M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


- ish. Tuxum oqsilidan albuminva globulinni ajratish


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   150
3- ish. Tuxum oqsilidan albuminva globulinni ajratish 
Tuxum tarkibidagi oqsilning 70% ini albumin tashkil qiladi. 
Albuminni globulindan ajratish uchun tuxum oqsili olinib, unga 
distillangan suv qo‘shish yo‘li bilan 10% li konsentrasiyaga ega bo‘lgunga 
qadar suyultiriladi. Odatda globulinlar kuchsiz tuzli eritmada yaxshi eriydi, 
suv qo‘shib o‘ta suyultirilganda esa, ular cho‘kmaga tushadi. Albumin va 
globulinlarning shu xususiyatlaridan foydalanib, ularni bir biridan ajratib 
olinadi. Buning uchun yuqoridagi tartibda tayyorlangan tuxum oqsilini 10 
% li eritmasini sentrifugalanadi yoki filtrlanadi. 
Kerakli biomaterial:tuxum oqsili. 
Kerakli jihozlar:100 va 500 ml kimyoviy stakan, 250 va 500 ml 
silindrlar, kolba, voronka, shisha tayoqcha, filtr qog‘ozi, sentrifuga, 
sentrifuga probirkalari. 
Kerakli reaktivlar: distillangan suv, fiziologik eritma (0,9% NaCl). 
Ishni bajarish tartibi.Tuxum qobig‘ining ikki tomonidan teshikcha 
ochib, uning oqsili 500 ml li o‘lchov silindriga o‘tkaziladi va ustiga 
distillangan suv solib, shisha tayoqcha bilan aralashtirgan holda hajmi 300 
ml ga yetkaziladi. Aralashma 30 daqiqa davomida xona xaroratida 
qoldiriladi. Bu muddat oralig‘ida idishning tubida globulinlarning 
cho‘kmasi paydo bo‘ladi. Eritma filtr qog‘ozidan o‘tkazilganda filtr 
qog‘ozda globulin, filtratda esa, albumin bo‘ladi. Aralashmani 
sentrifugalaganda cho‘kmaga globulin tushadi, supernatantga esa, albumin 


20 
o‘tadi. Filtr qog‘ozdagi globulinni shpatel bilan boshqa idishga ko‘chirib 
olinadi va fiziologik eritmada eritiladi, sentrifuga probirkasidagi globulin 
oqsili cho‘kmasini ham fiziologik eritmada eritiladi. Filtratdagi va 
sentrifugatdagi 
aralashmalar 
tuxum 
oqsilini 
albumin 
fraksiyasi 
hisoblanadi. Ularni har birini alohida idishlarga solib «Tuxum globulini» 
va «Tuxum albumini» deb belgilanadi hamda oqsillarga xos keyingi 
reaksiyalarni o‘tkazishda ishlatish uchun olib qo‘yiladi.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling