4-ish. Bug‘doy (arpa,suli)ni umumiy oqsillarini ajratib olish
O‘simlik oqsillarini ajratib olish uchun tadqiq qilinadigan obyekt
tarkibidagi oqsil fraksiyasining xossasiga qarab turli erituvchilardan
foydalaniladi. Odatda bug‘doy, arpa va suli urug‘lari tarkibidagi oqsillar
NaOH ning 0,2 % li eritmasida yaxshi, NaOH ning shu konsentrasiyadagi
50-60 % li spirtda tayyorlangan eritmasida undan ham yaxshi eriydi. Shu
o‘simliklarning unini natriy ishqorini spirtli eritmasi yoki suvdagi eritmasi
bilan ishlov berganda eritmaga albumin, globulin, prolamin va glyutelin
oqsillarilari o‘tadi. Prolamin va glyutelinlar tarkibida ko‘p miqdorda prolin
va glyutamin aminokislotalari bo‘ladi.
Kerakli biomaterial:bug‘doy, arpa va suli unlari
Kerakli jihozlar: shtativ,probirkala,pipetkalar, chinni hovoncha,
idishchalar.
Kerakli reaktivlar:
NaOН ning 0.2 % li 50-60% li spirtdagi yoki
NaOН ning o’zini 0.2 % li eritmasi.
Ishni bajarish tartibi.Chinni hovonchaga 5 g bug‘doy (arpa,suli) uni
solib, asta-sekin qo‘shib va ezib borib, jami 100 ml NaOН ning 0,2 % li
suvdagi yoki 50-60% li spirtdagi eritmasi qo‘shiladi. Bunda eritmaga
albumin, globulin, prolaminva glyutelinlar o‘tadi. Aralashmani eritma
qismi alohida toza idishga ko‘chirilib, «Bug‘doy (arpa,suli) oqsili» deb
nomlanadi va keyingi tajribalarda foydalanish uchun olib qo‘yiladi.
5- ish. Bug‘doy (arpa,suli)lardan albumin oqsilini ajratib olish
Bunda oldingi ishda( 4-chi) bug‘doy (arpa,suli)larning umumiy
oqsillarini ajratib olish amalga oshirilgan bo‘lib, ajratib olingan oqsilning
tarkibi albumin, globulin, prolamin va glyutelinlardan iborat bo‘ladi. Bu
biomateriallar tarkibidagi albuminni ozmi-ko‘pmi yuqori tozalik darajasida
ajratib olish uchun ushbu ishni bajarish lozim bo‘ladi.
Kerakli biomaterial: bug‘doy, arpa va suli unlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |