M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   150
tabiiy peptidlar- keyingi paytda qator maxsus funksiyalarni 
bajaruvchi past molekulali peptidlar o‘rganildi. 
Ular o‘zlarining biologik faolliklari, ta’sir etish tavsiflari va kelib 
chiqishiga 
bog‘liqholda
to‘rt guruhga bo‘linadi: 
1. Gormonal faollikka ega bo‘lgan peptidlar (vazopressin,oksitosin, 
kortikotpropin, glukagon, kalsitonin, melanostimullovchi gormon (MSG) 
gipotalamusning- rilizing omili. 
2. Ovqat hazmi jarayonida ishtirok etuvchi peptidlar (gastrin, 
sekretin) 
3. Qon zardobini α
2
- globulin fraksiyasi asos bo‘libxizmat qiluvchi 
peptidlar (angiotenzin, bradikinin va kallidin).


14 
4. Neyropeptidlar. 
Gidrolizlanganda aminokislotalar va
ularga qo‘shimcha ravishda 
boshqa nooqsil tabiatli moddalarni ham hosil qiluvchi makromolekulalarga 
murakkab oqsillar deyiladi. Ularga quyidagi oqsillarni kiritish mumkin. 
Xromoproteinlar-tarkibida aminokislotalardan tashqari nooqsil 
tabiatli modda sifatida bo‘yoq moddalarini tutuvchi murakkab oqsillar 
hisoblanib, ular gemprotein (nooqsil guruh sifatida tarkbida temir 
tutuvchi)lar, magniy-porfirinlar va flavoprotein (izoalloksazin hosilalari 
tutuvchi)larga bo‘linadi. Xromoproteinlarning vakili sifatida hayvonlarda 
gemoglobin, mioglobinni, o‘simliklarda-xlorofillni keltirib o‘tish mumkin. 
Murakkab oqsillarning bu vakillarini nafas olish va fotosintez 
jarayonlaridagi ahamiyati ma’lum. 
Nukleoproteinlar-oqsillar va nuklein kislota qoldiqlaridan tashkil 
topgan makromolekulalar hisoblanadi. Bu murakkab oqsillar tarkibiga 
kirgan nuklein kislotalarning xiliga qarab dezoksiribonukleoprotein (DNP) 
lar va ribonukleoprotein (RNP) larga bo‘linadi. Bu oqsillar hujayraning 
yadrosi va protoplazmasida mavjud bo‘lib, irsiy axborotni saqlanishi 
ko‘chirilish va realizatsiyasi, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish jarayonlarini 
sodir 
bo‘lishini ta’minlaydi.
Lipoproteinlar-oqsillar va lipidlarning kompleksidan hosil bo‘lgan 
makromolekulalar hisoblanadi. Ular tirik organizmning barcha to‘qima va 
hujayralarida uchraydi, ayniqsa nerv to‘qimasidako‘p bo‘ladi. Bu 
oqsillarning funksiyalari ham xilma xil bo‘lib, lipidlarni organizm bo‘ylab 
tashilishidan tortib, to hujayralar va ularning organellalarini membranalari 
tuzilmasini hosil qilishgacha bo‘lgan funksiyalarni bajaradi. 
Glikoproteinlar-oqsillarning karbonsuvlar va ularning hosilalari bilan 
birikishidan hosil bo‘lgan makromolekulalar hisoblanadi. Ular jumlasiga 
biriktiruvchi to‘qimani asosi hisoblangan- xondroitin sulfat kislota
gialuron kislota, interferonlar va qon zardobi tarkibida uchrovchi 
glikoproteinlarni kiritish mumkin. Bu murakkab oqsillarning funksiyalari 
ham xilma xildir. 
Fosfoproteinlar-oqsil molekulasidagi β - oksi aminokislota(asosan 
serin, kamdan kam holatlarda treonin) larga fosfat kislota qoldig‘i
birikishidan hosil bo‘lgan murakkab oqsillar hisoblanadi. Bu oqsillar 
o‘suvchi organizmlar uchun zahira oziqa vazifasini bajaradi. Ularning 
vakillari sifatida kazeinogen (sut), ovovitellin (tuxum), ixtullin (baliq)larni 
keltirish mumkin.


15 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling