M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17- ish. Fol reaksiyasi
- Kerakli biomaterialar
Ishni bajarish tartibi.4 ta probirka olib, birinchisiga 1 ml 1% li tuxum
oqsili, ikkinchisiga 1 ml 0,1 % li tirozin, uchinchisiga 0,1% li 1 ml fenol eritmasi va to‘rtinchisiga 1% li jelatina eritmasidan 1 ml solib, ularning har biriga 5 tomchidan Millon reaktividan tomiziladi va ohista qizdiriladi. Bunda dastlabki uchta probirkadagi aralashmalarsekin-asta qizil rangga kiradi, to‘rtinchi probirkadagi aralashma esa bunday rang hosil qilmaydi. To‘rtinchi probirkada Millon reaksiyasining salbiy chiqishi jelatinaning tarkibida aromatik halqali aminokislotalarning yo‘qligidan dalolat beradi. 17- ish. Fol reaksiyasi Fol reaksiyasi yordamida oqsillar molekulasi tarkibida oltingugurt tutuvchi aminokislotalar- sistein vasistin borligini aniqlash mumkin bo‘ladi. Metionin oltingugurt bilan kuchli bog‘langanligi uchun bu reaksiyani bermaydi. 37 Oqsil eritmasiga ishqor qo‘shib qizdirilganda oltingugurt osongina ajralib, natriy sulfid hosil qiladi. Aralashmaga natriy plyumbit yoki qo‘rg‘oshin atsyetat qo‘shilsa, qora rangli qo‘rg‘oshin sulfid cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Reaksiya quyidagicha ketadi: Qora rangning ravshanlik darajasi eritmadagi oqsilning konsentratsiyasiga hamda oqsil molekulasidagi sistein va sistinning miqdoriga bog‘liq. Kerakli biomaterialar:tuxum oqsili, bug‘doy oqsili, 1% li jelatina eritmasi. Kerakli jihozlar:shtativ, probirkalar, pipetkalar,spirt lampa yoki suv hammomi . Kerakli reaktivlar:30 % li natriy ishqoriy eritmasi, 5% li qo‘rg‘oshin atsetati eritmasi. Ishni bajarish tartibi.3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi 1 % li tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi 1 % li bug‘doy oqsili, uchinchisiga 5 tomchi 1 % li jelatina eritmasidan quyib, ularning ustiga 5 tomchi 30% li natriy gidroksid va 1 tomchi 5% li qo‘rg‘oshin atsetati qo‘shib, yaxshilab qaynatiladi. Birinchi ikkita probirkadagi aralashma qorayadi va qora rangli PbS cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Uchinchisining rangi o‘zgarmaydi, chunki jelatina tarkibida oltingugurt tutuvchi aminokislotalar yo‘q. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling