M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
20- ish. Oqsil tarkibidagi triptofanning oksimetilfurfurol bilan
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli biomaterialar
- O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar
40 20- ish. Oqsil tarkibidagi triptofanning oksimetilfurfurol bilan reaksiyasi Oqsil tarkibida triptofan aminokislotasi borligini uning oksimetilfurfurol bilan o‘tkaziladigan reaksiyasidan foydalanish mumkin. Reaksiya oqsil sulfat kislotasi bilan ta’sirlanish orqali gidrolizlanish reaksiyasiga asoslangan bo‘lib, bunda oqsilning gidrolizidan triptofanning ajralishi yuz bersa, saxarozaning gidrolizlanishidan glukoza va fruktoza hosil bo‘ladi. Kimyoviy jarayonning davom etishi tufayli fruktoza ham oksidlanib oksimetilfurfurolga aylanadi va bu modda o‘z navbatida triptofan bilan ta’sirlanib, ularning kondensatsiyalanish mahsulotini hosil qiladi. Kerakli biomaterialar:tuxum oqsili, 1% li jelatina eritmasi, sut oqsili eritmasi. Kerakli jihozlar: Shtativ, probirkalar, pipetkalar. Kerakli reaktivlar:10 % li saxaroza,konsentrlangan sulfat kislota. Ishni bajarish tartibi.3 ta probirka olib birinchisiga tuxum oqsilidan 5 tomchi, ikkinchisiga jelatina eritmasidan 5 tomchi, uchinchisiga sut oqsilidan 5 tomchi tomiziladi. So‘ng probirkalarning hammasiga 3 tomchidan 10 % li saxaroza eritmasi qo‘shiladi. Probirkalarning har biriga ularning devori bo‘ylab 2 tomchidan konsentrlangan sulfat kislota tomiziladi. Birinchi va uchinchi probirkalarning suyuqliklari tutashgan joyda qizil rang paydo bo‘ladi. Ikkinchi probirkadagi jelatina tarkibida triptofan aminokislotasi yo‘qligi sababli bunday rang paydo bo‘lmaydi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Oqsillar qanday reaksiyalarga kirishadi? 2. Oqsillarga qandayrangli reaksiyalar xos? 3. Oqsillarga xos rangli reaksiyalar necha xil bo‘ladi ? 4. Oqsillarga xos umumiy reaksiyalar qaysilar ? 5. Biuret reaksiyasi qanday o‘tadi ? Uning tenglamasini yozing. 6. Ningidrin reaksiyasi qandaybo‘libo‘tadi? Uning tenglamasini yozing. 7. Ksantoprotein reaksiyasi qanday o‘tadi ? Uning tenglamasini yozing. 8. Millon reaksiyasi qaysi aminokislotaga xos rangli reaksiya? 9. Fol reaksiyasi orqali qaysi aminokislotalarni aniqlash mumkin? 10. Sakaguchi reaksiyasiqaysi aminokislotaga xos reaksiya? 41 11. Adamkevich reaksiyasi orqali oqsil tarkibida qaysi aminokislotani borligi aniqlanadi? 12.Triptofanning oksimetilfurfurol bilan reaksiyasi qanday bajariladi? Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling