M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-tajriba. Louri-Folin-Chokalteu uslubi yordamida oqsil miqdorini aniqlash
- Kerakli biomaterial
Ishni bajarish tartibi. Oldindan albuminning standart eritmasiga
asoslangan holda kalibrlangan egri chiziq chiziladi. Buning uchun 1 ml da 2 mg dan 10 mg gacha oqsil eritmasisga 4 ml biuret reaktivi qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi va uy havosi haroratida 30 daqiqa saqlanadi, so‘ng FEK da 540 nm to‘lqin uzunligida kolorimetrlanadi. Olingan 47 ma’lumotlardan foydalanib kalibrlangan egri chiziq grafigi chiziladi (3- rasm).Tadqiq qilinuvchi eritmalardagi oqsilning miqdorini aniqlashda ham kalibrlangan egri chiziq grafigiga asoslangan holda hisoblab topiladi. Tahlil natijalarini umumlashtirganda shu narsaga e’tiborni qaratish lozimki, aralashmada ammoniy tuzlarining bo‘lishi tahlilning aniqligiga halaqit beradi. 2-tajriba. Louri-Folin-Chokalteu uslubi yordamida oqsil miqdorini aniqlash Bu uslub aromatik aminokislotalarning Folin reaktivi yordamida peptid bog‘larning biuret reaksiyasi bilan birgalikda bo‘yalgan mahsulotlarning hosil qilishiga asoslangan. Louri metodi bo‘yicha oqsil miqdorini aniqlashning sezgirlik darajasi juda yuqori bo‘lib, namuna tarkibida 10-100 mkg oqsil bo‘lganda ham aniqlash imkonini beradi. Kerakli biomaterial:oqsilli eritma namunasi dorixonalarda sotuvda bo‘lgan albumin. Kerakli jihozlar: FEK,shtativ, probirkalar, pipetkalar. Kerakli reaktivlar:Na 2 CO 3 ning 0,1 N NaOH dagi 2 % li eritmasi (1), CuSO 4 •5H 2 O ning 1 % li natriy sitratdagi 0,5 % li (2) eritmasi. Ishchi eritmani tayyorlash uchun ( 2) reaktivini 1 ml ni(1) reaktivning 50 ml bilan aralashtiriladi. Folin-Chokalteu reaktivuini quyidagi tarzda (tayyorlash: 10 g Na 2 WoO 4 •2H 2 O va 2,5 g Na 2 MoO 4 •2H 2 O ni 250 ml li yumaloq tubli kolbaga solinadi, uni ustiga 70 ml distillangan suv qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashmaga 5 ml 85% li fosfat kislota va 10 ml konsentrlangan xlorid kislota qo‘shiladi. Kolbaga teskari sovutkichli moslamaga ulab, asbest qog‘ozli elektroplitka ustiga joylashtiriladi va 10 soat davomida qaynatiladi. So‘ng aralashmaga 15 g Li 2 SO 4 , 5 ml suv va bir tomchi brom qo‘shiladi. Aralashma sovitilib, distillangan suv yordamida hajmi 100 ml ga yetkaziladi. Hosil bo‘lgan eritma 1 Nkislota darajasidagi nordonlikka ega bo‘lgunga qadar suv qo‘shiladi(ya’ni taxminan ikki marta suv yordamida suyultiriladi). Buning uchun reaktivning nordonligi fenolftalein ishtirokida 10 marta suyultirilgan 0,1 N natriy ishqori bilan titrlanadi. Tayyorlangan 48 Folin-Chokalteu reaktivini yorug‘likdan himoyalangan idishda uzoq muddatda saqlash mumkin bo‘ladi). Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling