Fermentlarning maxsusligi
Fermentlarning maxsusligi o`ziga xos hususiyat bo`lib, bu narsa ferment ta`sir
etadigan substratning kimyoviy tuzilishi bilan bog`liq bo`ladi. Har bir ferment
ma`lum bir substratgagina ta`sir eta oladi.
Amilaza va ureazalarning maxsusligiga xos reaksiyalar
Ma`lumki, kraxmal yod bilan ko`k rang hosil qiladi. Uning amilaza ta`sirida
parchalanishi dastlab dekstrinlar (amilo-, eritro-, axro-, maltodekstrinlar) ni, keyin
maltoza va undan keyin glyukozani hosil bo`lishiga olib keladi. Kraxmalning
parchalanishi natijasida parchalanishning axrodekstrin bosqichidan o`tgandan keyin
uning fragmentlari yod bilan hech qanday rang hosil qilmaydi. Yodli reaktiv kristall
yodni kaliy yod eritmasida eritib tayyorlangan eritma hisoblanadi. Uni tayyorlash
uchun 100 ml distillangan suvda 20 g kaliy yod eritiladi va uni ustiga 10 g yod
kristali solinib aralashtiriladi. Kraxmalni aniqlash uchun aralashma 5 marta
suyultiriladi.
Soya o`simligi dukkagida esa ureaza fermenti bo`lib, u siydikchilni
gidrolizlanishini katalizlaydi va reaksiya natijasida ammoniy karbonat hosil bo`ladi:
CO(NH
2
)
2
+ HOH = CO
2
+ 2NH
3
CO
2
+ 2NH
3
+ HOH = (NH
4
)
2
CO
3
Bu ikkala ferment uchun ham pH-optimum ko`rsatkichlari juda yaqin, ya`ni
so`lak amilazasi uchun pH – 6,8 bo`lsa, soya ureazasi uchun pH – 7,0 hisoblanadi.
Shu bois, fermentlarning maxsusligini shu ikki ferment yordamida namoyish qilish
o`rinli bo`ladi.
Amilazaning maxsusligini o`rganish uchun so`lak suyuqligidan foydalanilsa,
ureza uchun soya o`simligi urug`idan ajratib olingan ekstraktdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |