M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
- ish. Adamkevich va Gopkins–Kol reaksiyasi
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli biomaterialar
19- ish. Adamkevich va Gopkins–Kol reaksiyasi
Bu reaksiya triptofanning glioksil kislota bilan o‘zaro ta’sirlanishi asosida yuz beradi va bunda ikki molekula triptofan glioksil kislota bilan kondensatsiyalanib qizil – binafsha rangli birikmaga aylanadi. Odatda konsentrlangan sirka kislota tarkibida hamisha glioksil kislota bo‘ladi. 39 Adamkyevich reaksiyasi indol halqasi uchun xos bo‘lib, bu halqa esa faqat triptofan aminokislotasida uchraydi. Reaksiya jarayonidaoqsillar va polipeptidlar tarkibidagi triptofan aminokislotasi konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida gidrolizlangandan so‘ng glioqsil kislota bilan reaksiyaga kirishi natijasida kondensatsiyalanib kompleks birikma hosil qiladi. Bu reaksiyani oxirida aralashma qizg‘ ish-binafsha rangga bo‘yaladi. Reaksiya mexanizmini quyidagi tenglama asosida ifodalash mumkin: Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan rangning jadallik darajasi oqsil tarkibidagi triptofanning miqdoriga bog‘liq. Kerakli biomaterialar:tuxum oqsili, bug‘doy oqsili, 1% li jelatina eritmasi, 0,05 % li triptofan eritmasi, sut oqsili eritmasi. Kerakli jihozlar:shtativ, probirkalar, pipetkalar, spirt lampa yoki suv hammomi. Kerakli reaktivlar:muz sirka kislota,sulfat kislota. Ishni bajarish tartibi.5 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi 1% li tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi 1 % li bug‘doy oqsili, uchinchisiga 5 tomchi jelatina, to‘rtinchisiga 5 tomchi 0,05% li triptofan eritmasi, beshinchisiga 5 tomchi sut oqsili eritmasidan tomiziladi, ularning har biriga 5 tomchidan muzsirka kislota qo‘shiladi. Probirkalardagi suyuqliklar sekin-asta qizdiriladi, so‘ngra sovitilgach, ohistalik bilan probirkalarning devorlari bo‘ylab 10 tomchidan konsentrlangan sulfat kislota tomiziladi. Biroz turgandan keyin 1-, 2-, 4 va 5-probirkalarda 2 qavat suyuqlik chegarasida qizg‘ish-binafsha rang paydo bo‘ladi. Agar probirkalar qaynab turgan suv hammomiga quyilsa, rangning rivojlanishi tezlashadi. Jelatina molekulasida triptofan bo‘lmaganligi uchun uchinchi probirkada rang paydo bo‘lmaydi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling