M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishni bajarish tartibi. Dastlab standart tarkibida 10-100 mkg oqsil
bo‘lgan tadqiq qilinuvchi eritma(0,4 ml) probirkaga solinadi, unga ishchi eritmadan 2 ml qo‘shiladi, yaxshilab aralashtiriladi va xona haroratida 10 daqiqa saqlanadi. Aralashmani ustiga 0,2 ml Folin-Chokalteu reaktivi qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi hamda 30 daqiqa o‘tgandan keyin FEK da 750 nm da kolorimetrlanadi. Oldindan oqsilning standart eritmasiga asoslangan tarzda kalibrlangan egri chiziq grafigi chiziladi. Tajriba namunalari tarkibidagi oqsil miqdori xuddi shu yo‘sindagi tartibda o‘lchovlardan o‘tkaziladi va so‘ng kalibrlangan egri chiziq grafigiga asoslangan holda hisoblab topiladi. 24- ish Konvey uslubi yordamida azot miqdori asosida oqsil miqdorinini aniqlash Biologik materiallar tarkibidagi oqsil miqdorini aniqlashda ko‘pdan ko‘p oqsillar tarkibidagi azotning miqdori amaliy jihatdan bir xilligini va u 16 % ni tashkil qilishini inobatga olib ish yuritiladi. Organik birikmalarni konsentrlangan sulfat kislota bilan qizdirganda mineralizatsiya yuz berib, ularning tarkibidagi azot ammoniy sulfatga aylanadi hamda uni miqdorini kimyoviy aniqlash mumkin bo‘ladi. Ammoniy sulfatning parchalanishi va hosil bo‘lgan ammiakning yutilishi Konvey idishchalari deb nomlangan maxsus qurilma asboblarida amalga oshiriladi. Konvey idishchasi ikkita: tashqi va ichki kameralardan tashkil topgan (4-rasm). Konvey idishchasi past devorli kristallizatorni eslatadi, uning markaziy qismiga ichki silindr kavsharlab qo‘yilgan. Tashqi kameraning diametri 7-8 sm, ichkisiniki-3 sm. Tashqi kameraning balandligi 1,5 sm, ichkisiniki-1 sm bo‘ladi. Idish shliflangan shisha qopqoq bilan juda yaxshi yopiladi. Germetiklikni ta’minlash uchun qopqoqning shlifi lanolin yoki mo‘m va lonolinli surtkich yordamida moylanadi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling