M. G’aniyev O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami Kirish
-15-mavzular. Turon xalqlarining harbiy san`ati
Download 118.32 Kb.
|
1672287661 O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami
14-15-mavzular. Turon xalqlarining harbiy san`ati
1. “Turon” atamasi dastlab qaysi tarixiy manbada tilga olingan? A) Behistun bitiklarida C) Urxun-yenisey bitiklarida B) “Avesto”da D) Xitoy manbalarida 2. Tarixchilar fikricha turklar oriy xalqlarining tarmog`i hisoblangan. VI asrda O`rta Osiyo hududi Turk xoqonligiga o`tishi bilan bu ikki atama uyg`unlashib, Turon nomi turklarga nisbatan beriladigan bo`ldi. A) to`g`ri B) noto`g`ri 3. Movarounnahr ahlining e`tiqodicha, Jayhun orqasidan Sharqqa qarab cho`zilgan yerlar Turon, G`arbga tomon cho`zilgan yerlar esa Eron deb atalishi, Kaykovus va Afrosiyob bu mamlakatlarni o`zaro taqsim qilganlarida Turon Afrosiyobga, Eron esa Kaykobod o`g`li Kaykovusga tekkanligi haqidagi ma`lumotlarni kim beradi? A) Ibn Xaldun C) A.Asqarov B) Nasaviy D) Ibn Arabshoh 4. “Turon” yoki “Turkiston” deyilgan hududni chegaralang. A) Amudaryo va Sirdaryodan shimolda, to G`arbdagi Buyuk Xitoy devorigacha bo`1gan turkiylar mamlakatlari B) Amudaryo va Sirdaryodan shimolda, to Sharqdagi Buyuk Xitoy devorigacha bo`1gan turkiylar mamlakatlari C) Kaspiy dengizi shimolidan Amudaryo va Sirdaryodan shimolda, to G`arbdagi Buyuk Xitoy devorigacha bo`1gan mamlakatlar D) Orol dengizi va Sirdaryodan shimolda, to G`arbdagi Buyuk Xitoy devorigacha bo`1gan turkiylar mamlakatlari 5. Moslashtiring. 1) Sosoniy-forslar; 2) xitoyliklar; 3) yunonlar; 4) turklar a) harbiy ishda ustun bo`lganlar; b) hunarmandchilikda ustun bo`lganlar; c) davlatni boshqarish sohasida ustun bo`lganlar; d) ilm-fanda ustun bo`lganlar; A) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c C) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a D) 1-cd 2-b, 3-c, 4-a 6. Turkiyalik olim Usmon Turonning “Turkiy xalqlar mafkurasi” nomli kitobida keltirilishicha , turkiylar ... 1) birinchi bo`lib otdan jang vositasi sifatida foydalanganlar; 2) hindlar turklardan ot minishni, uzun qilichdan foydalanishni va jangovar kiyim yasashni o`rganib olganlar; 3) egar-jabduq, uzangi va tizgin kabi anjomlarni kashf etganlar; 4) chinliklar turklardan ot minishni, uzun qilichdan foydalanishni va jangovar kiyim yasashni o`rganib olganlar; 5) chodir-hammom va kasalxonalar kashf etib, ularni qo`shin bilan birga otda olib yurishgan; 6) turklar umrlarini ot ustida kechirganlar, ot ustida ovqatlanishar, mashvarat o`tkazishar, nihoyat jangu-jadal qilishardi; 7) chodir-hammom va kasalxona, ko`chma savdo do`konlar kashf etib, ularni qo`shin bilan birga otda olib yurishgan; 7) dovuldek paydo bo`lib, qush kabi bir zumda yo`qolardi, deya tasvirlagan. A) 1,3,4,5,6 B) 1,2,4,5,6 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5,7 7. Arab adibi ... turkiy xalqlarning xislatlari haqida bitilgan... asarida ma`lumot beradi. A) Usmon Turon “Turkiy xalqlar mafkurasi” C) E.Chalabey “Sayohatnoma” B) Johiz “Manoqib at-atrok” D) ibn Arabshoh “Turkiy xalqlar tarixi” 8. V asrda Eftaliylar davlati tarkibiga kirgan hududlarni ko`rsating. 1) O`rta Osiyo; 2) Shimoliy Xitoy; 3) Sharqiy Turkiston; 4) Shimoliy Hindiston; 5) Sharqiy Eron; 6) Yaqin Sharq A) 1,2,3,4 B) 1,3,4,6 C) 1,3,5,6 D) 1,3,4,5 9. Eftaliylar jangda asosan gurzilardan foydalanishgan. Shuningdek kamon va shamshirlardan ham foydalanishgan. A) A) to`g`ri B) noto`g`ri 10.Turk xoqonligi davrida harbiy san`at yanada rivojlangan. Har bir ibodatxona qoshida tashkil etilgan ta`lim dargohlarida yigitlarga ... o`rgatilgan. 1) otda erkin yura olish; 2) qilichbozlik; 3) kamondan o`q uzish; 4) kurash tushish; 5) gurzi ishlatish; 6) palaxmon otish A) 1,3,4,6 B) 1,4,5,6 C) 1,2,3,5 D) 1,2,3,4,5,6 11. Turk xoqonligi qo`shini harbiy liboslari va qurollari to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping. 1) parchinlar qoplangan jang liboslari; 2) sovutlar; 3) qalqon; 4) uzun va ingichka nayza; 5) jangovar bolta; 6) kamon; 7) gurzi. A) 1,3,5,6 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3,4,5,6 D)1,2,3,4,5,6,7 12. V-VII asrlarda o`z harbiy qo`shinlariga ega bo`lgan mustaqil hokimliklarni to`g`ri ko`rsating. A) So`g`diyona, Toxariston, Farg`ona, Xorazm va Choch B) Toxariston, Balx, Farg`ona, Choch C) So`g`diyona, Toxariston, Farg`ona, Xorazm D) So`g`diyona, Farg`ona, Xorazm 13. VI asrda paydo bo`lgan chopuvchi qurollarning yangi turlari to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping. 1) qilich; 2) egri qilich; 3) dudama; 4) palash. A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,4 D) 1,3,4 14. Turk xoqonligi armiyasi turli bo`linmalardan tashkil topgan. Bular ... 1) o`nlik; 2) yuzlik; 3) minglik; 4) o`n minglik-tumanlar; 5) yuz minglik. A) 2,3,4,5 B) 1,2,3 C) 2,4,5 D) 1,2,3,4 15. Turklar himoyalanish chog`ida aylana usulni qo`llashgan. Jang taktikasida dushmanning asosiy kuchlarini ikki yoki bir necha qismlarga ajratib, yakson qilishgan. A) to`g`ri B) noto`g`ri 16. Turkiy suvoriylarga ot ustida mustahkam o`tira olish va og`ir aslahalar bilan qurollanish imkonini bergan omil ... A) yaxshi harbiy tayyorgarlik C) maxsus “tarbiyalangan” otlar B) sovutning kashf etilishi D) uzangining kashf etilishi 17. “Samarqand hokimining qabilasidan bo`lgan ko`pchilik jangchilar jasur va g`ayratli bo`lib, o`limni nazar-pisand qilmagan. Janglarda hech bir raqib ularga bardosh bera olmagan. Ular jang davomida qurol aslahaning barcha turlaridan mohirona foydalanishgaan”. So`g`d jangchilari haqida esdalik qaysi manbada bitilgan? A) hind manbalarida C) yunon manbalarida B) xitoylik sayyoh tomonidan D) so`g`d manbalarida 18. Palash bu ... A) egri qilich C) uzun va og`ir qilich B) cho`qmor D) ikkiyoqlama o`tkir tig`li qilich Download 118.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling