M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishni bajarish tartibi. Ikkita probirka olib ularning har biriga 5
tomchidan 1 % li tuxum oqsili, iikinchisiga bug‘doy oqsilidanva ularning har biriga 20-25 tomchidan 96% li spirt yoki aseton qo‘shiladi, eritmalar loyqalanadi. Ularning ustiga 1 tomchidan NaOH ning to‘yingan eritmasidan qo‘shiladi. Biroz turgach oqsilcho‘kmaga tushadi. 30 O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 1. Oqsillarni cho‘ktirish reaksiyalari nimaga bog‘liq? 2. Oqsillarni cho‘kmaga tushirish mexanizmi nimaga bog‘liq? 3. Qanday harorat sharoitlarida oqsillarni cho‘ktirish mumkin? 4. Oqsillarni cho‘ktirish qanday usulda amalga oshiriladi ? 5. Oqsillar qanday eritmada cho‘kmaga tushmaydi ? 6. Oqsillarni alkaloid reaktivlar bilan cho‘ktirish qanday guruhlarga soslangan? 7. Denaturatsiya nima? 8. Renaturatsiyachi? 9. Oqsillarning qaytar va qaytmas cho‘ktirilishi nimaga bog‘liq? 10. Oqsillarni cho‘ktirish reaksiyalaridan nimada foydalaniladi? 11. Oqsillarni tasniflanishi. 12.Oddiy oqsillarga qaysi oqsillar kiradi? 13.Murakkab oqsillargachi? 14. Oqsillarni cho‘ktirish reaksiyalarida qaysi neytral tuzlardan foydalaniladi? 15. Oqsillarni cho‘ktirishda qaysi organik kislotalardan foydalaniladi? 4-mavzu. Oqsillarga xos rangli reaksiyalar Oqsillarga xos rangli reaksiyalar, bu moddalarning molekular tuzilishini turli tumanligi va ularning tarkibiga kirgan aminokislotalarning xossalariga bog‘liqdir. Aminokislotalar atsillanish, alkillanish, nitrollanish, eterifikasiya va boshqa xil reaksiyalarga kirishadi. Hamma aminokislotalar ningidrin bilan reaksiyaga kirishishi natijasida ko‘k-binafsha rangga bo‘yaladi. Ularni miqdoriy ko‘rsatkichini kimyoviy usulda aniqlash ham, avtomatik analizator yordamida aniqlash ham shu reaksiyaga asoslangan. Bundan tashqari alohida olingan aminokislotalar har xil sifatiy reaksiyalarni namoyon qiladi, masalan, tirozin nitrit kislota ishtirokida simob nitrat tuzi bilan qizil rangga bo‘yaladi(Millon reaksiyasi), fenilalanin va tirozinlar konsentrlangan nitrat kislota ishtirokida sariq rang hosil qiladi (Ksantoprotein reaksiyasi), triptofan glioksil kislota ishtirokida sulfat kislota bilan ta’sirlanib ko‘k- binafsha rangga bo‘yaladi (Gopkins - Kol va Adamkevich reaksiyasi), arginin alfa-naftol va natriy gipoxlorit bilan ta’sirlanib qizil rang hosil qiladi (Sakaguchi reaksiyasi), sistein natriy nitroprussid va 1,3-naftoxinon-4-sulfonat natriylar bilan qizil rangga bo‘yaladi(Mak-Karti va Sallivan reaksiyalari), gistidin va tirozinlar ishqoriy muhitda diazotlangan sulfon kislotasi bilan ta’sirlanib qizil rangga 31 bo‘yaladi (Pauli reaksiyasi), sistein yoki sistin ishqoriy muhitda qo‘rg‘oshin asetat bilan reaksiyaga kirishib qora rangga bo‘yaladi (Fol reaksiyasi), tirozin fosfomolibdenovolframat kislotasini natriyli tuzi bilan reaksiyaga kirib ko‘k rang hosil qiladi (Folina – Chiokalteu reaksiyasi). Bu reaksiyalar oqsil tarkibidagi turli xil aminokislotalar, spesifik funksional guruhlar yoki peptid bog‘larning xossalariga asoslangan. Bir qancha kimyoviy moddalar oqsilga ta’sir etganda reaksiya mahsuloti sifatida turli rangli birikmalar hosil qiladi. Xuddi shu reaksiyalar asosida oqsillar va ularning tarkibidagi aminokislotalarni sifat va miqdor jihatdan aniqlash usullari ishlab chiqilgan. Rangli reaksiyalar tabiatiga ko‘ra ikki xil: universal va o‘ziga xos rangli reaksiyalarga bo‘linadi. Birinchi turdagi reaksiyalar hamma oqsillar uchun (biuret va ningidrin) xos bo‘lib, ikkinchi xili esa oqsil molekulasida u yoki bu xil aminokislota qoldiqlari borligini aniqlashga (Ksantoprotein, Millon, Fol, Sakaguchi, Pauli, Gopkinsa–Koll va Adamkevich reaksiyalari va boshqalar) qaratilgan. Aminokislotalarni biologik suyuqliklar yoki tuzilma ekstratlarida o‘ziga xos reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin. Rangli reaksiyalarni amalga oshirishda tuxum oqsili, jelatina eritmalari, bir necha marta suyultirilgan qon zardobi, turli hayvon va o‘simlik to‘qimalari ekstraktlari, shuningdek yuqorida oqsillarni ajratib olishga oid darsda tayyorlangan oqsilli materiallardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling