M. G’aniyev O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami Kirish


Download 118.32 Kb.
bet6/15
Sana07.05.2023
Hajmi118.32 Kb.
#1439746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1672287661 O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami

8-9-mavzular. Turk xoqonligi.

1. Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat qachon vujudga keldi?


A) V asr oxirida B) VI asr boshlari C) VI asr o`rtalarida D) VI asr oxirida
2. Turk xoqonligining markazi ...
A) Oltoy B) Yettisuv C) Janubiy Sibir D) Shimoliy Xitoy
3. Turk xoqonligi asoschisi kim?
A) Istami B) El Arslon C) To`ng yabg`u D) Bumin
4. Qaysi turk xoqoniga “Yabg`u xoqon” degan nom beriladi?
A) El Arslon B) Istami C) To`ng yabg`u D) Qoracho`rin
5. VI asrda Sirdaryo va Orol dengizi bo`ylarigacha cho`zilgan keng o`lka Turk xoqonligining hududlari bo`lgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
6. Eftaliylar o`z davlatlarining shimoliy hududlarini mudofaa qilish bilan band bo`lgan bir paytda sosoniylar eftaliylar davlatining janubiy o`lkalarini ulardan tortib oladi. Bu hududlarni toping.
A) So`g`d va Chog`aniyon C) Balx va Chog`aniyon
B) Toxariston va Chog`aniyon D) Termiz va Toxariston
7. Janubda Eron sosoniylaridan, shimolda esa Turk xoqonligidan zarbaga uchragan eftaliylar davlati parchalanib, uning hududlari sosoniylar va Turk xoqonligi tomonidan egallab olinadi.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
8. Turk so`zining ma`nosi nima?
A) baquvvat B) barkamol C) odillik D) A,B,C javoblar to`g`ri
9. Turk xoqonligining ikkiga bo`linib ketishi omillarini toping.
1) bo`ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibi xoqonlikni tobora zaiflashtirgan; 2) xoqonlarnig boshqaruvchilik salohiyatining yo`qligi;
3) Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat xoqonlikning ahvolini yanada og`irlashtirgan; 4) xoqonlik ma`muriyati o`zaro kelisha olmasligi.
A) 1,3 B) 1,4 C) 2,4 D) 1,2
10. Turk xoqonligi qachon ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va G`arbiy turk xoqonligiga bo`linib ketadi?
A) V asr oxirida C) V asr 70-yillari boshi
B) VI asr boshida D) VI asr 80-yillari oxiri
11. Turk xoqonligi o`z davlat mafkurasiga ko`ra “el” deb atalib, qadimgi tarixda u bilan bo`g`liq “mangu el”, “Tangri (ilohiy) el”, “turk eli” kabi iboralar shakllangan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
12. Turk xoqoni Bumin mansub bo`lgan xonadon bu-...
A) turkiylar xonadoni C) Sosoniylar xonadoni
B) Ashina xonadoni D) mangu el xonadoni.
13. Turk xoqonligida el va xoqon hokimiyatining Tangri tomonidan Ashina xonadoniga “Turk budun (xalqi)” ga in`om qilinganiga ishonilgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
14. Turk xoqonligida Ashina xonadoni hokimiyati ilohiylashtirilgan. Agar tangri bergan siyosiy hokimiyat ishonchni oqlamasa, ya`ni o`z iqtidorini ko`rsata olmasa, unday hukmdor hokimiyatdan uzoqlashtirilib, “Tangri bergan siyosiy hokimiyat yana tangri tomonidan qaytarib olinadi” deb tushunilgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
15. Moslashtiring.
1) Sharqiy Turk xoqonligi; 2) G`arbiy Turk xoqonligi
a) Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari hamda ularga tutashgan hududni o`z ichiga olgan; b) Janubiy Sibir, Urxun havzasi (Mo`g`uliston), Shimoliy Xitoy hududlarini o`z ichiga olgan. c) poytaxti Yettisuv bo`lgan; d) poytaxti O`tukan vodiysi bo`lgan.
A) 1-a,c. 2-b,d B) 1-b,d, 2-a,c C) 1-a,d, 2-b-c D) 1-a,b,d, 2-c
16. Turk xoqonligida turkiy tilda so`zlashuvchi qabilalar ittifoqi xoqonlik asosini tashkil etar edi. Bu ittifoq kim tomonidan boshqarilgan?
A) tudun B) mahalliy hokimliklar C) xoqon D) xoqonlik noiblari
17. Turk xoqonligida o`n ming suvoriyga ega bo`lgan tuman boshi qanday atalgan?
A) budun B) yabg`u C) qora budun D) shod
18. O`n o`q el sardori bir tuman (ya`ni ming) suvoriyga ega bo`lgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
19. Turk xoqonligiga ko`chmanchi chorvador aholi qanday nom bilan atalgan?
A) budun B) yabg`u C) qora budun D) A va C javob to`g`ri
20. Quyida nomlari keltirilgan o`rta asr davlatlaridan qaysi birida hokimiyat urug`-aymoqchilik udumlariga tayangan harbiy-ma`muriy boshqaruvga asoslangan edi?
A) Xioniylar davlati C) Eftaliylar davlati
B) Kidariylar davlati D) Turk xoqonligi
21. Turk xoqonligida yabg`u darajasiga faqat xoqon urug`iga qon-qarindosh bo`lganlargina ko`tarilgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
22. Turl xoqonligida o`n o`q budun yoki elning hokimi qanday atalgan?
A) “yabg`u” B) “shod” C) “jabg`u” D) A va C javob to`g`ri
23. Turk xoqonligi eng kuchaygan davrda ... bo`lgan hududni egallagan.
1) Oxota dengizidan Qrim yarimoroligacha; 2) Sibirdan Shimoliy Kavkazgacha; 3) Sibirdan Hindistongacha; 4) Kaspiy dengizidan Qrim yarimoroligacha.
A)1,3 B) 2,4 C) 1,3 D)1,2
24. “Qovunchi madaniyati” hozirgi qaysi hududga to`g`ri keladi?
A) Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani hududiga
B) Jizzax viloyati Forish tumani hududiga
C) Toshkent viloyati Yangiyo`l shahri hududiga
D) Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani huddudiga
25. “Qovunchi madaniyati” ning xronologik jihatdan qaysi tarixiy davrga tegishli ekanliligini keltirilgan manbalarning qay biridan aniqlash mumkin?
A) A.Asqarov “O`zbek xalqining kelib chiqish tarixi”
B) M.Lafasov “O`zbek xalqining kelib chiqish tarixi
C) B.Ahmedov “O`zbekiston tarixi manbalari”
D) Sh.Ergashev “Erk istaydi ko`ngil”
26. Ustiga tosh uyilgan va yer ostidagi maxsus qabr bu-...
A) ossuariy B) ostadon C) katakomba D) katapulta
27. Tangrichilik ta`limotiga oid ma`lumotlar qatorini toping.
1) Tangri-bu moviy osmon, buyuk osmon sohibi; 2) Tangrining doimiy makoni dengizda; 3) ko`k rang ilohiy buyuklik ramzi hisoblanagan; 4) Tangrining doimiy makoni osmondir: 5) Tangrichilikda diniy ramz to`rt tomoni teng bo`lgan salb-”adji” hisoblangan.Shundan kelib chiqib, turkiylar uni peshanalariga taqib yurganlar.
A) 1,3,4,5 B) 1,2,3,4,5,6 C) 1,4,5,6 D) 1,2,3,4
28.Turk xoqonligida davlat faqat urf-odatlar bilan emas, balki yozma qonunchilik hujjatlari bilan ham boshqarilgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
29. Turk xoqonligi davrida qaysi hududda “Turk qonunnomasi” amalda bo`lib, u ibodatxonada saqlangan?
A) Buxoro B) Termiz C) Farg`ona D) Samarqand
30. Turk xoqonligi davrida qadimgi So`g`dda ham oldi-sotdi, nikohni qayd etishga oid shartnomalar guvohlar o`rtasida yozma shaklda tuzilib, muhr bilan tasdiqlangan.
A) to`g`ri b) noto`g`ri
31. Buddaning bahaybat haykallari topilgan hudud to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping.
A) Farg`ona vodiysidagi Quva C) Termiz hududidan
B) Qo`rg`ontepa yaqinidagi Ajinatepa D) A va B javoblar to`g`ri
32. Bu davrga oid quyidagi yodgorliklardan qay birida Tangri yagona, azaliy, abadiy, hayot beruvchi, yaratuvchi, o`ldiruvchi, hukm qiluvchi, yordam beruvchi, jazolovchi, bandaning duosini qabul qiluvchi, himoya qiluvchi, marhamatiga oluvchi, hamma narsani biluvchi, insonlarga ilm beruvchi va yo`l ko`rsatuvchi kabi sifatlar bilan maqtalgan?
A) Kultegin yodgorliklari bitiklarida C) Urxun-Yenisey yodgorliklari bitiklarida
B) Bilga xoqon yodgorliklari bitiklarida D) barcha javoblar to`g`ri
33. Moslashtiring.
a) zardushtiylik; b) shomonlik; c) moniylik
1) Olamning ibtidosi ikki qarama-qarshi yaratuvchi-yorug`lik va ezgulik hamda zulmat va yovuzlikdan iborat deb hisoblangan. ibodat, ro`za, sadaqa bu dinning arkoni hisoblangan; 2) ezgu amal, ezgu fikr, ezgu so`z; 3) bu din jon va ruhlarga, ota-bobolar ruhiga sig`inish e`tiqodini tarbiyalagan. Qadimgi turklarda bu so`z bo`lmagani sababli o`z dinlarini “qam” deb yuritganlar.
A) a-2, b-3, c-1 B) a-1, b-2, c-3 C) a-3, b-2, c-1 D) a-2, b-2, c-1,3
34. Turk xoqonligidagi diniy e`tiqodlar to`g`ri berilgan qatorni toping.
1) Tangrichilik; 2) Shomonlik; 3) Zardushtiylik; 4) Buddaviylik; 5) Nasroniylik; 6) Moniylik
A) 1,3,5 B) 1,2,5 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,4,5
35. Turk xoqonligining mafkuraviy asosi shomonlik-ajdodlarga, Osmonga (Tangri) va yer-suvga sig`inish bo`lgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
36. Turkiylarda qadimda bo`ri ilohiylashtirilgan va ko`plab nishonlarida bo`ri tasviri mavjud bo`lgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri



Download 118.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling