M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   150
Normal eritma tayyorlash. Erituvchining 1 hajmida erigan 
moddaning gramm ekvivalenti hisobiga eritilgan miqdoriga normal (N) 
eritma deyiladi. Masalan, osh tuzining 1 N eritmasini tayyorlash uchun, 
uning molyar massasi hisoblanadi, bu 58,5 ga teng, uning ekvivalenti 
natriyning valentligi hisobiga 1ga teng. Endi 58,5:1=58,5 kelib chiqadi 
demak, Na ning valentligi 1 bo‘lganligi sababli molyar massa o‘zgarmaydi 
va shuning uchun 58,5 g osh tuzi 1000 ml hajmda distillangan suv 
qo‘shilsa osh tuzining 1N eritmasi tayyor bo‘ladi. 
Agar Cu(NO
3
)
2
ning 1N eritmasini tayyorlash kerak bo‘lsa, uning 
molyar massasi hisoblandi va Cu ning valentligiga bo‘linadi va suvda 
eritiladi. Cu=64, N=14·2=28, O=16·6=96, jami 64+28+96=188Cu ning 
valentligi 2 ga teng bo‘lganligi uchun 188:2=94 kelib chiqadi. Demak, 
Cu(NO
3
)
2
tuzining 1N eritmasini tayyorlash uchun 94 g tuz olib o‘lchov 
kolbasiga ko‘chirib, distillangan suv yordamida hajmi 1000 ml ga 
yetkaziladi. 
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
1. Laboratoriyada ishlash qoidalariga nimalar kiradi?
2. Laboratoriyada qanday gigiyena qoidalariga rioya qilish lozim? 
3. Yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalarini bayon qiling. 
4. Eritma nima? 
5. Eritmalarning noaniq tavsifli konsentrasiyalariga nimalar kiradi? 
6. Aniq konsentrasiya tavsifiga ega bo‘lgan eritmalarga qaysi xil 
eritmalar kiradi? 
5. Foizli eritma qanday tayyorlanadi? 
6. Molyar va normal eritmalarchi? 
7. 0,9 % osh tuzi eritmasi qanday tayyorlanadi? 
8.Solishtirma og‘irligi 1,84 bo‘lgan konsentrlangan sulfat kislotadan 
0,05 M eritmasini qanday tayyorlanadi? 
9. Shu kislotaning 0,05N eritmasi qanday tayyorlanadi? 
 


12 
OQSILLAR BIOKIMYOSI 
Oqsillar – yuqori molekular, azot tutuvchi organik moddalar bo‘lib, 
ularning tarkibi aminokislotalardan tashkil topgan makromolekulalardir. 
Darhaqiqat, 
bu 
biomakromolekulalar 
hujayraning 
tuzilmasi 
va 
funksiyalarida birlamchi rolnio‘ynaydi, chunki ular orqali genetik axborot 
ko‘chirilishini ta’minlaydi. Hayvonlar organizmida ularning quruq 
massasini 40-50 % ni tashkil qiladi, o‘simliklarda esa biroz kamroq 
bo‘ladi(2,0-35 %). Hisoblarga qaraganda, tabiatda 10
10
-10
12 
xil xilma-xil 
oqsillar uchraydi. Oqsillar organik birikmalarning boshqa xillariga xos 
bo‘lmagan qator xususiyatlarga ega bo‘ladi. Oqsil tanachalarining bu 
xususiyatlari ularning hayotiy jarayonlarni boshqarishdagi ishtiroki bilan 
bog‘liq. Bu xususiyatlar jumlasiga: 
-
tuzilmalarning xilma xilligi va unga bog‘liq
holda 
turga xos 
maxsuslikka egaligi; 
-
fizik va kimyoviy o‘zgarishlarining xilma xilligini cheksizligi; 
-
molekulalararo ta’sirlanish xususiyatlarining cheksizligi; 
- molekula konfiguratsiyasining o‘zgarishiga javob berish va 
ta’sirlanishning nihoyasiga yetishi bilan dastlabki holatni tiklash 
xususiyatini mavjudligi; 
-
boshqa kimyoviy birikmalar bilan birikib kompleks va boshqa 
xil tuzilmalarni hosil qilish xossasiga egaligi
-
biokatalitik va boshqa sifatiy xossalarga egaligi kabilar kiradi.
Oqsillarning elementar tarkibi: 
- uglerod-50,0-55,0%; 
- vodorod-6,5-7,3%; 
- azot-15,0-18,0%; 
- kislorod-21,0-24,0%; 
- oltingugurt-0,0-2,54%; 
- kul-0,0-0,5% dan tashkil topgan. 
Gidrolizlanganda faqat aminokislota qoldiqlarini hosil qiluvchi 
makromolekulalarga 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling