M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   150
Ishni bajarish tartibi. Refraktometrni gorizontal holatga keltirib
asosiy prizmaga bir tomchi qon zardobi yoki oqsilli eritma tomiziladi va 


52 
uni qo‘shimcha yopib mahkamlagich (D) yo‘li bilan mahkamlanadi. So‘ng 
refraktometrning pastki uchi mahkamlagichli tomoni bilan suvli 
hammomga botiriladi. Ko‘zgu(Z) ni prizmadagi yorug‘likni qaytaradigan 
qilib joylashtiriladi. Asbobdagi harorat suv hammomi darajasiga yetgan 
(taxminan 10 daqiqa) dan keyin hisoblashga kirishiladi. Buning uchun 
kompensator K ni burash orqali ko‘rish chegarasining yoritilgan va 
qorong‘i qismlarini ravshanlashuviga erishiladi. Mikrometrik vintni burash 
yo‘li bilan uning chizig‘ini aniq chegarasi topiladi. Shkaladan mikrometrik 
vintdagi butun son va uning o‘ndan bir ulushi ko‘rsatkichlari yozib olinadi. 
Olingan natijalarni eksperimental yo‘l bilan keltirib chiqarilgan 5-jadval 
ma’lumotlaridan foydalangan holda oqsilning miqdoriy ko‘rsatkichini 
aniqlash uchun foydalaniladi. Refroktometrning asosiy prizmasini har gal 
0,9% NaCl eritmasi va distillangan suv bilan yuvib so‘ng artiladi. 
5-jadval quyidagi tartibda tuzilgan. Birinchi vertikal ustun 
yorug‘likning sinish ko‘rsatkichini, ikkinchisi uning shkaladagi 
ko‘rsatkichini, uchinchisi- qon zardobi tarkibidagi oqsilning foiz 
miqdorini, to‘rtinchisida oqsil miqdorini o‘ndan bir foiz ulushini hisoblash 
uchun kerak bo‘lgan(mikrometrik buragich yordamida aniqlanadigan) 
interpolyasion jadval keltirilgan. Masalan, qon zardobi oqsilini miqdorini 
aniqlashda ko‘rish chegarasini ravshanlashuvi shkalada «51» va 
mikrometrik vint shkalasida «7» ekanligi ma’lum bo‘ldi, ya’ni o‘lchov 
natijasi 51,7 ga tengligi aniqlandi. 5-jadvaldan «51» oqsilning miqdori 
6,34 % ligi; bir bo‘lak ( 51 va 52 bo‘laklardagi farq) 0,21 ekanligi ko‘rinib 
turibdi. Interpolyasion jadval ( int. jad.21)dagi 0,7 ko‘rsatkich 0,15 ga 
teng. Demak, 51,7 ko‘rsatkich tadqiq qilingan qon zardobi tarkibidagi 
oqsilning miqdori foiz hisobida: 6,34+0,15=6,49 ekanligini ko‘rsatadi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling