M. G„. Kenjayev, N. S. Ernazarov bank hisobi, tahlil va audit 1-qism. Bank hisobi va audit yo„nalishini kasbiy faoliyat asoslari


Download 308.28 Kb.
bet16/101
Sana23.12.2022
Hajmi308.28 Kb.
#1046341
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101
Bog'liq
BHT-VA-A-Darslik

C

MM

SS










C

Hisobvaraq turkumi (kategoriyasi):

1

Aktiv

2

Majburiyatlar

3

Kapital







4

Daromadlar

5

Xarajatlar

9

Ko„zda tutilmagan holatlar




    1. Hisobvaraq turkumiga tegishli asosiy hisobvaraqlar (birinchi tartib)


  1. Hisobvaraq turkumiga tegishli asosiy hisobvaraqlar (birinchi tartib)

52
Raqamli kodlashtirishga quyidagi zarur shartlar joylashtirilgan:





  • jamlanma hisobvaraqlar uchun MM va/yoki SS nol raqamlariga ega (masalan, 10000 - "Aktivlar", 10100 - "Kassadagi naqd pul va boshqa to‗lov hujjatlari" va boshqalar);

-"Aktivlar" bo‗limidagi "...zararlarni qoplash zaxirasi" sarlavhali subhisobvaraqlar uchun SS o‗rnida 99 raqam qabul qilingan.


Yordamchi kitobda shaxsiy hisobvaraqlar quyidagi sxema bo‗yicha kodlashtiriladi:




CCCCC VVV K SSSSSSSS NNN


Hisobvaraqning
tartib raqami


Bank kodi yoki mijoz


kodi


Nazorat kaliti


Valyuta kodi


Balans hisobvarag„i

Bundan tashqari, operatsiyalarni boshqarish maqsadida YOrdamchi kitoblarga Markaziy bank, tijorat banklari boshqarmalari hamda tijorat banklari menejmenti (boshqarishi) uchun zarur bo‗lgan batafsil axborotlar bilan ta‘minlovchi qo‗shimcha ma‘lumotlar kiritiladi.


Hisobvaraqlar rejasida har bir hisobvaraqning aktiv yoki passiv bo‗lishi aniq belgilab qo‗yilgan, aktiv-passiv qoldiqlarga ega bo‗ladigan ayrim hissbvaraqlar bundan mustasno. Aktiv hisobvaraqlarga "Aktivlar", "Xarajatlar" va "Ko‗zda tutilmagan holatlar" bo‗limlaridagi balans hisobvaraqlari, passiv hisobvaraqlarga "Majburiyatlar", "Kapital" va "Daromadlar" bo‗limlaridagi balans hisobvaraqlari taalluqlidir.(1-Ilovaga qarang).


Aktivlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida "Aktivlar" bo‗limiga kontr-aktiv hisobvaraqlari, majburiyatlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida esa "Majburiyatlar" bo‗limiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritilgan.


53
"Ko‗zda tutilmagan holatlar" bo‗limiga operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv uslubi bo‗yicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalarning to‗g‗riligini qo‗shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritilgan.

Ba‘zi hisobvaraqlardan tashqari "Aktivlar" likvidlilik, "Majburiyatlar" esa muddatlilik tamoyillariga asosan tasniflangan.


Mazkur hisobvaraqlar rejasida har bir ikkinchi tartibli balans hisobvarag‗i uchun hisobvaraq ta‘rifi berilgan bo‗lib, unda hisobvaraqning debeti va krediti bo‗yicha qanday operatsiyalarni aks ettirish hamda analitik hisobini yuritish ko‗rsatilgan. Batafsil analitik hisob yuritish uchun banklarda shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari qo‗shimcha jurnal hisobi va reestrlar yuritilishi mumkin.


"Daromadlar" va "Xarajatlar" bo‗limi uchun analitik hisob ko‗rsatilmagan bo‗lib, ushbu bo‗limlardagi hisobvaraqlar bank ichki hisobvaraqlari hisoblanadi. Tijorat banklari Markaziy bank talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda ushbu hisobvaraqlarda analitik hisobni qanday yuritishni o‗zlari belgilaydilar. (20210 000 8003 93443 001 6-ilovaga qarang).


Buxgalteriya hisobvaraqlar rejasi bosh buxgalter kitobiga kiruvchi barcha hisobvaraqlarni o‗zida aks ettirgan bo‗lib, ular buxgalteriya hisobini amalga oshirishda, tahlilda, guruhlarga ajratishda va bank operatsiyalari bo‗yicha hisobotlarni tuzishda qo‗llaniladi.


Buxgalteriya hisobvaraqlar rejasida ayni paytda banklar tomonidan amalga oshiriladigan barcha operatsiyalarning turlari mujassamlashgan bo‗lib, ular hisobvaraqalar orqali bank balansida o‗z aksini topadi.


Hisobvaraqlar rejasi ko‗p valyutali buxgalteriya hisobiga asoslangan bo‗lib, barcha hisobvaraqalar belgilangan tartibda chet el valyutalarini turlari bo‗yicha hisobga olish va balans tuzish imkoniyatini beradi. Valyutalarning har bir turi bo‗yicha alohida sintetik hisobni yuritish uchun Bosh kitob ochiladi, analitik hisob Yordamchi kitobda yuritiladi.


Yordamchi kitobda hisobga olingan summalarning yig‗indisi Bosh kitob summasiga albatta mos kelishi lozim. Bank tomonidan amalga oshirilayotgan valyutalarning turi bo‗yicha har bir operatsiya YOrdamchi va Bosh kitobda mos ravishda qayd etilishi lozim bo‗ladi. Bosh kitob summasining yig‗indisi asosida tuzilgan chet el valyutalaridagi balanslar kunning oxirida Markaziy bank tomonidan o‗rnatilgan kurs bo‗yicha milliy valyutada umumlashtirilgan (konsolidirovanniy) balansga o‗tkaziladi.


54
Aktiv hisob–varaqlarda mablag‗larning ko‗payishi debetda, kamayishi esa kreditda aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqlarda qoldiq summalar debetda vujudga keladi, kontr aktiv hisobvaraqlar bundan mustasno. Aktiv hisobvaraqlarda hisobga olingan summalar bank tomonidan mablag‗larni ma‘lum maqsadlarga joylashtirganligini anglatadi.

Passiv hisob–varaqlarda mablag‗larning ko‗payishi kreditda, kamayishi esa debetda aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqlarda qoldiq summalar kreditda vujudga keladi, kontr passiv hisobvaraqlar bundan mustasno. Passiv hisobvaraqlarda hisobga olingan summalar bankning o‗z mablag‗lari va jalb qilingan mablag‗alarning manbalarini anglatadi.


Shu bilan birga, hisobvaraqlar rejasining 9 bo‗limida ko‗zda tutilmagan holatlar mavjud bo‗lib, ushbu hisobvaraqlar bo‗yicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilsada, kunlik balansga bevosita ta‘sir etmaydi. Ammo ular bo‗yicha amalga oshirilgan buxgalteriya yozuvlarining haqqoniyligini tekshirib borish maqsadida ushbu hisobvaraqlar bo‗yicha kunning oxirida balans tuziladi.


―Ko‗zda tutilmagan holatlar‖ bo‗limiga operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv uslubi bo‗yicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalarning to‗g‗riligini qo‗shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr–aktiv hisobvaraqlar kiritilgan.


Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasida ro‗yxatga olingan mijozlar va ularga ochilgan hisobvaraqlar to‗g‗risida ma‘lumotlar mavjud bo‗lib, unda mijozlarga ochilgan hisobvaraqlar soni 7 263 621 tani va mijozlarsoni1 880 634tani tasgkil etganligini ko‗ramiz. (4-ilovaga qarang).





Download 308.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling