M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


 -mavzu. Oqsillarni dializ qilish va ularning izoelektirik


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   150
5 -mavzu. Oqsillarni dializ qilish va ularning izoelektirik 
nuqtalarini aniqlash 
Dializ.Oqsillarni neytral tuzlar eritmalari va organik moddalar 
yordamida cho‘ktirish, xromatografiya va elektroforez usullarida tozalash 
jarayonlarida xilma xil anorganik moddalardan foydalanilgani uchun oqsil 
preparati past molekulali chiqindi moddalar bilan aralashma holda bo‘ladi. 
Oqsillarni bu chiqindilardan, ayniqsa tuzlarning ionlaridan to‘liq tozalash 
uchun 
kristallizatsiyalash, 
ultrafiltratsiyalash, 
dializlash 
va 
elektrodializlash uslublaridan foydalanish lozim bo‘ladi. 
Ma’lumki, oqsil eritmalari kolloid eritmalar jumlasiga kiradi. Yuqori 
molekular birikmalarning kolloid eritmalarini past molekulali moddalardan 
tozalash dializ deb ataladi. Kolloid zarrachalar yarim o‘tkazgich parda 
(hayvon vao‘simlik membranalari, kollodiy, sellofan) orqali o‘tmaydi. 
Tuzlar, qand va boshqa quyi molekulyar birikmalar esa membrana orqali 
osongina o‘ta oladi. Shunga asoslanib yuqori molekular moddalar, xususan 
oqsil eritmalari kollodiy yoki sellofan xaltachaga quyilib distillangan suvli 
idishga solinsa yoki vodoprovod suvi oqimiga joylashtirilsa, eritma 
tarkibidagi tuz va boshqa past molekulali moddalar yuvilib chiqib ketadi, 
oqsil esa xaltacha ichida qoladi. Dializ o‘tkaziladigan idishning ikki 
tomoniga elektrodlar (katod va anod) joylashtirilsa dializ jadallashadi. 
Dializning shu yo’sinda o‘tkazilishi elektrodializ deyiladi. Dializ usuli 
klinikalarda va ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida oqsillarni eritmalaridan 
ular bilan aralashgan turli kristalloidlardan tozalashda qo‘llaniladi. 
Oqsillarning izoelektrik nuqtasi.Oqsillar suvli eritmalarda kolloid 
eritmalar hosil qiladi va ma’lum zaryadga (musbat yoki manfiy) ega 
bo‘ladi. Kolloid zarrachaning zaryadi oqsillarning aminokislota tarkibiga
undagi ionogen guruhlarning miqdori va nisbatiga bog‘liq. Izoelektrik 
nuqtada oqsil kolloidi zarrachalarini musbat va manfiy zaryadlari o‘zaro 
teng, ya’ni elektroneytral bo‘lib, amfoterlik xossasini namoyon qiladi, 
hamda elektr maydonida harakatlanmaydi. Oqsillarning aminokislota 
tarkibini bilgan holda, ularning izoelektrik nuqtalari(pH belgilanadi) 
haqida dastlabki xulosaga kelish mumkin bo‘ladi. Oqsillar turli darajadagi 
pH muhitlarida izoelektrik holatga o‘tadi, ya’ni ularningdissotsilangan 
musbat va manfiy zaryadli funksional guruhlarining soni tenglashib, 


42 
kolloid zarrachaning umumiy zaryadi nolga teng bo‘lib qoladi. Ko‘p 
oqsillarning izoelektrik nuqtalari pH ning 5,5 dan 7,0 gacha chegarasida 
bo‘ladi va bu narsa o‘z navbatida tabiiy oqsillar tarkibida nordon amino 
kislota(asparagin va glutamin)larning ko‘proq uchrashidan dalolat beradi. 
Lekin tabiatda izoelektrik nuqtasi bu pH chegarasidan ancha farqlanuvchi 
oqsillar ham uchraydi. Bu oqsillar jumlasiga izoelektrik nuqtasi, ya’ni pH 
=1,0 bo‘lgan pepsinni va pH=12,0 bo‘lgan salminni misol sifatida keltirish 
mumkin bo‘ladi. Izoelektrik nuqtada oqsillar eritmadagi barqarorligini 
yo‘qotadi va osongina cho‘kmaga tushadi. Ko‘p jihatdan oqsillarning 
izoelektrik nuqtalari eritmada tuz ionlarining mavjudligiga va shu bilan 
birgalikda uning ko‘rsatkichi oqsillarning konsentratsiyasiga ham bog‘liq 
bo‘ladi. Izoelektrik nuqtada oqsil eritmasiga ozgina miqdorda suv tortib 
oluvchi yoki boshqa cho‘ktiruvchi modda qo‘shilsa, oqsil tezda suv 
qobig‘ini yuqotib eritmada batamom cho‘kadi.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling