M. G„. Kenjayev, N. S. Ernazarov bank hisobi, tahlil va audit 1-qism. Bank hisobi va audit yo„nalishini kasbiy faoliyat asoslari
Tijorat banklarining tashkil topishi va rivojlanishi
Download 308.28 Kb.
|
BHT-VA-A-Darslik
2.2. Tijorat banklarining tashkil topishi va rivojlanishi Dastlabki banklar qachon va qanday paydo bo‗lganligini aniqlash ancha qiyinchilik tug‗diradi. Gap shundaki, hozirgi davr banklar faoliyati xususiyatidan kelib chiqib turlicha bo‗lgan operatsiyalarni bajaruvchi universal moliyaviy tashkilotlarni o‗zida namoyon qiladi.
Banklar faoliyatining eng ―qadimgi‖ operatsiyalari bo‗lib, pullarni saqlab berish bo‗yicha operatsiyalar hisoblanadi. Ma‘lumki, eng qadimgi davlatlarda ham omonatlarni qabul qilish operatsiyalari mavjud bo‗lgan. Ilk bor bunday ish bilan ma‘lum obro‗ga va ishonchga ega bo‗lgan puldor shaxslar, Evropa mamlakatlarida cherkov muassasalari shug‗ullanganlar. Masalan, mashhur grek ehromlari (masalan, Delfiya, Efes ehromlari) bir paytning o‗zida o‗ziga xos bank muassasalari bo‗lib xizmat qilgan. Yillar o‗tishi bilan o‗sha qadimgi davrlardan boshlab, ayrim hollarda qo‗yilgan pul yoki mulk bo‗yicha foizlar ham hisoblangan. Banklarning kelib chiqishiga bag‗ishlangan mavjud adabiyotlarning tahlili shuni ko‗rsatadiki, banklarning paydo bo‗lishining asosiy yoki boshlang‗ich zamini birinchidan, pul mablag‗larini saqlab berish bo‗lsa, ikkinchidan, pul mablag‗larini almashtirib berishdan iborat ekanligini ko‗rishimiz mumkin. Tarixiy taraqqiyot davomida banklar mablag‗larni yig‗ish, saqlab berish, kredit-hisob va boshqa turli xil vositachilik operatsiyalarini bajarib kelganliklari sabab, banklar kredit muassasa bo‗lib, foyda olish maqsadida bank barcha risklarni o‗ziga qabul qilgan holda operatsiyalarini amalga oshiradi. O‗zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan ―Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida»gi qonunining 1-moddasiga asosan ―Bank -tijorat tashkiloti bo‗lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan, ya‘ni: -yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‗lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; -to‗lovlarni amalga oshirish bilan shug‗ullanuvchi yuridik shaxsdir. Demak, bank barcha riskni o‗z zimmasiga olib, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‗larini jalb qilib, bank resurslarini tashkil qilgan holda, bu mablag‗larni muddatida qaytarib berish, to‗lov va ta‘minlash shartlari asosida o‗z nomidan ularni joylashtiradi hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‗rtasidagi hisob-kitob va vositachilik operatsiyalarini olib boruvchi kredit muassasa hisoblanadi. 24
ta‘sischilari–aksiyadorlarining manfaatlarini, ikkinchidan, o‗z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta‘minlaydi. Tijorat banklariga, bizning fikrimizcha, shunchaki ―korxona‖ emas, balki ―maxsus korxona‖ deb qarash zarur. Chunki tijorat banklari ssuda kapitali harakatini amalga oshiradi va shu asosda bank o‗z aksiyadorlariga, paychilariga foyda olishni ta‘minlaydi. Tijorat banklari bank tizimining muhim bo‗g‗ini bo‗lib, kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig‗iladi va bu banklar xuquqiy, jismoniy shaxslarga o‗z xizmatlarini ko‗rsatadilar. Bank bu shunday korxonaki, unda xom ashyo bo‗lib depozit va qo‗yilmalar hisoblansa, oxirgi tovar – bu berilgan ssudalardir. Depozit va qo‗yilmalar jalb qilingan qarz mablag‗lari, berilgan ssudalar esa – joylashtirilgan mablag‗lar bo‗lib hisoblanadi. Har xil jismoniy shaxslar va tashkilotlardan pul mablag‗larini jalb qilish uchun, qarz hajmiga qarab ma‘lum summani foizlar shaklida to‗lash kerak. Bo‗lmasa mablag‗ qo‗yuvchilar yoki boshqa bankni tanlaydilar, yoki pul saqlashni boshqa shakllariga o‗tadilar: masalan, oltin yoki valyuta sotib olish, boshqa moliyaviy vositachilar xizmatlaridan foydalanish va boshqalar. Pul saqlash shaklini tanlashda mablag‗ qo‗yuvchini ikkita muhim omil - moliyaviy vositachilarning ishonchli ekanligi va daromad olish darajasi (qarzga to‗lanadigan foizlar) ko‗proq qiziqtiradi. Boshqa tomondan, bank ssuda berganda uning summasiga qarab foiz shaklida to‗lov undiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining bozor munosabatlari sub‘ektlari bilan aloqasi yanada kengayadi va chuqurlashadi. Bank bu holda barcha mablag‗lari harakatini boshqarib boradi. Bu ikkita foiz stavkalari o‗rtasida farq - bank daromadining asosiy manbasi bo‗lib, iqtisodiy adabiyotlarda u ―marja‖ nomi bilan yuritiladi. Shunday qilib, marja - bu jalb qilinuvchi va joylashtirila- digan qarz va ssuda foiz stavkalari o‗rtasidagi farqdir. Banklar mablag‗larni jalb qilish va joylashtirish yo‗li bilan barcha pul mablag‗lari harakatini boshqarib boradi. 25 Bankning asosiy faoliyati vositachilik bilan bog‗liq bo‗lib, u pul mablag‗larni qarz beruvchidan qarz oluvchilarga o‗tkazish bilan bog‗liq bo‗lgan operatsiyalarni bajarishdan iborat. Banklar bilan bir qatorda pul mablag‗lari harakatini boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‗urta kompaniyalari ham amalga oshiradilar. Biroq, bankning moliyaviy risklarning sub‘ekti sifatida yuqorida keltirilgan boshqa sub‘ektlar faoliyatidan farq qiladigan ikkita o‗ziga xos xususiyati mavjud: -birinchidan, banklar faqat ular uchun xos bo‗lgan qarz majburiyatlarini (depozitlar, omonat sertifikatlari va boshqalar) chiqaradilar va bu yo‗l bilan yig‗ilgan mablag‗larni boshqa sub‘ektlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlar va qarz majburiyatlariga joylashtiradilar. Bankning bu xususiyati moliyaviy broker va dillerlar faoliyatidan farq qiladi, chunki ular moliya bozorida o‗z qarz majburiyatlarini chiqarmasdan faoliyat ko‗rsatadilar. -ikkinchidan, banklar jismoniy va yuridik shaxslar oldida mijozlarning pul mablag‗larini hisob varaqlariga qo‗yish va jamg‗arma o‗tkazish, depozit sertifikatlarini chiqarish va boshqalar orqali qat‘iy belgilangan qarz majburiyatlarini oladilar. Qat‘iy belgilangan qarz majburiyatlar bilan faoliyat ko‗rsatish banklar uchun riskli hisoblanadi, chunki banklar o‗z kreditorlari oldida olgan majburiyatlarini to‗liq bajarishlari lozim. Investitsion fondlar esa o‗z aktivlari va passivlarining qiymati o‗zgarishi bilan bog‗liq risklarni o‗z aksiyadorlari zimmasiga yuklaydilar. O‗zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tashkil etish va ularning faoliyatini olib borish ―Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida‖gi qonunga asoslanadi. Yuqorida qayd etilgan qonunga asosan O‗zbekiston Respublikasida banklar universal faoliyatni amalga oshiradilar. Aniqroq qilib aytadigan bo‗lsak, turli xilda kreditlar berish, qimmatli qog‗ozlar va xorijiy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‗ullanish, bo‗sh turgan pul mablag‗larni jalb etish, hisob-kitoblarni amalga oshirish, kafolat va garantiyalar berish va hokazolar tijorat bankining asosiy faoliyat turlaridan hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasida xorijiy banklar va har qanday mulkchilik shakliga asoslangan banklar faoliyat ko‗rsatishi mumkin. O‗zbekiston Respublikasida faoliyat ko‗rsatayotgan tijorat banklari va ularning mulkchilik shakli turli mulkchilikka asoslangandir. Hozirgi kunda Respublirfmizda 29 ta tijorat banklar faoliyat yuritmoqda. Ular to‗g‗risidagi batafsil ma‘lumotlar 2-ilovada keltirilgan. 26
Download 308.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling