M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/53
Sana20.04.2020
Hajmi1.82 Mb.
#100343
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya

mahsulotlarni iste’mol qilganda, havo-tomchi yo‘l — o‘latning

o‘ðka shakli bilan kasallangan bemorlardan yuqadi. Kasallikka

moyillik odamlarda juda yuqori bo‘lib, kasallikdan keyin ularda

turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. O‘lat qo‘zg‘atuvchisi odam

organizmiga teri, nafas va oshqozon-ichak yo‘llari orqali tushadi.

Kirish darvozasi o‘latning u yoki bu shaklining (bubonli, teri-

bubonli, o‘ðkaga tegishli) rivojlanishini aniqlaydi. Òeri orqali



357

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

kirganda unda ayrim vaqtlarda ðustula yoki yara (teri yoki teri-bubonli

shakli) rivojlanadi. Mikrob ðarchalanishi natijasida endotoksinlar

ajraladi va bular intoksikatsiyaga sabab bo‘ladi. Keyinchalik qo‘z-

g‘atuvchi qonga tushib, butun organizm bo‘ylab tarqaladi va qator

a’zolarni zararlaydi. Ayniqsa, bunga ðnevmoniyaning qo‘shilishi

xavflidir (havo-tomchi yo‘li bilan tarqaladi).

O‘lat qanday shaklda namoyon bo‘lishiga qaramasdan, har doim

barcha a’zo va sistemalarda o‘zgarishlar kuzatiladi. Òerida qon qu-

yilishlar va nekroz sohalari ðaydo bo‘ladi. Qon quyilishlar osh-

qozon, ichak, shilliq ðardalari va yurak mushaklarida qayd etiladi.

Jigar va taloq kattalashgan bo‘lib, ularda nekroz o‘choqlari uchraydi.

Jinsiy bezlar, ichki sekretsiya bezlari va ilikda giðeremiya, shish,

o‘choqli qon quyilishlar va nekrozlar bilan kechadigan yallig‘lanish

jarayonlari aniqlanadi.

Klinikasi. Yashirin davr odatda 3—6 kun davom etadi, o‘ðkaga

tegishli shaklida qisqaroq, emlanganlarda esa 8—10 kungacha

cho‘zilishi mumkin. Kasallikning quyidagi klinik shakllari farqlanadi:

a) teri, bubonli, teri-bubonli; b) birlamchi seðtik, ikkilamchi

seðtik; d) o‘ðkaga xos – birlamchi, o‘ðkaga xos – ikkilamchi,

ichakka tegishli.

Klinik shakllariga qaramasdan kasallik to‘satdan kuchli et uvu-

shishi va tana haroratining 39—40°C gacha ko‘tarilishi bilan bosh-

lanadi. Bemorlar ko‘ðincha ko‘ngil aynishi va qusish bilan kecha-

digan kuchli bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq, holsizlik, kam

hollarda qo‘rquv sezadilar. Yuz va konyunktivalar qizargan, burun

kovagi kengaygan va lablar quruq bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq

ðardalarida gemorragiyalar va yaralar kuzatiladi. Òil shishgan,

quruq, titraydigan, qalin oq karash bilan qoðlangan (xuddi «bo‘r

bilan artilgan» ko‘rinishda). Òil kattalashishi va uning haddan

tashqari qurishi natijasida so‘zlar tushunarsiz eshitiladi. Kasallik

og‘ir kechganda yuz ko‘karadi, unda qiynoq, azob va vahima belgilari

ko‘rinadi.

Yurak-tomirlar sistemasi tez izdan chiqadi: ðuls minutiga —

120—140 martagacha tezlashadi (taxiakardiya),  aritmiya, yurak

tonlari bo‘g‘iq, arterial bosim birdaniga tushib ketadi; ko‘karish va

nafas yetishmasligi kuzatiladi.

Nerv sistemasining toksik zararlanishi tiðikdir: ayrim bemorlarda

uyqusizlik kuzatilsa, boshqalarda qo‘zg‘alish, alahsirash, gal-


358

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

lusinatsiya, qochishga intilish, chayqalib yurish va harakat koor-

dinatsiyasining buzilishi kuzatiladi. Qorin og‘riydi, taloq hamda jigar

kattalashadi, qabziyat bo‘ladi yoki ich ketadi.

Qonda leykositoz va ECHÒ oshadi.

Bubonli shaklida kasallikning 1—2-kuni limfadenit uchraydi

(o‘lat buboni). Bubonlar organizmga infeksiyaning kirgan joyiga

bog‘liq ravishda chov, qo‘ltiq osti, bo‘yin sohalarida uchraydi.

Jarayonga qo‘shni limfatik tugunlar va o‘rab turgan kletchatka

qo‘shiladi, bu esa bubonga xarakterli ko‘rinish beradi; kuchli og‘riq

seziladigan va notekis qirrali o‘smasimon moddalarni eslatadi. Bubon

ustidagi teri dastlab o‘zgarmay, so‘ngra to‘q qizil, ko‘kish tusga

kiradi. Keyinchalik bubon yiringlaydi, kasallik to‘la yakunlanganda

bubon so‘rilishi yoki qattiqlashishi mumkin.

Òeri shaklida terida qonli suyuqlik bilan to‘lgan ðustula hosil

bo‘ladi, u qattiq asosda joylashgan bo‘lib, qizil-qo‘ng‘ir rangda

uchraydi. So‘ngra yara ðaydo bo‘ladi, uning tubi to‘q rangda qasmoq

bog‘laydi. Kuchli og‘riq seziladi.

Kasallikning bubonli shakllarida bemor kasallikning 6—11-

kunlari sog‘ayadi.

O‘latning o‘ðkaga tegishli shakli — kasallikning juda og‘ir va

eðidemiologik jihatdan o‘ta xavfli shaklidir. Mazkur shakl og‘ir

intoksikatsiya, baland isitma, yurak faoliyatining erta va keskinlashib

boruvchi buzilishi bilan kechadi. Bu o‘ðkaning zararlanish belgilari:

nafas yetishmasligi (nafas olishlar soni 1 minutda 40—60 marta,

ko‘krakda kuchli og‘riq, yo‘tal, qon aralash ko‘ðikli balg‘am

ajralishi, ðerkutor tovush bo‘g‘iqligi, nam xirillashlar) bilan o‘tadi.

Bemor ahvoli juda ham og‘ir bo‘ladi.

O‘latning seðtik shakli uchun teri hamda shilliq ðardalarga qon

quyilishi, qon aralash qusish, oshqozon-ichak, bachadondan qon

ketishi kabi kuchli gemorragik belgilar bilan kechadigan og‘ir seðsis

manzarasi xosdir.

Òashxisi. O‘latning har qanday klinik shakllari eðidemiologik va

klinik ma’lumotlarga asoslangan holda aniqlanadi. Qon tahlilining

o‘zgarishi, ya’ni leykositoz, neytrofilyoz va ECHÒning oshganligi

xarakterlidir.

Òashxis albatta laboratoriya tekshiruvlari bilan tasdiqlanishi lozim.

Bunda bubon moddasi (ðunktat), yaralar, qon, balg‘am, o‘likdan

olingan a’zolar ðarchasi tekshiriladi. Material karantin infeksiyalar


359

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

uchun belgilangan qoidalarga asosan o‘raladi va laboratoriyaga

yetkaziladi. Laboratoriyada bakterioskoðiya qilinadi va shu asosda 1

soat ichida dastlabki xulosaga kelinadi.

O‘latni aniqlashda unga qarshi muassasalarning ish rejimi

haqidagi ko‘rsatmalarga binoan ishlaydigan maxsus laboratoriyalarda

o‘tkaziladigan bakteriologik tekshiruv hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Òekshiruv materiallari o‘sish stimulatorlari (qon, natriy sulfit)

qo‘shilgan agarga ekiladi. Yakuniy natija 48 soatdan keyin olinadi.

Biologik sinama o‘tkazish uchun dengiz cho‘chqalari yoki oq

sichqonlarning teri ostiga, terisiga yoki qorin ðardasi ichiga infeksiya

yuqtiriladi. Ijobiy natijalar bo‘lganda hayvonlar 3—9 kundan keyin

o‘ladi. O‘lgan hayvonlarning ichki a’zolarida gemorragiyalar, ko‘ðlab

qon quyilishlar, surtmada esa — ko‘ð miqdordagi o‘lat bakteriyalari

toðiladi.

Serologik usullardan PGAR va neytrallanish reaksiyasi qo‘l-

lanadi.

Davolash. O‘lat bilan kasallanganlar qat’iy izolatsiya qilinishi va



albatta statsionarga yotqizilishi shart. O‘latni davolashda antibiotiklar

asosiy ahamiyat kasb etadi. Antibiotiklar bilan davolash tashxis

tasdiqlanishini kutmasdan boshlanadi. Ancha vaqtlargacha o‘latni

davolashda asosiy antibiotik sifatida streðtomitsin qo‘llanib kelindi,

u katta miqdorlarda (bubonli shaklida — sutkasiga 3 g, o‘ðkaga xos

shaklida — 5 g) normal tana haroratining 5—7-kunlarigacha tayin-

landi. Ammo streðtomitsinning katta miqdorlari toksik ta’sirga egaligi

uchun (buyrak, eshitish nervi va hokazolarning zararlanishi)

bugungi kunda JSSÒning eksðertlar Qo‘mitasi tavsiyasiga asosan,

o‘latni davolashda tetrasiklin asosiy antibiotik hisoblanadi. U

o‘latning bubonli va o‘ðkaga xos shaklida ham samaralidir. Òetrasiklin

dastlabki 48 soatda katta miqdorlarda (kasallik og‘irligiga qarab

sutkasiga 4—6 g dan) tayinlanadi, so‘ngra miqdori sutkasiga 2—3 g

gacha kamaytiriladi. Kasallikning og‘ir shakllarida dastlabki 24 soatda

tetrasiklin ðreðaratlari venaga yuborilishi mumkin.

Levomitsetin sutkasiga 1 kg tana vazniga 50—75 mg tayinlanadi.

Etiotroð davo 7—10 kun mobaynida davom etishi zarur. Anti-

bakterial davolash bilan bir qatorda, dezintoksikatsiya (ðatogenetik

davo) o‘tkaziladi. Bunda 5% li glukoza, natriy xloridning izotonik

hamda Ringer eritmasi, gemodez va reoðoliglukin ðarenteral yo‘l

bilan (venaga tomchilab) yuboriladi. Kuchli rivojlangan intok-


360

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

sikatsiya va gemodinamika kuchli buzilganda glukokortikosteroidlar

(ðrednizolon 100—150 mg gacha sutkada), yurak-tomir ðreða-

ratlari (korglikon, strofantin, kamfora, kofein, mezaton, adre-

nalin) tayinlanadi. Katta miqdorda askorbinat kislota, B guruh

vitaminlari, vikasol, antigistamin ðreðaratlar buyuriladi.

Bubonlar beixtiyor yorilganda nekrotik va yiringli moddalar

yaxshi ajralib chiqishi uchun furasilin yoki natriy xloridning

giðertonik eritmalariga shimdirilgan salfetkalar yordamida bog‘-

lamlar qo‘yiladi.

Bemorlar to‘liq klinik sog‘aygandan va uch martalik ijobiy

bo‘lmagan bakteriologik tekshiruvlardan so‘ng shifoxonadan chiqa-

rilishi mumkin. Shundan keyin 3 oy davomida tibbiy kuzatuvda

bo‘ladilar.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. O‘lat kasal-

ligiga gumon qilinganida zudlik bilan tegishli muassasalarga xabar

beriladi va karantin belgilanadi. Bemorlar va ular bilan aloqada

bo‘lgan kishilar izolatsiya qilinadi. Barcha komðleks karantin

tadbirlari qat’iy ravishda o‘tkazilishi shart. O‘lat bilan kasallanganlar

bu kasallikka gumon qilingan kishilardan alohida (alohida ðalata-

larda) yotqiziladi. Bemorlarni ðarvarish qiladigan barcha tibbiyot

xodimlari o‘latga qarshi kostyumlarda ishlaydilar, ish tugagandan

so‘ng to‘liq sanitar tozalovidan o‘tadilar. Xodimlar tibbiy nazo-

ratdan o‘tib turadilar, bunda tana harorati sutkasiga ikki marta

o‘lchanadi. Bemorlar joylashgan binolarda joriy va yakuniy dezin-

feksiya o‘tkaziladi.

O‘lat o‘chog‘ida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib boriladi.

Endemik rayonlar aholisi o‘lat infeksiyasi aniqlanganidan xabardor

bo‘lishlari, kemiruvchilar va kasal uy hayvonlari bilan bevosita

aloqada bo‘lish xavfi mavjudligini bilishlari zarur. Bundan tashqari,

ular o‘lat tarqalishida burgalarning roli haqida va shaxsiy himoya-

lanish bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishlari shart.

Nazorat savollari

1. O‘lat qanday kasallik?

2. Odamga o‘lat kasalligi qanday yo‘llar bilan yuqadi?

3. O‘latning qanday klinik shakllari farqlanadi?

4. Kasallikning teri va o‘ðkaga xos shakllari haqida gapirib bering.


361

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

5. Biosinama qo‘yish uchun laboratoriya hayvonlariga infeksiya

qanday yuqtiriladi?

6. O‘latga chalingan bemorlarni antibiotiklar bilan davolash

haqida gapirib bering.

7. O‘latga gumon qilinganda qanday tadbirlar amalga oshiriladi?

Kuydirgi (anthrax)

Kuydirgi — isitma bilan kechadigan, karbunkullar hosil bo‘lishi

yoki o‘ðka hamda ichaklar zararlanishi bilan o‘tadigan o‘tkir

yuqumli kasallikdir.

Etiologiyasi.  Kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi — Bacillus anthracis

yirik, harakatlanmaydigan tayoqcha bo‘lib, 3—10 mkm kattalikka

ega. Bakteriyalar grammusbat, anilin bo‘yoqlarida yaxshi bo‘yaladi,

kaðsulaga ega. Har xil oziq muhitlarda yaxshi o‘sadi, ekzotoksin

ishlab chiqaradi. Vegetativ shakllari qizdirilganda, har xil dezin-

feksiyalovchi eritmalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi. Noqulay sharoit-

larda sðoralar hosil qiladi. Sðoralar tashqi muhitga juda chidamli

(tuðroqda ular 2-yilgacha saqlanishi mumkin) va faqat avtoklavda

120°C da qizdirilganda 2 soat ichida o‘ladi. Kuydirgi qo‘zg‘atuvchilari

ðenitsillindan tashqari, tetrasiklin guruhi antibiotiklari, levomit-

setin va neomitsinga sezgir.

Eðidemiologiyasi. Infeksiya manbai kasal uy hayvonlaridan yirik

shoxli hayvonlar, otlar, tuyalar, eshaklar, echkilar, qo‘ylar va

cho‘chqalar hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchilar hayvonlar najasi, siydigi

va so‘laklari orqali ajralib chiqadi va tuðroq, suv hamda ularning

junlarini zararlaydi. Organizmga qo‘zg‘atuvchi teri qoðlamlari va

nafas hamda oshqozon-ichak yo‘llari shilliq qavatlari orqali tushadi.

Kasal hayvonlarni ðarvarish qilganda, ularni so‘yganda va go‘sht-

lariga ishlov berganda hamda kuydirgi mikrobining sðoralari bilan

zararlangan chorvachilik mahsulotlari (terilar, junlar va hokazolar)

bilan ishlaganda kasallik yuqadi. Odam kasallikni tuðroq orqali ham

yuqtirishi mumkin, chunki tuðroqda kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi

sðoralari ko‘ð yillar davomida saqlanishi mumkin. Odam ingalatsiya

yo‘li bilan kasallikni yuqtirganda (masalan, chang zarralarini yutish

orqali), kasallikning o‘ðkaga xos shakli rivojlanadi, kasal hayvonlar

go‘shtini iste’mol qilinganda yoki zararlangan suv ichganda kuy-

dirgining ichakka xos shakli kelib chiqadi.


362

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Òeri ko‘ðincha infeksiya

darvozasi hisoblanadi. Odatda qo‘zg‘atuvchi qo‘llar va bosh, ba‘zan

gavda va oyoqlar terisi orqali organizmga tushadi. Ko‘ðincha tananing

ochiq joylari zararlanadi. Qo‘zg‘atuvchining teriga tushgan joyida

nekroz, yon to‘qimalar shishi, regionar limfadenit bilan kecha-

digan seroz-gemorragik o‘choq shaklida kuydirgi karbunkuli yuzaga

keladi. Organizm qarshiligi ðasayganda kuydirgi seðsisi rivojlanadi.

Birlamchi o‘choqdan qo‘zg‘atuvchi qon oqimiga tushadi (bak-

teremiya) va ikkilamchi o‘zgarishlar hamda kuchli intoksikatsiyaga

sabab bo‘ladi.

Patologoanatomik jihatdan ichki a’zolarda kuchli giðeremiya va

to‘laqonlilik kuzatiladi. O‘ðkada shish, miokardda o‘choqli qon qu-

yilishlar, oshqozon va ichak shilliq qavatlarida ko‘ðlab gemor-

ragiyalar aniqlanadi. Jigar va taloq kattalashgan, to‘q rangli qon

bilan to‘lgan bo‘ladi. Miya qavatlari shishgan, ko‘ðlab gemor-

ragiyalar qayd etiladi. Qonda, orqa miya suyuqligida, zararlangan

a’zo hamda to‘qimalarda ko‘ð miqdorda kuydirgi basillalari toðiladi.

Klinikasi. Yashirin davr bir necha soatdan 12 kungacha (ko‘ðin-

cha 3—4 kun) davom etadi. 95% bemorlarda kuydirgi teri shaklida

o‘tadi. Qolgan hollarda o‘ðkaga va ichakka xos shakllar qayd etiladi.

Kuydirgining teri shaklida infeksiya darvozasi sohasida mahalliy

o‘zgarishlar kuzatiladi. Avval zararlangan joyda qizil dog‘ ðaydo

bo‘ladi, u teri sathidan ko‘tarilgan tuguncha — ðaðula hosil qiladi.

Keyin ðaðula o‘rnida ðufakcha — vezikula ðaydo bo‘ladi, ma’lum

vaqtdan keyin vezikula asta-sekin yiringli modda bilan to‘ladi va

ðustulaga aylanadi, so‘ngra yara ðaydo bo‘ladi. Jarayon juda tez

kechadi, dog‘ ðaydo bo‘lgandan ðustula hosil bo‘lgunga qadar bir

necha soatgina o‘tadi. Bemorlar mahalliy qichishish va achishish

sezadilar. Pustula moddasi ko‘ðincha qon aralashgani uchun to‘q

rangda bo‘ladi. Pustula tirnalganda (ko‘ðincha qashlaganda) yara

ðaydo bo‘ladi. U qora qasmoq bilan qoðlanadi va markazda cho‘kadi.

Qasmoq ko‘rinishiga ko‘ra ko‘mir (kasallik nomi shundan kelib

chiqqan — anthrax — ko‘mir)ni eslatadi. Markaziy qasmoq atrofida

bir qancha mayda «qiz» ðufakchalar hosil bo‘ladi, ularning buzilishi

tufayli yara hajmi kattalashadi. Yara atrofida shish va teri giðeremiyasi

kuzatiladi, bu jarayon ayniqsa yuzda joylashganda yaqqol namoyon

bo‘ladi. Yarada sezish hissi to‘la yo‘qoladi (igna bilan teshganda

bemor sezmaydi).


363

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

Kasallikning dastlabki soatlarida tana harorati 39—40°C gacha

ko‘tariladi, umumiy holsizlik rivojlanadi, bosh og‘rig‘i, adinamiya,

taxikardiya aniqlanadi. Isitma 5—7 kun davomida yuqori ko‘rsat-

kichda saqlanib turadi va kritik ravishda tushadi. Bu simðtomlar

nafaqat teri shaklida, balki kasallikning boshqa shakllarida ham

kuzatiladi.

Sog‘ayish boshlanishi bilan yara sohasida ijobiy o‘zgarishlar

kuzatiladi va 2—3-haftalar oxiriga kelib qasmoq ko‘chib tushadi.

Odatda yara yakka holda uchraydi, ba’zan ular ko‘ð miqdorda (2—5

va undan ortiqroq) bo‘lishi mumkin.

Kuydirgining o‘ðkaga xos shaklida kasallik o‘tkir boshlanadi,

og‘ir kechadi va hozirgi zamon davolash usullarida ham o‘lim bilan

tugashi mumkin. Sog‘lom organizmda kutilmaganda kuchli et

uvushadi, tana harorati birdan yuqori  (40°C va undan ham yuqori)

ko‘tariladi, konyunktivit (ko‘z yoshining oqishi, yorug‘likdan

qo‘rqish, konyunktivalar qizarishi) kuzatiladi. Muhim belgilari

yo‘tal, aksa urish, tumov, ovoz xirillashi, ko‘ð miqdorda ko‘ðik-

simon va qon aralash balg‘am ajralashidir. Bemor ahvoli kasallikning

dastlabki soatlaridan boshlab og‘irlashadi. Ko‘krakda kuchli og‘riqlar

ðaydo bo‘ladi, nafas olish qiyinlashadi, ko‘karish va taxikardiya

(minutiga 120—140 marta) kuzatiladi va arterial bosim ðasayadi.

Balg‘amda qon elementlari toðiladi. O‘ðkada quruq va nam xiril-

lashlar, ayrim vaqtda ðlevraning ishqalanish shovqini eshitiladi.

Rentgenologik tekshirishda o‘ðkada ðnevmoniya belgilari qayd etiladi.

O‘lim 2—3 kun ichida yuz beradi.

Kuydirgining ichakka xos shakli kuchli intoksikatsiya va qon

aralash ich ketishi bilan juda og‘ir o‘tadi. Bu shakli o‘tkir rivoj-

lanadi. Qorinda og‘riqlar, o‘t suyuqligi va qon aralash qusish,

ichaklar ðarezi natijasida kuchli meteorizm (qorin dam bo‘lishi) va

tana haroratining ko‘tarilishi aniqlanadi.

Bemor ahvoli tezlik bilan og‘irlashib boradi va odatda kasallikning

3—5-kuni u kollaðs holatida o‘ladi.

Ko‘rsatilgan shakllardan xohlagan turida bakteremiya, ikki-

lamchi o‘choqlar (jigar, buyrak, miya ðardalarida) ðaydo bo‘lishi

bilan xarakterlanadigan seðsis kuzatilishi mumkin.

Òashxisi. Òashxisni aniqlash eðidemiologik anamnez ma’lumot-

lari (bemor kasbi, ishlov beriladigan material xarakteri, xom ashyo

qayerdan olinganligi, kasal hayvonlar bilan aloqada bo‘lish,


364

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

ifloslangan teri va mo‘ynalar bilan ishlash) hamda terining xarak-

terli zararlanishi (terining ochiq joylarida joylashishi, ikkilamchi

ðustulalar, shish va giðeremiya bilan o‘ralgan to‘q qasmoq mav-

judligi, yaralarda og‘riq sezilmasligi)ga asoslangan.

Laboratoriyada kuydirgi tayoqchalari kulturasining ajratib

olinishi tashxisni tasdiqlaydi. Kuydirgining teri shaklida labo-

ratoriyada tekshirish materiali bo‘lib vezikulalar, ðustulalar,

yaradagi ajralmalar va ko‘chib tushgan qasmoq hisoblanadi. O‘ðka-

ga, ichakka xos shakllari va seðtik shaklda qon, balg‘am, qusuq  va

najas tekshirish materiallari hisoblanadi. O‘ta xavfli infeksiyalar

bilan ishlashning barcha qoidalariga rioya qilgan holda material olinadi

va laboratoriyaga tekshirish uchun jo‘natiladi. Òekshirishlar maxsus

laboratoriyalarda o‘tkaziladi.

Òeri va jun kabi materiallarni tekshirish uchun termoðret-

siðitatsiya reaksiyasi (Askoli reaksiyasi) qo‘llanadi. Hozirgi vaqtda

luminessent usuldan keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Yordamchi

usul sifatida kasallikning 5-kunlaridan ijobiy kuzatiladigan va

sðetsifik allergen — antraksin bilan tekshiriladigan teri allergik

sinamasi qo‘yiladi. Preðarat teri ichiga 0,1 ml kiritiladi. Natijasi 24 va

48 soatdan keyin olinadi. Sinama giðeremiya va infiltrat o‘lchami 10

mm bo‘lgan va reaksiya 48 soatdan keyin ham yo‘qolmaganda ijobiy

hisoblanadi.

Davolash. Kuydirgi bilan kasallangan barcha bemorlar shifo-

xonada davolanishlari shart. Etiotroð davolash uchun antibiotiklar

hamda kuydirgiga qarshi sðetsifik immunoglobulin qo‘llanadi. Penit-

sillin ko‘ðincha teri shaklida sutkasiga 2—4 mln birlik miqdorda,

o‘ðkaga xos va seðtik shakllarda — 16—20 mln birlikkacha tayinlanadi.

Òetrasiklin 0,3 g dan kuniga 4 mahal va levomitsetin 0,5 g dan kuniga

4 mahal tayinlanadi. Antibiotiklar bilan davolash kursi 8—10 kun

davom etadi.

Kuydirgiga qarshi sðetsifik immunoglobulin mushak orasiga

sutkada 20—80 ml miqdorda (kasallikning klinik shakli va og‘irligiga

bog‘liq ravishda) dastlabki desensibilizatsiyadan keyin yuboriladi.

Avval ot oqsillariga sezgirlikni aniqlash uchun teri ichiga 0,1 ml

immunoglobulindan (1:100) buyuriladi. Ijobiy bo‘lmagan sinamada

20 minutdan so‘ng teri ostiga 0,1 ml suyultirilgan (1:10) immuno-

globulin yuboriladi va 1 soatdan keyin mushak orasiga barcha miqdori

yuboriladi. Òeri ichiga kiritilganda ijobiy reaksiya kuzatilsa, immuno-


365

MAXSUS QISM. V. Zoonoz kasalliklar

globulin yuborishdan voz kechgan ma’qul.

Kasallikning og‘ir shakllarida dezintoksikatsiya o‘tkaziladi. Bu

maqsadda 5% li glukoza va natriy xloridning izotonik eritmasi,

gemodez, ðoliglukin va boshqalar tayinlanadi.

Kuydirgi bilan kasallangan bemorlar alohida ðalatalar yoki

bokslarga izolatsiya qilinadi. Alohida ðarvarish anjomlari, idishlar,

xalatlar ajratiladi. Bemorlarni ðarvarish qilganda tibbiyot xodimi

shaxsiy himoya choralarini ko‘rishi lozim (rezina qo‘lqoðlar,

bemorda kuydirgining o‘ðkaga tegishli shaklida og‘iz va burunni

yoðadigan doka bog‘lam hamda himoya ko‘zoynaklaridan foyda-

laniladi). Ishlatilgan barcha bog‘lov materiallari kuydiriladi.

Bemorlar to‘liq klinik tuzalib, yaralar eðitelizatsiyasi (chan-

diqlanish)dan keyin shifoxonadan chiqariladi. O‘ðkaga, ichakka

tegishli hamda seðtik shakllarida klinik tuzalgandan va balg‘am, qon,

nafas, siydiklarni kuydirgiga tekshirganda ikki martalik (5 kunlik

interval bilan) ijobiy natijalar olinmagan tekshiruvlardan keyingina

shifoxonadan chiqariladi.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Profilaktik

veterinar-sanitar tadbirlar o‘choqda dezinfeksiya o‘tkazish, kasal-

langan hayvonlarni izolatsiya qilish va davolashga qaratilgan bo‘ladi.

Kasallangan hayvon go‘shtini ovqatga ishlatish qat’iy man etiladi,

mo‘ynasi, terisi va boshqalarini chiqarish hamda tarqatish ustidan

qattiq nazorat o‘rnatiladi. Hayvonlarni vaksinatsiya qilish muhim

ahamiyatga ega.

Kuydirgini yuqtirish xavfi bo‘lgan kishilarga (teri mahsulotlari va

mo‘ynalarni qayta ishlash muassasalari, go‘sht kombinatlari ishchi-

lari va veterinarlar) kuydirgining quritilgan tirik vaksinalari yorda-

mida ðrofilaktik emlashlar o‘tkaziladi. Òeri yuzasi bir marta emla-

nadi; bir yildan keyin revaksinatsiya qilinadi.

Bemor shifoxonaga yotqizilgandan so‘ng joriy dezinfeksiya

o‘tkaziladi.

Kasal hayvonlar bilan aloqada bo‘lgan kishilar 2 hafta davomida


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling