M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Eritmalarni tayyorlash 
Tarkibida ikki yoki bir nechta moddadan iborat bo‘lgan gomogen 
sistema (tizim)ga eritma deyiladi. Eritmalar erituvchi modda ( dispersion 
muhit) va eruvchi modda (dispersion faza) lardan tashkil topgan bo‘ladi. 
Demak dispersion muhitda dispersion faza zarrachalarining tekis tarqalishi 
natijasida eritmalar hosil bo‘ladi. Dispersion muhit eritmaning tarkibida 
ko‘p miqdorda bo‘ladi, masalan, suyuq eritmalar uchun suv va har xil 
organik moddalar erituvchi hisoblanadi. Dispersion faza esa, aralashma 
tarkibida kam miqdorda bo‘lib eruvchi modda (tuzlar, ishqorlar, kislotalar) 
hisoblanadi. Eritmalarda dispersion muhit ham, dispersion faza ham 
asosan uch xil agregat holatlarda, yani: qattiq, suyuq va gazsimon bo‘lishi 
mumkin. Shunday qilib, dispersion muhit va dispersion fazalarning 
holatiga qarab eritmalar quyidagi xillarda bo‘lish mumkin:
1. 
Gaz:Gaz; 
2. 
Gaz:Suyuqlik; 
3. 
Gaz:Qattiq modda; 
4. 
Suyuqlik:Gaz; 
5. 
Suyuqlik:Suyuqlik; 
6. 
Suyuqlik: Qattiq modda; 
7. 
Qattiq modda:Gaz; 
8. 
Qattiq modda: Suyuqlik; 
9. 
Qattiq modda: Qattiq modda. 
Qattiq eritmalarga (oltin va mis, chuyan), suyuq eritmalarga (suv va 
spirt) gazsimon eritmalarga (havo) kirishi mumkin. Eruvchi moddaning 
erituvchi moddada ma’lum hajm yoki og‘irlik birligida erigan miqdoriy 
ko‘rsatkich kattaligiga eritmaning konsentrasiyasi deyiladi. Eritma 
tavsifini ifodalashning quyidagi noaniq konsentrasiyali turlari mavjud: 

konsentrlangan; 


10 

to‘yingan; 

to‘yinmagan; 

suyultirilgan; 

o‘ta suyultirilgan. 
Eritmaning 
biokimyoviy 
tahlillarda 
foydalaniladigan 
aniq 
konsentrasiyali tavsifli turlari jumlasiga: 

foiz ( %)li konsentratsiya; 

molyar (mol\l) konsentratsiya; 

normal (mol\ ekv\l) konsentratsiya; 

titr (t.g\ml) konsentratsiya li xillari kiradi. 
Laboratoriya darslarida asosan foizli, molyar va normal eritmalardan 
keng foydalaniladi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling