M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
-ish. Oqsillarni og‘irmetall tuzlari ta’sirida cho‘ktirish
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli biomateriallar
- Ishni bajarish tartibi
9-ish. Oqsillarni og‘irmetall tuzlari ta’sirida cho‘ktirish
Oqsillar og‘ir metall tuzlari (Cu 2+ , Fe 3+ , Pb 2+ , Zn 2+ , Ag + va boshqalar) ta’sirida kompleks birikmalar hosil qilib cho‘kadi. Bu vaqtda og‘ir metall ioni oqsil makromolekulasiga adsorbsiyalanib zaryadsizlantiriladi. Agar og‘ir metall tuzi eritmasidan ortiqcha miqdorda qo‘shilsa, kolloid zarracha qayta musbat zaryadlanib, cho‘kma qaytadan erib ketadi. Kerakli biomateriallar:tuxum oqsili, bug‘doy oqsili. Kerakli jihozlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, voronka, filtr qog‘oz. Kerakli reaktivlar: FeCl 3 ning 5% li eritmasi, Pb(CH 3 COO) 2 ning 5% li eritmasi, CuS0 4 ning 7% li eritmasi. Ishni bajarish tartibi.6 ta probirka olib, shtativga uchtadan qilib ikki qatorga joylashtiriladi va birinchi qatordagi uchta probirkaga tuxum oqsili eritmasidan 5 tomchidan, ikkinchi qatordagi uchta probirkaga bug‘doy oqsili eritmasidan 5 tomchidan tomiziladi. So‘ng birinchi va ikkinchi qatorlarning birinchi o‘rinlaridagi ikkala probirkaga 1 tomchidan 5% li FeCl 3 , ikkinchi o‘rinlaridagiga 1 tomchidan Pb(CH 3 COO) 2 , uchinchi o‘rindagilariga 1 tomchi 7% li CuS0 4 eritmasidan tomizib, cho‘kma hosil bo‘lishi kuzatiladi. So‘ngra probirkalarning har biriga tegishli tarzda 5-6 tomchidan yuqoridagi tuz eritmalaridan qo‘shiladi va cho‘kmalarining qaytadan erib ketishi kuzatiladi. Tajriba natijalari rasmiylashtiriladi va tegishli xulosalarga kelinadi. 10-ish. Oqsillarni organik va mineral kislotalar ta’sirida cho‘ktirish Oqsil organik kislotalar (trixlorsirka kislota, sulfosalitsil kislota) va konsentrlangan mineral kislotalar ta’sirida denaturasiyaga uchraydi, suvsizlanishi va zaryadsizlanishi tufayli cho‘kmaga tushadi. Sulfat va xlorid kislotalar uzoq vaqt ta’sir qilsa, oqsil qisman gidrolizga uchrab 28 cho‘kma asta-sekin erib ketadi. Nitrat kislotada cho‘kma sekin eriydi. Biomateriallar tarkibidagi oqsillarni cho‘ktirish uchun organik kislotalar keng qo‘llaniladi. Trixlorsirka kislota miqdoriy biokimyoviy tahlillarda oqsilsiz filtrat olish uchun, sulfotsalisil kislota, nitrat kislota klinik laboratoriyalarda siydik va boshqa biologik suyuqliklardagi oqsilni mavjudligini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu ishni bajarish uchun quyidagi ikkita tajribani o‘tkazish lozim bo‘ladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling