Darsning
maqsai.Biologik
materiallar
tarkibidagi
oqsilning
mavjudligini aniqlash, ularni turli cho‘ktiruvchilar yordamida cho‘ktirish
orqali bir biridan ajratib olish uslublarini o‘rganish va shu uslublardan
amaliyotda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.
7 - ish. Oqsillarni qaynatish yo‘li bilan cho‘ktirish
Oqsillarning eritmalari 70°-80
o
C
gacha
qizdirilganda
oqsil
denaturatsiyaga uchrab cho‘kmaga tushadi. Kuchli kislotali va ishqorli
eritmalarda oqsil cho‘kmaga tushmaydi, chunki bunday sharoitda oqsil
musbat yoki manfiy zaryadlanib qoladi. Bundan tashqari qisman gidroliz
ham ketishi mumkin.
Kerakli biomateriallar:tuxum oqsili.
Kerakli jihozlar: shtativ, probirkalar, filtr qog‘oz, voronka,shisha
tayoqcha, gaz gorelkasi yoki spirt lampasi.
Kerakli reaktivlar: natriy gidroksidning 10% li eritmasi, sirka
kislotaning 1% li eritmasi, sirka kislotaning 10 % li eritmasi, natriy
xloridning to‘yingan eritmasi.
Ishni bajarish tartibi.5 ta probirka olib 10 tomchidan 1% li tuxum
oqsilidan tomizib chiqiladi. So‘ng birinchi probirkaga 1 tomchi
distillangan suv, ikkinchisiga 1 tomchi 1% li sirka kislota, uchinchisiga 1
tomchi 10% li sirka kislota, to‘rtinchisiga 1 tomchi 10% li sirka kislota
eritmasi va 1 tomchi natriy xloridning to‘yingan eritmasi, beshinchisiga 1
tomchi 10% li NaOH eritmasi tomizib qaynatiladi. Birinchi, ikkinchi va
to‘rtinchi probirkalarda neytral kuchsiz kislotali va elektrolitli muhit
bo‘lganligi uchun cho‘kma hosil bo‘ladi. Uchinchi va beshinchi
probirkalarda cho‘kma hosil bo‘lmaydi, zero ularning birida oqsil
molekulasi musbat, ikkinchisida manfiy zaryadlanib qolgan.
Ish natijalari 2-jadval ko‘rinishida izohlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |