M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   150
Kerakli biomateriallar:
tuxum
oqsili, bug‘doy oqsili. 
Kerakli jihozlar:shtativ, probirkalar, pipetkalar. 
Kerakli reaktivlar:HNO

va H
2
SO
4
konsentrlangan eritmalari, 10 % li 
uchxlor sirka kislota, 10 % li sulfosalisil kislota. 
1-tajriba.Oqsillarni anorganik kislotalar yordamida cho‘ktirish 
Ishni bajarish tartibi.4 ta probirka olib, ularning ikkitasiga 10-
tomchi konsentrlangan nitrat kislota, yana ikkitasiga shuncha miqdorda 
kontsentrlangan sulfat kislota quyiladi. To‘rtala probirkani navbatma- 
navbat 45

li burchak hosil qilib qiyshaytirib,oldingi ikkitasiga 10 tomchi 
tuxum oqsili eritmasidan, keyingi ikkitasiga bug‘doy oqsili eritmasidan 
ohistalik bilan tomiziladi. Probirkalardagi har ikki qavat suyuqlik 
chegarasida yupqa oqsil cho‘kmasining pardasi hosil bo‘ladi. 
2-tajriba. Oqsillarni organik kislotalar yordamida cho‘ktirish 
Ishni bajarish tartibi. 4 ta probirka olib, ularni juftlab ikkitasiga 2-
tomchi 10 % li uchxlor sirka kislota, yana ikkitasiga shuncha miqdorda 10 
% li sulfosalitsil kislota 
tomiziladi.
Keyin cho‘ktiruvchi eritmalar bo‘yicha 
yuqoridagi tartibda juftlangan probirkalarga o‘zaro moslashtirgan holda 
tuxum va bug‘doy oqsili eritmalaridan 5 tomchidan tomiziladi. Bunda 
hamma probirkalarda oq cho‘kmaning hosil bo‘lganligi kuzatiladi.
Ikkala tajriba bo‘yicha ham tegishli xulosalar keltirib chiqariladi. 
11-ish. Oqsillarnialkaloid reaktivlar bilan cho‘ktirish 
Oqsil eritmasiga tanin, pikrin kislota kabi alkaloid reaktivlari qo‘shilsa 
cho‘kmaga tushadi. Bu reaksiya oqsil molekulasidagi, alkaloidlarni 
eslatuvchi azotli geterosiklik guruhlar (pirrol, indol, imidazol halqalari va 
boshqalar) bo‘lishiga asoslangan. Sirka kislota yordamida kuchsiz kislotali 
sharoit yaratilsa, oqsil zarrachasida musbat zaryad paydo bo‘ladi va 
manfiy zaryadlangan cho‘ktiruvchi ionlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini 
osonlashtiradi. 
Kuchli 
mineral 
kislotalar 
organik 
kislotalar 


29 
dissosiyalanishini susaytirib oqsilni alkaloid reaktivlari bilan cho‘ktirishga 
xalaqit beradi. Alkaloid reaktivlari jumlasiga tanin, fosfovolfromat kislota, 
fosfomolibdat kislota, simob yodidning kaliy yodiddagi eritmasi, vismut 
yodidning kaliy yodidagi sariq qon tuzi va boshqalar kiradi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling