M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
oddiy
oqsillar deyiladi. Ularga: protaminlar,gistonlar, albuminlar, globulinlar,prolaminlar, glyutyelinlar,proteinoidlar, tabiiy peptidlarlar kiradi.Bu oqsillarning qisqacha tavsifi quyidagicha: protaminlar - tarkibida 80% gacha diaminomonokarbon kislotali aminokislotalar saqlovchi, ishqor tabiatli, oddiy oqsillardir. Ular sperma, baliq ikrasi kabi ko‘payish mahsulotlari tarkibida uchraydi. DNK molekulasi bilan birikib, ularning barqarorligini ta’minlaydi. 13 gistonlar - 30% gacha ishqorli ya’ni diaminomonokarbon aminokislotalardan tarkib topgan, ular hujayralarda nuklein kislotalar bilan bog‘langan holda uchraydi, xromatin tuzilmasini hosil qiladi, oqsillar sintezini va irsiy belgilarni avloddan - avlodga berilishida faol qatnashadi. albuminlar- tuxum albumini, qon zardobi albumini, sut albumini, mushak albumini holida keng tarqalgan. Tarkibida 20 ta aminokislota uchraydi. globulinlar - barcha hayvon, o‘simlik va odam hujayralarida uchraydi. Masalan, qon plazmasi globulini, sut zardobi globulini, mushak globulinlari - miozin, aktin, o‘simliklardan no‘xat legumini, loviya fazeolini, zig‘ir erestini va boshaqalar shular jumlasidandir. Globulinlar tarkibida barcha aminokislotalar uchraydi. prolaminlar-o‘simlik oqsillari bo‘lib, tarkibida prolinning ko‘pligi, lizinning deyarli bo‘lmasligi bilan tavsiflanadi. Ularga bug‘doy donidagi gliadin oqsili, arpadagi - gordein, makkajuxoridagi - zein kabi oqsillar misol bo‘ladi. glyutelinlar -o‘simlik oqsillaridir, tarkibida aminokislotalarning turli-tumanligi bilan tavsiflanadi. Guruchdagi orizenin, bug‘doydagi glyutenin oqsillari misol bo‘ladi. proteinoidlar - tayanch to‘qimalar(suyak, tog‘ay, pay, soch, jun, ipak va boshqalar) da keng tarqalgan bo‘lib, ularni oqsilsimon moddalar ya’ni proteinoidlar deb atashadi. Ularga kollagen, keratin, fibroin oqsillari misol bo‘ladi. Kollagen oqsili tarkibida sistin, sistein, triptofan aminokislotalari uchramaydi, keratin tarkibida, aksincha, 10-14% gacha sistin va sistein, 9% gacha prolin va oksiprolin bo‘ladi, ipak oqsili fibroin - 90% gacha faqat to‘rtta: glisin, alanin, serin va tirozin aminokislotalaridan tarkib topgan. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling