M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-mavzu. Oqsillarni cho‘ktirish reaksiyalari
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
23 1. Tirik organizmlarda oqsillar qanday funksiyalarni bajaradi? 2. Oqsillar qanday tasniflanadi? 3. Qanday oqsillarga oddiy oqsillar deyiladi? 4. Oddiy oqsillarga qaysi oqsillar kiradi? 5. Qanday oqsillarga murakkab oqsillar deyiladi? 6. Murakkab oqsillarni qisqacha tavsiflang. 7. Oqsillarning amfoterligi nima? 8. Oqsillarning izoelektrik nuqtasi nima? 9. Qaysi muskul oqsili suvda erimaydi ? 10. Sut tarkibida qaysi oqsil eng ko‘p uchraydi ? 11. Mushak oqsillarini qanday ajratib olinadi? 12. Sut kazeini, albumini va globulinini qanday ajratiladi? 13. Bug‘doy (arpa,suli) oqsillarini qanday ajratiladi? 14. Oqsillarni eruvchanligi qanday? 3-mavzu. Oqsillarni cho‘ktirish reaksiyalari Oqsil eritmalari yuqorida keltirilganidek kolloid eritma bo‘lganligi sababli ularni ma’lum sharoitlarda cho‘ktirish yo‘li bilan bor-yo‘qligini aniqlash va toza holda ajratib olish mumkin bo‘ladi. Oqsillarni cho‘ktirishning xilma xil reaksiyalari mavjud. Bu reaksiyalarni yuqori haroratda qaynatish yo‘li bilan va xona xarorati sharoitida o‘tkazish mumkin. Cho‘ktirish reaksiyalari foydalaniladigan cho‘ktirish usullariga qarab qaytar va qaytmas reaksiyalar bo‘ladi. Qaytar cho‘ktirish reaksiyalarida oqsillar tuzilishi jihatidan chuqur o‘zgarishlarga duch kelmaydi va hosil bo‘lgan cho‘kma dastlabki suvli erituvchida eriydi. Oqsillar bunda o‘zlarining dastlabki tabiiy tuzilishini saqlaydi va denaturatsiyaga uchramaydi. Qaytmas tavsifli cho‘ktirish reaksiyalarida oqsil chuqur o‘zgarishlarga duch keladi. Bunda hosil bo‘lgan oqsil cho‘kmasi dastlabki erituvchida erish qobiliyatini yo‘qotadi, ya’ni denaturasiyaga uchraydi. Denaturatsiyaga uchragan oqsil shunday o‘zgarishlarga duch keladiki, bunda u o‘zining biologik va fizik-kimyoviy xossalarini va gidrofilligini yo‘qotadi. Qaytmas cho‘ktirish reaksiyalarini qaynatish va har xil cho‘ktiruvchi moddalar (anorganik va organik kislotalar va og‘ir metal tuzlari) dan foydalanish asosida amalga oshirish mumkin. Oqsillarning qaytar cho‘ktirish reaksiyalarini neytral tuzlar: NaCl, (NH 4 ) 2 SO 4 , MgSO 4 va boshqalardan foydalangan holda amalga oshirish mumkin. Tuz yordamida oqsillarni cho‘ktirishdan juda keng foydalaniladi. Shu yo‘l bilan ularni fraksiyalarini bir biridan ajratish 24 imkoniyati mavjud. Xususan, albuminlar va globulinlarni shu yo‘l bilan bir biridan ajratiladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling