik usul hisoblanadi. Mazkur reaksiya kasallikning 2—4- haftasida qo‘yiladi. Natija 1,5—2 soatdan keyin olinadi. Ijobiy natijalarda leðtosðiralar harakatsizlanadi. Reaksiya natijasi uch balli shkala bo‘yicha ðlyuslar bilan belgilanadi (+++ barcha leðtosðiralar agglutinatsiyaga uchraydi; ++ 50—75% mikroorganizmlar yoðishib qoladi; +25% leðtosðiralar agglutinatsiyalanadi). Ijobiy hisoblanishi uchun kamida (++) bo‘lishi kerak. Oxirgi yillarda sust gemag- glutinatsiya reaksiyasi (PGAR) qo‘llanmoqda. Uning minimal tashxis titri — 1:80 ga teng. Davolash. Bemorlar yotoq rejimiga rioya qilishlari shart. Ovqatlar to‘la qimmatli bo‘lishi kerak. 4-ðarhez, sariqlik shaklida esa — 5- ðerhez tayinlanadi. Asosiy davolash usullari — antibiotikoteraðiya va sðetsifik gamma-globulin yuborishdir. Davolash kasallikning bosh- lanishida, ya’ni hali mikroorganizmlar qondaligida juda samaralidir. Penitsillin sutkasiga 2000000—4000000 ÒB birlikda tayinlanadi, og‘ir shakllarda va meningit belgilari mavjud bo‘lganda, uning sutkalik miqdori 12000000—16000000 ÒB birlikkacha ko‘tariladi. Òetrasiklin 0,3 g dan kuniga 4 mahal buyuriladi. Antibiotiklar 8— 10 kun davomida qo‘llaniladi. Kuchli intoksikatsiyada, sariqlik va gemorragik sindromda antibiotiklar kortikosteroid ðreðaratlar bilan birga yuboriladi. Kortikosteroidlardan ðrednizolon qo‘llanadi: 30— 40 mg dan 8—10 kun davomida miqdorini asta-sekinlik bilan tushirib boriladi. Venaga tomchilab 5% li glukoza eritmasi, gemodez va askorbinat kislota buyuriladi. Leðtosðiroz gamma-globulin, dastlab desensibilizatsiya o‘tka- zilgandan keyin yuboriladi. 1-kuni 0,1 ml suyultirilgan (1:10) gamma-globulin teri ostiga, 30 minutdan so‘ng teri ostiga 0,7 ml
350 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya suyultirilgan gamma-globulin va yana 30 minutdan keyin — 10 ml suyultirilmagan gamma-globulin mushak orasiga yuboriladi. Davo- lashning 2- va 3-kuni mushak orasiga 5 ml dan suyultirilmagan gamma-globulin yuboriladi. Vitaminlar komðleksi, albatta askorbinat kislota va vitamin R ðreðaratlari buyuriladi. Og‘ir hollarda, o‘tkir buyrak yetish- movchiligida venaga 150–200 ml 4% li natriy gidrokarbonat eritmasi yuboriladi. Oshqozon yuviladi va 2% li natriy gidrokarbonat bilan huqna qilinadi. Konservativ davodan samara kuzatilmasa, gemodializ («sun’iy buyrak» aððarati) tayinlanadi. Bemor odatdagiday ðarvarish qilinadi. Kuchli terlash sababli choyshablar va bemor kiyimlari tez-tez almashtirib turiladi. Mushaklarda kuchli og‘riq kuzatilganda isitgichlar (grelka), og‘riq qoldiruvchi ðreðaratlar buyuriladi. Ichki a’zolar faoliyati kuzatib turiladi. Bemorlarni shifoxonadan chiqarishda kasallik og‘irligi (anemiya, ðroteinuriya va b.) va ko‘zda kuzatiladigan asoratlar (iritlar, ko‘rish qobiliyatining ðasayishi)ga, buyrak (buyrak yetish- movchiligi), nerv sistemasi (yuz nervlari ðarezi, ðolinevrit)ga ahamiyat beriladi. Asoratlar kuzatilganda bemorlar tegishli ixti- soslashgan statsionarda davolanishni davom ettiradilar. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kasallik ðrofilaktikasida suv manbalarini ifloslanishlardan saqlash, suvni zararsizlantirish va endemik joylardagi suv havzalarida cho‘milishni man qilish katta ahamiyatga ega. Kemiruvchilar bilan kurashish (deratizatsiya), oziq-ovqat mahsulotlarini kemiruvchilardan himoya qilish muhim rol o‘ynaydi. Suvli va botqoq joylarda ishlaganda rezina etiklar kiyish, kasal hayvonlarni ðarvarish qilishda, go‘sht kom- binatlarida ishlaganda, kanalizatsiya inshootlarida maxsus kiyim- lardan foydalanish zarur. Qishloq xo‘jalik hayvonlarini vaksinatsiya qilish, sutni qaynatib ichish zarur. Eðidemik ko‘rsatmalar bo‘yicha odamlarni immunizatsiya qilish mumkin. Vaksina teri ostiga ikki marta — birinchi marta 2 ml, 7 kundan keyin ikkinchi marta — 2,5 ml miqdorda yuboriladi. Bir yildan keyin revaksinatsiya o‘tkaziladi. Bu vaqtda teri ostiga 2 ml vaksina yuboriladi. Bemor kishilar atrofdagilar uchun xavf tug‘dirmaydi, shifo- xonaga faqat klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha yotqiziladi. 351 MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar Nazorat savollari 1. Leðtosðirozlar qo‘zg‘atuvchilari — leðtosðiralar haqida gaðirib bering.
2. Nima sababli leðtosðirozda sariqlik kuzatiladi? 3. Leðtosðiroz klinikasini gapirib bering. 4. Leðtosðirozga tashxis qo‘yish uchun qanday materiallar tek- shiriladi? 5. Leðtosðirozda biologik tekshirish qanday o‘tkaziladi? 6. Leðtosðiroz gamma-globulin qanday yuboriladi? 7. Infeksiya o‘chog‘ida qanday tadbirlar amalga oshiriladi? Òularemiya (tularemia) Òularemiya — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, umumiy intok- sikatsiya, isitma, limfatik tugunlar, teri, shilliq ðardalar va o‘ðka zararlanishi bilan o‘tadi. Etiologiyasi. Òularemiya qo‘zg‘atuvchisi — tularemiya tayoqchasi bo‘lib, kattaligi 0,2—0,7 mkm, grammanfiy, harakatsiz, sðora hosil qilmaydi, kaðsulaga ega. U ðolimorf (kokksimon shakllari ham uchraydi). Oddiy oziq muhitlarida o‘smaydi. Òuxum sarig‘i qo‘- shilgan suyuq muhitda yaxshi rivojlanadi. Keyingi vaqtda qo‘z- g‘atuvchini o‘stirish uchun tovuq embrionlari qo‘llanmoqda. Òularemiya mikroblari suvda va namli tuðroqda 4 oydan ziyod, muzlatilgan mahsulotlarda esa 3 oydan ortiq vaqt saqlanishi mumkin. Xlorlangan suv, qaynatish, quyosh nurlari ta’sirida tez nobud bo‘ladi. Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai — kemiruvchilar (sich- qonlar, qumsichqonlar, suvda yashovchi kemiruvchilar, yumron- qoziqlar, quyonlar)dir. Òularemiya bilan uy hayvonlari ham kasal- lanishi mumkin. Odam turli yo‘llar bilan, ya’ni transmissiv (qon so‘ruvchi hasharotlar orqali — masalan, kemiruvchilardan kasallik yuqtirgan kanalarning chaqishi), aloqa (ov, o‘lgan kemiruvchilar terisini shilib olish va ularga ishlov berish), asðiratsion (uzoq vaqtlar davomida g‘aramlangan va kemiruvchilar siydigi bilan zararlangan donlarni yanchishda hosil bo‘lgan changlarni yutish va b.) va alimentar (kemiruvchilar siydigi va najaslari bilan zararlangan mahsulotlar yoki kasal hayvonlar go‘shtini iste’mol qilish hamda 352 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya infeksiya tushgan suvlarni ichish) yo‘llar bilan kasallik yuqtirishi mumkin. Kasallikdan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi. Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Òularemiya qo‘zg‘atuvchisi organizmga teri, ko‘z shilliq ðardalari, nafas va oshqozon-ichak yo‘llari orqali kiradi. Kirish joyi ko‘ðincha kasallikning klinik ko‘rinishini belgilab beradi. Mikrob qon oqimi bilan regionar limfatik tugunlarga tushadi, u yerda nekrotik o‘choqli yallig‘lanish jarayonini chaqiradi. U yerdan qonga o‘tib (bakteremiya), butun organizm bo‘ylab tarqaladi. Bu esa umumiy intoksikatsiya va turli a’zolar (taloq, jigar, o‘ðka)ning sðetsifik zararlanishiga olib keladi. Allergik holat yuzaga keladi, bu kasallik ðatogenezida katta rol o‘ynaydi. Patomorfologik jihatdan limfatik tugunlar va ichki a’zolar to‘qimalarida ko‘ðlab granulemalar hosil bo‘ladi. Òularemiya asorat- lariga miya ðardalari, miya to‘qimalari va ðeriferik nervlar zararlanishi kiradi. Klinikasi. Yashirin davr 2 kundan 20 kungacha (ko‘ðincha 5—8 kun) davom etadi. Kasallik to‘satdan boshlanadi, tana harorati 38— 39°C gacha ko‘tariladi. Et uvushib, bemor terlaydi. Kuchli bosh og‘riqlari, bosh aylanishi, mushaklarda og‘riq, ayrim hollarda ko‘ngil aynishi va qusish kuzatiladi. Bemor yuzi qizaradi va kon- yunktivit qayd etiladi. Ko‘ðincha rozeolyoz yoki ðaðulyoz toshmalar uchraydi. Puls avvaliga tezlashadi, keyinchalik esa bradikardiya aniqlanadi, yurak urishlari bo‘g‘iq eshitiladi. Jigar va taloq katta- lashadi, qabziyatga moyillik namoyon bo‘ladi. Mahalliy o‘zgarishlar kuzatiladi, bu o‘zgarishlar kasallikning turlarini bildiradi. Òularemiya klassifikatsiyasi bo‘yicha uning quyidagi klinik shakllari farqlanadi: jarayonning joylashishiga qarab: teri, shilliq ðardalar va limfatik tugunlar tularemiyalari (bubonli, yarali- bubonli, ko‘z bubonli, anginoz-bubonli); ichki a’zolar tula- remiyasi (o‘ðkaga tegishli, abdominal, boshqa a’zolar) va tarqalgan tularemiya. Kechish davomliligi bo‘yicha: o‘tkir, uzoqqa cho‘zi- ladigan, residivlangan tularemiya bo‘ladi. Kasallik og‘irligiga qarab: yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir turlarga bo‘linadi. Kasallikning bubonli shaklida qo‘zg‘atuvchi teri orqali tushadi. Kasallikning 2—3-kuni limfatik tugunlar (bubonlar) kattalashadi, ðayðaslaganda og‘riydi. Ularning kattaligi 3—5 sm bo‘lib, ustidagi 353 MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar teri o‘zgarmaydi. Ko‘ðchilik bemorlarda ular sekin, ya’ni 1—4 oy davomida so‘riladi. Shundan keyin limfatik tugunlar normal ko‘ri- nishga ega bo‘ladi. Qolgan hollarda 3—4 haftadan keyin bubonlar yiringlaydi, so‘ngra yoriladi va yiring tashqariga chiqadi. Natijada tularemiya oqma yaralari ðaydo bo‘ladi. Òularemiyaning yarali bubonli shakli qo‘zg‘atuvchi zararlangan teri orqali kirganda yuzaga keladi (hayvon terisini shilganda, kanalar chaqqanda va boshqa hollarda). Bu shaklida terida chuqur bo‘lmagan yara ko‘rinadi, uning tubi seroz-yiringli modda bilan qoðlangan bo‘lib, kam seziluvchan. Òularemiyaning ko‘z-bubonli shakli qo‘zg‘atuvchining ko‘z shilliq ðardalariga tushishi natijasida rivojlanadi. Bu shaklida kuchli konyunktivit, qovoqlar shishishi, skleralar tomirlarining kenga- yishi kuzatiladi. Ko‘ðincha bitta ko‘z zararlanadi. Jag‘ osti, bo‘yin va quloq oldi limfatik tugunlari qattiqlashadi, ðayðaslaganda og‘riydi. Ikkala ko‘z ham zararlanganda bemorning umumiy ahvoli odatda og‘ir bo‘ladi. Òularemiyaning anginoz-bubonli shakli qo‘zg‘atuvchi oziq- ovqat mahsulotlari va suv bilan organizmga kirganda rivojlanadi. Mazkur shaklida tomoqda og‘riq, yutinishning qiyinlashishi va halqumning qizarishi kuzatiladi. Bodomsimon bezlar kattalashadi, shishadi va ularda ðastda joylashgan kletchatka bilan birikib ketgan nekrotik ðardalar ðaydo bo‘ladi. Bu ðardalar qiyinchilik bilan olinadi va difteriyadagi ðardalarni eslatadi, lekin bodomsimon bezlardan chekkaga tarqalmaydi. Odatda bitta bodomsimon bez zararlanadi. Bemorlarda bo‘yin, quloq oldi, jag‘ osti bubonlari ðaydo bo‘ladi. Ular vaqt o‘tishi bilan yiringlaydi. Abdominal shakli qatqorinda bubonlar hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Kasallik organizmga mikroblarning oziq-ovqatlar yoki suv orqali tushishi natijasida ðaydo bo‘ladi. Bu shakli qorin kuchli tortishib og‘rish bilan xarakterlanadi. Disðeðtik holatlar (qusish, ich ketishi) odatda kuzatilmaydi. Òularemiyaning o‘ðkaga tegishli shakli — mikroblarning bronx- larga nafas olganda changlar orqali tushishi sababli birlamchi va mikrobning o‘ðka to‘qimasiga qon orqali tushishi natijasida esa ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Kasallikning mazkur shakli bronxlar (bronxitik ko‘rinish) va o‘ðkalar zararlanishi (ðnevmonik ko‘ri- 23 – Yuqumli kasalliklar
354 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya nish) shaklida kechadi. Birinchi holatda bemorning umumiy ahvoli kam o‘zgaradi va tana harorati subfebril bo‘ladi. Bemorlarni to‘sh ortidagi og‘riqlar va quruq yo‘tal bezovta qiladi. Pnevmonik ko‘rinish og‘ir va uzoq vaqt kechishi bilan xarakterlanadi. Òoksikoz kuchaygan bo‘ladi: et uvushib, ko‘ð ter ajralishi bilan kechadigan isitma kuzatiladi. O‘ðkada quruq va mayda ðufakli xirillashlar eshitiladi. Rentgenologik tekshirish kasallikni aniqlashda asosiy o‘rin tutadi. Bronxoektazlar, gangrenalar va o‘ðka abssesslari kasallikning asoratlari hisoblanadi. Òularemiyaning tarqalgan (seðtik) shakli quvvatsiz, nimjon kishilarda uchraydi. U mahalliy o‘zgarishlarsiz rivojlanadi. Kasallik tifoid holat, et uvushishi bilan kechadigan seðtik isitma va ko‘ð ter ajralishi bilan xarakterlanadi. Arterial bosim ðasayishi, yurak tonlari bo‘g‘iqligi, kasallikning birinchi kunlaridanoq jigar va taloq katta- lashishi kuzatiladi. Ayrim ðaytlarda bo‘g‘imlar zararlanadi. Òerida eritemalar shaklida toshmalar ðaydo bo‘ladi, ular oyoq-qo‘llarda, yuzda, bo‘yin va ko‘krakda («qo‘lqoð», «yoqa», niqob» shaklida) uchraydi. Òoshmalar odatda 8—12 kundan keyin yo‘qoladi. Kasallik 3 haftagacha va undan ko‘ðroq davom etadi. Bemor asta-sekin sog‘aya boshlaydi. Òashxisi. Òularemiyaga eðidemiologik ma’lumotlar va klinik belgilarga asosan tashxis qo‘yiladi. Qon hisobga olinadi; leykoðeniya yoki leykositlarning normal miqdori, limfositoz, monositoz, ECHÒ ning oshishi kuzatiladi. Òashxisni tasdiqlash uchun agglutinatsiya reaksiyasi va allergik teri sinamasi qo‘llanadi. Bakteriologik va biologik usullar katta amaliy ahamiyatga ega emas. Agglutinatsiya reaksiyasi kasallikning 2- haftasidan ijobiy bo‘ladi. Òashxis titri — 1:100 — 1:200 ga teng. Eng sodda va erta qo‘yiladigan tashxis usullaridan biri — teri- allergik sinamasi bo‘lib, u kasallikning 4—6-kunidan boshlab ijobiy bo‘ladi. Sinama qo‘yish uchun 0,1 ml tularin teri ichiga kiritiladi. Sinama natijasi 24 va 48 soatdan keyin allergen kiritilgan joyda hosil bo‘ladigan infiltrat kattaligiga asosan baholanadi. Òularemiya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda tularin kiritilgan joyda terida ðeriferik valikka ega bo‘lgan giðeremiya va shish ðaydo bo‘ladi (2,5—3 sm dan kam bo‘lmagan kattalikda), ba’zan markazda to‘qima nekrozga uchraydi. Shuni ham ta’kidlash zarurki, tularemiyaga qarshi 355 MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar emlangan kishilarda ijobiy reaksiya ehtimoli bo‘lishi mumkin. Ularda teri sinamasi 10—15 yillar davomida ijobiy bo‘lishi mumkin. Davosi. Òularemiya bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun tetrasiklin 0,3—0,5 g dan kuniga 4 mahal yoki levomitsetin 0,5 g dan kuniga 4 mahal berish ham samara beradi. Antibiotiklar harorat normallashgandan keyin ham 5 kungacha beriladi. Kasallik cho‘zilib ketsa antibiotiklar vaksina bilan birga qo‘llanadi. Venaga askorbinat kislota qo‘shib 5% li glukoza yoki natriy xloridning izotonik eritmasi yuboriladi. Bemorlarga oksigenoteraðiya va ko‘rsatma bo‘yicha yurak- tomirlar ðreðaratlari tayinlanadi. Antigistamin ðreðaratlar va vitaminlar buyuriladi. Ko‘z zararlanganda unga 10—15% li sulfasil- natriy eritmasi (albutsid) tomiziladi. Anginoz-bubonli shaklida — furasilin eritmasi (1:5000) bilan chayiladi. Bubonga mahalliy issiqlik qo‘yiladi. Bubon yiringlaganda u ochiladi va tetrasiklinli malham qo‘yiladi. Bemorlar shifoxonadan kasallikning barcha klinik belgilari yo‘qolganidan so‘ng, tana harorati normallashgandan 2 hafta o‘tgach chiqariladilar. So‘rilmasdan qolgan og‘riqsiz bubonlarning mavjudligi bemorni shifoxonadan chiqarmaslikka sabab bo‘la olmaydi. Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kemi- ruvchilarni ommaviy qirish, ularni suv havzalari, quduqlar va oziq-ovqatlarga yaqinlashishining oldini olish muhim rol o‘ynaydi. Ochiq suv havzalaridan qaynatilmagan suvni ichish qat’iy man etiladi. Suvda yashaydigan kemiruvchilar terisini shilib olishda barcha ehtiyot choralari ko‘rilishi shart. Donlarni yanchish bo‘yicha ishlaydigan kishilar qo‘lqoðlar, himoya niqoblari va ko‘zoynaklar bilan ta’minlanishlari shart. Hozirgi vaqtda sðetsifik ðrofilaktika uchun tirik tularemiya vaksinasi qo‘llanadi. Bir marta teri yuzasi yoki teri ichiga emlanadi. O‘zining kasbi yuzasidan tularemiyani yuqtirishi mumkin bo‘lgan kishi kasallikka qarshi emlanadi. Nazorat savollari 1. Òularemiya tayoqchalariga ta’rif bering. 2. Sog‘lom kishiga tularemiya qanday qilib yuqishi mumkin? 356 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya 3. Kasallikning klinik shakllarini ayting va har biriga qisqacha ta’rif bering. 4. Qanday ma’lumotlarga asosan kasallikka tashxis qo‘yiladi? 5. Hozirgi vaqtda tularemiyaning sðetsifik ðrofilaktikasi uchun nima qo‘llanadi? O‘lat (ðestis) O‘lat (toun) — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, og‘ir intok- sikatsiya, isitma, limfatik tugunlar va o‘ðka zararlanishi bilan xarakterlanadi. Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi (Yersinia ðestis) — tuxum- simon shakldagi tayoqcha bo‘lib, kattaligi 0,5—1,5 mkm ga teng. U harakatchan, kaðsulaga ega, sðora hosil qilmaydi, grammanfiy. Odatdagi suyuq va qattiq (zich) oziq muhitlarda 25—30°C da yaxshi o‘sadi. Ekzo- va endotoksinlar hosil qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari, suvda 3 oygacha va ðast haroratda uzoq vaqtlargacha saqlanishi mumkin. Muzlatishga chidamli. Qaynatilganda tez nobud bo‘ladi. Odatdagi dezinfeksiyalovchi eritmalar (5% li lizol va 3% li karbol kislota eritmasi) va antibiotiklar (tetrasiklin) ta’sirida tez nobud bo‘ladi. Eðidemiologiyasi. Òabiatda asosiy infeksiya manbai kemiruvchilar (kalamushlar, yumronqoziqlar, sichqonsimon kalamushlar, su- g‘urlar, jami 200 dan ortiq turlari) hisoblanadi. Infeksiya tar- qatuvchisi — burgalardir. Odam kasallikni bir necha yo‘llar orqali yuqtiradi: transmissiv — infeksiya yuqtirgan burgalar chaqishi natijasida, aloqa — infeksiya yuqtirgan ovlanadigan kemiruv- chilardan terisini ajratib olish va infeksiya yuqtirgan tuyalar go‘shtini bo‘laklaganda, alimentar — o‘lat mikroblari bilan zararlangan Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling