M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   150
Kerakli jihozlar: 100 ml hajmdagi yumaloq tubli kolba, o‘lchagich 
silindr, yumaloq tubli kolbaga mos bo‘lgan havo sovitkichi vazifasini 
bajaruvchi shisha nay o‘rnatilgan tiqin, qisqichlari bilan birgalikdagi 
shtativ, gaz gorelka yoki spirt lampa, pipetkalar, 5 ml li o‘lchov probirkasi, 
pipetkalar,mikrobyuretkalar, 
Kerakli reaktivlar:Konsentrlangan xlorid kislota va uning 1 % li 
eritmasi, 10 % va 0,005 N natriy ishqori eritmasi, 
mis sulfatning 1 % li eritmasi, pista ko‘mir, 
neytral formalin 20% li,fenolftaleinning 0,1% li 
spirtdagi eritmasi.
1-tajriba. Oqsilni kislotali gidrolizlash 
 
Ishni bajarish tartibi. Yumaloq tubli 
kolbaga oqsil (tuxum, bug‘doy, sut) eritmasidan 
20 ml va konsentrlangan xlorid kislotadan 5 ml 
(zichligi 1,19 bo‘lgan) qo‘shib, kolba sovitgich 
vazifasini bajaruvchi uzun shisha nay bilan 
birlashtiriladi va asbest to‘rli shtativga o‘rnatiladi 
(8-rasm).
Kolbadagi 
aralashma 
mo‘rili 
shkafga 
joylashtirilib, qaynatish yo‘li bilan gidroliz o‘tkaziladi. Gidroliz jarayonini 
to‘liq amalga oshishi uchun yetarlicha vaqt talab qilinadi.Gidrolizni ketish 
jadalligini kuzatish uchun oqsilning parchalanish darajasiga mos holda 
oraliq 
parchalanish 
mahsulotlari 
tarkibidagi 
karboksil 
va 
aminoguruhlarning miqdorini oshishiga e’tiborni qaratiladi.
Bunda kislotali gidroliz natijasida peptid va aminokislota fragmentlari 
hosil bo‘libgina qolmay, balki ulardan tashqari ammiak, vodorod sulfid
gidrolizning bo‘yalgan mahsulotlari, gumin moddalar va boshqalar ham 
hosil bo‘ladi. Shu bois, gidrolizatdan ma’lum vaqt birligida (1,2,5 va x.k. 
soatlar o‘tgandan keyin) 5 ml dan ajratib olib, pista ko‘mir bilan ishlov 


59 
beriladi, keraksiz mahsulotlar adsorbsiyalaniadi va eritma filtrlangandan 
keyin ishqoriy eritma va indikator (fenolftalein) yordamida neytrallanadi. 
Aminokislotalarning karboksil guruhlarini titrlash yo‘li bilan aniqlab, 
bu miqdor aminoguruhlarga ekvivalentligini e’tiborga olib bir yo‘la 
aminoguruhlar miqdorini ham baholash mumkin bo‘ladi. Oqsil 
gidrolizining nihoyaga yetishi gidrolizatdagi amin va karboksil guruhlari 
miqdorini oshib borishini to‘xtashi va biuret reaksiyasini ijobiy bo‘lmay 
qolganiga qarab aniqlanadi. Gidrolizning har xil bosqichlaridagi 
jarayonlarni kuzatish va baholash uchun 2- tajriba o‘tkaziladi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling