3-tajriba. Har xil vaqt birliklarida o‘tkazilgan gidroliz
natijalariga ko‘ra oqsillarni parchalanish darajasini aniqlash
Yuqorida keltirilganidek oqsil gidrolizining nihoyasiga yetishi
gidrolizat tarkibidagi amin va karboksil guruhlarning oshishini to‘xtashiga
bog‘liq. Buni aniqlashda biuret reaksiyasidan foydalaniladi. Bu reaksiya
natijasida oqsil ko‘k-binafsha, albumoz-pepton fragmentlar gulobi yoki
qizil ranga bo‘yalsa, erkin aminokislotalar hech qanday rangga
bo‘yalmaydi. Demak,yuqoridagi tajribalar namunalari, ya’ni:
1)
gidrolizni boshlamasdan oldingi;
2)
gidroliz boshlangandan 1 soat o‘tgandan keyingi;
3)
gidroliz boshlangandan 2 soat o‘tgandan keyingi;
4)
gidroliz boshlangandan 3 soat o‘tgandan keyingi;
5) gidroliz boshlangandan 5 soat o‘tgandan keyingi namunalar bilan
biuret reaksiyasi o‘tkaziladi.
Bu ishlarni bajargandan keyin 1, 2 va 3 –tajribalar natijalari bilvosita
yo‘l bilan o‘tkazilgan hisob-kitoblar yordamida chuqur tahlil qilinadi,
tegishli mulohazalar yuritiladi va rasmiylashtiriladi.
Tajriba natijalarini tahlil qilish va rasmiylashtirish.
Ma’lumki, azotning atom massasi 14 ga teng. Tajriba uchun
ishlatilgan ishqorning 1 litri 14 g azotga yoki 1 ml 14 mg (
1molekula
aminoguruh 1 molekula ishqorga ekvivalent) azotga mos kelishini
e’tiborga olsak, bundan 1 ml 0,005 N ishqor eritmasiga 0,07 mg azotga
mos keladi. Umuman 1, 2 va 3-tajribalar natijalari sarhisob asosida olingan
ma’lumotlar 7-jadvalda keltirilgan tarzda umumlashtiriladi va tegishli
xulosalarga kelinadi.
7-jadval.
Gidroliz jarayonida oqsillarni parchalanishi darajasini aniqlash
T/r Tajriba namunalari
Titrlash uchun
sarflangan
0,005 N NaOH
miqdori
Titr
Do'stlaringiz bilan baham: |