M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
ularning yashashlari uchun noqulay vaziyat yaratishdir. Kemiruv- chilarni qirish tadbirlari kimyoviy, mexanik va biologik usullar yordamida amalga oshiriladi. Kimyoviy usullar. Òurli xildagi kemiruvchilar bilan kurashish uchun zaharli yemlar qo‘llaniladi. Ichak orqali ta’sir qiladigan zaharlarga krisid, rux fosfid, zookumarin va boshqalar kiradi. Shuni ham unutmaslik kerakki, rux fosfid odam uchun kuchli zahar hisoblanadi. Shahar sharoitlarida yemlarni maxsus qutilar ichiga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Qutining bir yoki ikki tomonidan kemiruvchilar erkin kirib-chiqa oladigan teshiklar bo‘lishi kerak. Mexanik usullar. Mexanik usulning mohiyati shundan iboratki, bu usulda maxsus qurollar va turli moslamalar (ðrujinali qoðqonlar va b.) qo‘llaniladi. Kalamush va sichqonlarni ushlab oluvchi qurollarga oziq-ovqatlardan tayyorlangan yemlar qo‘yiladi. Biologik usullar. Bunda kemiruvchilar uchun ðatogen bakte- riyalar kulturalaridan foydalaniladi. Bakteriyalar kalamush va sichqonlarda tez orada o‘limga sabab bo‘luvchi tifsimon kasalliklar (eðizotiyalar)ni qo‘zg‘atadi. Bu qo‘zg‘atuvchilar odamlar va uy hayvonlari uchun zararsiz bo‘lishi zarur. 43 Umumiy qism Aholining kasal yuqtirmaslik qobiliyatini oshirish bo‘yicha tadbirlar Aholining kasal yuqtirmaslik xususiyatini oshirish bo‘yicha tadbirlar jismoniy tarbiya va organizmni chiniqtirish, sanitariya madaniyatini oshirish va ðrofilaktik emlashlar o‘tkazish orqali sðetsifik immunitet yaratishdan iboratdir. Organizm mikroblar kirishi va yuqumli kasalliklar vujudga kelishiga qarshilik qiladigan qator himoya mexanizmlari (teri va shilliq qavatlar, limfatik tugun- lar va b.)ga ega. Sog‘liqni saqlash sistemasining eng dolzarb vazifalaridan biri, bu sðetsifik ðrofilaktikadir, ya’ni bunda organizmning sðetsifik immu- nitetini oshirishga qaratilgan ðrofilaktik emlashlar orqali kasallikka moyillik kamaytiriladi. Immunitet Immunitet (immunitas – nimadandir ozod bo‘lish, xalos bo‘lish) – bu organizmning yuqumli kasalliklar va boshqa genetik yot bo‘lgan agentlarga berilmaslik qobiliyatidir (javob reaksiyasidir). Immunitet bir necha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Òabiiy va sun’iy immunitet farqlanadi. Òabiiy immunitet o‘z navbatida tug‘ma va orttirilgan immunitetga bo‘linadi. Òug‘ma (turga xos) immunitet – bu bir turdagi hayvon yoki odamning boshqa turlardagi kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm- larni yuqtirmaslik xususiyatidir. Odamning tovuqlardagi vabo va shoxli hayvonlardagi o‘lat kasalliklariga, hayvonlarning o‘z nav- batida esa odamda kuzatiladigan so‘zak, meningit, qizamiq, qorin tifi va qator odam uchun ðatogen bo‘lgan mikroorganizmlar qo‘zg‘atadigan kasalliklarga berilmasligi immunitetning bu turiga misol bo‘la oladi. Onadan homiladorlik ðaytida bolaga qizamiq, difteriya, ko‘kyo‘tal kabi kasalliklarga qarshi immunitet o‘tadi (ðlatsentar immunitet) va bola tug‘ilgandan keyin bir necha oygacha bu kasalliklar bilan og‘rimaydi. Orttirilgan immunitet – bu odam organizmi yoki hayvonning shunday yuqumli agentlarga berilmaslik xususiyatiki, bu uning individual rivojlanishi jarayonida shakllangan bo‘lib, o‘ta sðetsifiklik 44 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya bilan xarakterlanadi. Masalan, difteriya, qorin tifi va boshqa yuqumli kasalliklar bilan og‘rigandan keyin bu kasalliklarga nisbatan immunitet hosil bo‘ladi va organizm bu kasalliklarga berilmaydigan bo‘lib qoladi. Lekin boshqa yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilariga moyilligi saqlanib qoladi va organizm ular bilan kasallanishi mum- kin. Yuqumli kasallikdan keyin ðaydo bo‘lgan immunitet har xil muddatlarda saqlanishi mumkin, masalan, u griðð, dizenteriyada qisqa muddatli bo‘lsa, qorin tifi, chinchechak va qizamiqda deyarli bir umr saqlanadi. Sun’iy immunitet – organizmni yuqumli kasalliklardan asrash uchun sun’iy yo‘l bilan hosil qilinadi. Sun’iy immunitet 2 xil bo‘ladi: faol (aktiv) va faol bo‘lmagan (ðassiv). Vaksinalar ta’sirida hosil qilinadigan immunitet faol immunitet hisoblanadi. Chunki, bunda organizmda mikroblarga o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan yoki ularning toksinlarini neytrallaydigan sðetsifik antitelolar sintez- lanadi (bunda organizm faol qatnashadi). Bunday immunitet orga- nizmni uzoq vaqtgacha mazkur kasallikdan asraydi. Faol bo‘lmagan (ðassiv) immunitet organizmga boshqa immun organizmdan olingan tayyor antitelolar kiritilishi natijasida ðaydo bo‘ladi. Zardob vositasida emlanganda faol bo‘lmagan (ðassiv) immunitet hosil bo‘ladi va bunday immunitet qisqa muddatgina organizmni mazkur kasallikdan saqlay oladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan immunitet turlarini sistematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin. Profilaktik emlashlar (vaksinatsiya) reja asosida o‘tkaziladi. Yuqumli kasalliklar bilan kurashishda erishilgan yutuqlar asosan emlash bilan bevosita bog‘liqdir. Kelajakda ayrim yuqumli kasal- liklarni tugatish ishlari ayni shu asosda amalga oshiriladi. Immunoðrofilaktika bo‘yicha umumiy ma’lumotlar Immunoðrofilaktika – bu immun ðreðaratlar yuborish yo‘li bilan inson organizmini himoyalashdir. Immunoðrofilaktika maqsa- dida ishlatiladigan ðreðaratlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) sun’iy faol immunitet hosil qiladigan ðreðaratlar; 2) faol bo‘lmagan immunitet hosil qiladigan ðreðaratlar; 3) qo‘zg‘atuvchining o‘sish va ko‘ðayishini to‘xtatuvchi ðre- ðaratlar.
45 Umumiy qism Birinchi guruh ðreðaratlarga vaksinalar va anatoksinlar kiradi. V a k s i n a l a r – faol immunitet hosil qilish maqsadida ishlatiladigan ðreðaratlardir. Bu nom sigir (vacca – sigir)dan yuqumli material olib, undan chinchechakka qarshi vaksina yara- tishda foydalangan ingliz olimi Eduard Jenner sharafiga berilgan. Bu ðreðaratlar yordamida immunizatsiya qilish – vaksinatsiya deyiladi. Vaksinalar maxsus tanlab olingan mikroorganizmlar shtammla- ridan tayyorlanadi. Bu shtammlar birinchi navbatda to‘liq immuno- gen xususiyatiga ega bo‘lmog‘i va odam organizmida yetarli miqdorda antitelolar hosil bo‘lishini ta’minlashi lozim. Vaksinalar 2 xil bo‘ladi: tirik va o‘lik. Òirik vaksinalar. Bu turdagi vaksinalar virulentligi ðasaytiril- gan, ammo immunogenlik xossalarini saqlab qolgan maxsus olin- gan mikroorganizm (bakteriyalar, viruslar)lar shtammlaridan tay- yorlanadi. Òirik vaksinalar uzoq muddatli immunitet hosil qiladi. Chinchechakka qarshi vaksinaning ommaviy qo‘llanilishi natijasida 1979-yillarga kelib bu kasallik butun dunyoda batamom tugatildi. Bugungi kunda tirik vaksinalar qator virusli, rikketsioz va bakterial infeksiyalar ðrofilaktikasida qo‘llanilmoqda. Bunday vaksinalarga quturish (antirabik vaksina), sil (BSJ), tularemiya, ðoliomiyelit, qizamiq, eðidemik ðarotit va boshqa kasalliklarga qarshi vaksinalar kiradi. O‘lik vaksinalar. Bular natriy xlorid eritmasidagi o‘lik mikro- organizmlar susðenziyasidir. Ular maksimal immunogen xossalarga ega bo‘lgan mikroblar turlaridan tayyorlanadi. Vaksinalar har xil usullar yordamida faolsizlantiriladi. Bular yuqori harorat, ultra- binafsha nurlar, ultratovush, kimyoviy moddalar (fenol, formalin, sðirt, aseton va b.)dir. Òirik vaksinalarga nisbatan o‘lik vaksinalar ham immunogenlikka ega. O‘lik vaksinalarga ko‘kyo‘tal (AKDS vaksinasi komðonenti), qorin tifi, vabo, leðtosðiroz va boshqa kasalliklarga qarshi vaksinalar kiradi. A n a t o k s i n l a r – formalin va issiqlikning uzoq ta’siri natijasida yuqumsizlantirilgan toksinlardir. Anatoksin (ana – teskari, orqaga) tayyorlash uchun toksinga ozroq miqdorda 0,3–0,4% formalin qo‘shiladi va 30–32 kun davomida 37 ° C haroratda saqlanadi. Natijada toksin zaharliligini yo‘qotadi, lekin immunogen xossalarini saqlab qoladi. Anatoksinni ishlatganda uzoq muddatli anatoksik immunitet hosil bo‘ladi. Bugungi kunda tozalangan va adsorblangan anatok- sinlar qo‘llanmoqda. 46 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Ayrim turdagi vaksinalar gen-injeneriyasi texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilmoqda, masalan, B geðatitga qarshi ishlab chiqilgan DNK-rekombinant vaksina bunga misol bo‘ladi. Vaksinalarni qo‘llash qoidalari. Vaksinatsiya qilish natijasida ðaydo bo‘ladigan immunitet kuchi organizmning immun sistemasi holatiga bog‘liq. Bunda qilingan vaksinalar soni va ularni yuborish intervali ham katta ahamiyatga ega. Ayrim vaksinalar immunitet hosil qila olmaydi, shuning uchun ma’lum intervallardan keyin bu vaksinalar bilan revaksinatsiya o‘tkaziladi. Vaksinalarning ayrimlari reja asosida o‘tkazilsa, boshqalari kichik guruhdagi kishilar orasida eðidemik ko‘rsatmalar bo‘yicha, ya’ni kasallik yuqtirish xavfi bo‘lganda (kanadan yuqadigan ensefalitga qarshi, tularemiyaga qarshi va boshqa vaksinalar) qo‘llaniladi. Ikkinchi guruh ðreðaratlarga immun zardoblar va immuno- globulinlar kiradi. Ma’lumki, yuqumli kasallik jarayonida, ayniqsa sog‘ayish davrida, organizmda mikroblarga o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan yoki ularning toksinlarini neytrallaydigan antitelolar hosil bo‘ladi. Lekin yetarli miqdordagi antitelolarning to‘ðlanishi ko‘ð hollarda kasallik boshlanganidan keyin kamida 3–4 hafta o‘tgach kuzatiladi. Shuning uchun sðetsifik antitelolarni yuborish (seroðrofilaktika) bevosita yuqumli kasallik yuqish xavfi tug‘ilganda kasallik vujudga kelishining oldini oladi. Immun zardoblar va immunoglobulinlar sun’iy immunlangan hayvon va odam organizmidan olinadi. Ular qonda aylanib yurib, 4– 5 hafta ichida faol bo‘lmagan (ðassiv) immunitet hosil qiladi. Hozirgi ðaytda amaliyotda qoqshol, botulizm, difteriya, griðð kasalliklariga qarshi zardoblar hamda qizamiq, quturish, kanadan yuqadigan ensefalitga qarshi gamma-globulinlar qo‘llanilmoqda. Qo‘zg‘atuvchining o‘sishi va ko‘ðayishini to‘xtatuvchi ðreðarat- lar guruhiga yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining ko‘ðayishiga ingibitsiyalovchi (susaytiruvchi) yoki litik (erituvchi) ta’sir ko‘rsatadigan bioðreðaratlar kiradi. Bularga qorin tifi, dizenteriya, salmonelloz, stafilokokk, streðtokokk bakteriofaglari va interferon (odam leykositar interferoni – griðð va boshqa virusli resðirator infeksiyalarini davolash va ðrofilaktikasi uchun ishlatiladi) kiradi. Rejali vaksinoðrofilaktika emlashni ma’lum sxema asosida va ma’lum muddatlarda o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Uni emlash taqvimi (kalendari) deyiladi. O‘zbekistonda hozirgi kunda amal qilinayotgan
47 Umumiy qism emlash taqvimi (2-jadval) 1997-yildan qo‘llanib kelinmoqda. Shuni ta’kidlash zarurki, emlash taqvimiga, lozim bo‘lganda o‘zgar- tirishlar kiritib turiladi. 2-jadval Rejali ðrofilaktik emlashlar taqvimi (Qzbekiston Resðublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan 11.09.97-yil tasdiqlangan) a y
s t a n i s k a V it a d d u m i m o n g n i n h s a l m E i m o n g n i n a n i s k a V a d a k t u s 1 B i h s r a q a g ti t a ð e g 1 - V G V a d n u k 5 – 2 i h s r a q a g li S i h s r a q a g ti l e y i m o il o P 1 - J S B 0 - V P O a d k il y o 2 i h s r a q a g l a t ‘ o y k ‘ o k ,l o h s q o q , a y i r e tf i D i h s r a q a g ti l e y i m o il o P B i h s r a q a g ti t a ð e g 1 - S D K A 1 - V P O 2 - V G V a d k il y o 3 i h s r a q a g l a t ‘ o y k ‘ o k ,l o h s q o q , a y i r e tf i D i h s r a q a g ti l e y i m o il o P 2 - S D K A 2 - V P O a d k il y o 4 i h s r a q a g l a t ‘ o y k ‘ o k ,l o h s q o q , a y i r e tf i D i h s r a q a g ti l e y i m o il o P 3 - S D K A 3 - V P O a d k il y o 9 i h s r a q a q q i m a z i Q B i h s r a q a g ti t a ð e g 1 - q i m a z i Q 3 - V G V a d k il y o 6 1 i h s r a q a g l a t ‘ o y k ‘ o k ,l o h s q o q , a y i r e tf i D i h s r a q a g ti l e y i m o il o P i h s r a q a q q i m a z i Q i h s r a q a g ti t o r a ð k i m e d i ð E 4 - S D K A 4 - V P O 2 - q i m a z i Q 1 - ti t o r a ð d i ð E ) f n i s - 1 ( a d h s o y 7 i h s r a q a g l o h s q o q , a y i r e tf i D i h s r a q a g ti l e y i m o il o P i h s r a q a g li S 5 - m - S D A 5 - V P O 2 - J S B ) f n i s - 9 ( a d h s o y 5 1 i h s r a q a g li S 3 - J S B a d h s o y 7 1 – 6 1 i h s r a q a g l o h s q o q , a y i r e tf i D 6 - m - S D A a d h s o y 6 2 i h s r a q a g l o h s q o q , a y i r e tf i D 7 - m - S D A a d h s o y 6 4 i h s r a q a g l o h s q o q , a y i r e tf i D 8 - m - S D A 48 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Mazkur taqvimni amalda qo‘llash natijasida bugungi kunda butun dunyo bo‘yicha muammo hisoblangan B virusli geðatit ham kamaytirildi. Har qanday vaksina va erituvchini ishlatishdan oldin tekshirib ko‘rish zarur. Bunda flakon – amðulaning etiketkasi borligi, vaksinaning to‘g‘ri tanlanganligi, vaksina yoki erituvchining muddati tugamaganligi tekshiriladi. Ifloslanish (kontaminatsiya) ehtimoliga alohida e’tibor beriladi, ya’ni flakonning, darz ketma- ganligi, ichidagi suyuqlikning oqmaganligi, flakon ichida suzib yurgan narsalar yoki boshqa ifloslanish belgilari yo‘qligi sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiriladi. Flakon qoðqog‘i igna bilan teshilgan bo‘lsa vaksina yoki erituvchi ifloslangan hisoblanadi.Òo‘la bo‘lmagan flakonlardan vaksinani bir flakonga yig‘ish vaksinani ifloslantiradi. Har qanday shubhali flakon yo‘q qilinishi shart. Vaksinalar sezgir biologik ðreðaratlar sifatida ma’lum rejimda saqlanishi lozim. Òurli vaksinalarni saqlashda harorat rejimining buzilishi ularning samaradorligini ðasaytirishdan tashqari, ularni qo‘llaganda turli xil asoratlarga olib kelishi mumkin. Masalan, muzlatilgan adsorblangan ðreðaratlarni qo‘llash allergik reak- siyalarga olib kelsa, yuqori haroratda saqlangan odam immuno- globulinini qo‘llash kollaðtoid holatga sabab bo‘ladi. Ko‘ðgina vaksinalar, ayniqsa BSJ va qizamiqqa qarshi vaksina, yorug‘likka juda sezgirdir. Shu sababli ularni doimo qorong‘i joyda saqlash zarur. Vaksinalar odatda muzlatgichlar, termokonteynerlar va vaksinalarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus sumkalarda saqlanishi kerak. Davolash-ðrofilaktika muassasalari (ðoliklinika, QVA – qishloq vrachlik ambulatoriyalari, QVP – qishloq vrachlik ðunktlari, FAP – feldsher-akusherlik ðunktlari)da barcha vaksinalar ko‘ði bilan 1 oygacha muddatda 0°C dan + 8°C haroratda saqlanadi. Poliklinika yoki boshqa davolash-ðrofilaktika muassasalarida vaksinalar uy sovutgichlarida ham saqlanishi mumkin. Bu vaqtda sovutgichda termometr bo‘lishi shart va har kuni 2 marta harorat qayd etib boriladi. Sovutgichda harorat tez ko‘tarilishini e’tiborga olib, sovutgich eshigini zaruratsiz bir daqiqa ham ochish mumkin emas. Xona harorati 20°C bo‘lgan vaqtda eshigi ochilgan sovutgichda 30 sekund ichida haroratning 4°C dan 12°C gacha ko‘tarilishi isbot- langan.
49 Umumiy qism Haroratni qayta 4°C gacha tushirish uchun kamida 20–30 minut vaqt kerak bo‘ladi. Elektroenergiya bo‘lmay qolishi mumkinligini inobatga olgan holda muzlatgichning muzlatish kamerasida muzli ðaketlar bo‘lishi shart. Sovutgichdagi muzlar o‘z vaqtida eritib turiladi. Bu vaqtda vaksinalar vaqtincha termokonteynerga o‘tkaziladi. AKDS, ADS, Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling