M. G’aniyev O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami Kirish
-21-mavzular. VIII asrda Xuroson va Movarounnahr
Download 118.32 Kb.
|
1672287661 O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami
20-21-mavzular. VIII asrda Xuroson va Movarounnahr
1. Arab xalifaligida toju-taxt uchun kurash qachon kuchaydi? A) VII asrning 80-yillarida C) VIII asrning 40-yillarida B) VIII asr boshlarida D) VIII asrning 80-yillarida 2. Ummaviylarga qarshi umumiy norozilik, ayniqsa, xalifa Marvon Muhammad hukmronlik qilgan davrda nihoyatda kuchaydi. A) to`g`ri B) noto`g`ri 3. Abu Muslim qo`zg`oloniga oid to`g`ri javoblar qatorini toping. 1) Ummaviylarga qarshi targ`ibotchilardan biri kufalik Abu Muslim edi; 2) dastlab arab zodagonlari, so`ngra mahalliy dehqonlar Abu Muslimni qo`llab-quvvatlaydilar; 3) Abu Muslim tarafdorlarining deyarli barchasi qora libos kiyib olgan edilar; 4) qora kiyim motam ramzi, qolaversa, zabardast kuch bayrog`i hamda shiddatli janglarda qo`zg`olonchilarni ummaviy harbiylardan ajratib turadigan belgini anglatgan; 5) qo`zg`olon natijasida xalifalikda hokimiyat ummaviylardan abbosiylar sulolasi qo`liga o`tadi. A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,4,5 4. Abu Muslim-lug`aviy ma`nosi “Muslimning otasi” deb tarjima qilinsa-da, mohiyati “eng yaxshi musulmon” demakdir. A) to`g`ri B) noto`g`ri 5. Arab xalifaligida abbosiylarning birinchi hukmdori kim? A) Marvon C) Abul Abbos Abdulloh B) Muhammad ibn Ali D) Abul Abbos Saffoh 6. Abu Muslim bilan bog`liq to`g`ri javoblar qatorini ko`rsating. 1) Abu Muslim kufalik edi; 2) Abu Muslim Bog`dod shahrida tug`ilgan; 3) Abu Muslim Bog`dodda davlat va harbiy kuchlarning yuqori lavozimiga tayinlanadi; 4) abbosiylar Abu Muslimning xalq orasidagi obro`yining ortib borishiga xayrixoh bo`lmaganlar; 5) abbosiylar Abu Muslimni poytaxtdan uzoqlashtirib Xuroson va Movarounnahrga noib qilib yuboradilar; 6) abbosiylar Abu Muslimni poytaxtdan uzoqlashtirib Xurosonga noib qilib yuboradilar; 7) Abu Muslim ummaviylarga qarshi Buxorodagi qo`zg`olonni mahalliy kuchlar yordami bilan bostiradi; 8) Abu Muslim abbosiylarga qarshi Buxorodagi qo`zg`olonni mahalliy kuchlar yordami bilan bostiradi; 9) 751-yil Turonga bostirib kirgan Xitoy qo`shinlari Abu Muslim tomonidan yuborilgan Ziyod ibn Solih boshchiligidagi arab va turonliklardan iborat qo`shin tomonidan tor-mor etiladi; 10) Turonda arab xalifaligi va islom manfaatlari himoyachisiga aylangan Abu Muslimdan xavfsiragan xalifa uni saroyga chaqirib qatl ettiradi. A) 1,3,4,6,7,9,10 B) 1,3,5,8,9,10 C) 1,2,5,7,8,9,10 D) 1,2,5,7,8,10 7. Turon xalqlari mahalliy hunarmandlariga qog`oz ishlab chiqarish sir-sinoatini kimlar o`rgatgan? A) 751-til Marv yaqinidagi jangda asir tushgan xitoylik jangchilar B) 750-til Buxoro yaqinidagi jangda asir tushgan xitoylik jangchilar C) 751-til Talas yaqinidagi jangda asir tushgan xitoylik jangchilar D) 752-til Samarqand yaqinidagi jangda asir tushgan xitoylik jangchilar 8. Nechanchi asrga kelib Movarounnahrda qog`oz ishlab chiqarish shahar hunarmandchiligining eng muhim jabhalaridan biriga aylandi? A) IX asrga kelib C) XI asrga kelib B) X asrga kelib D) VIII asrga kelib 9. O`rta asrlarda Samarqand o`zining qog`ozi bilan butun Sharq va G`arb bozorlarini egallagan. A) to`g`ri B) noto`g`ri 10. Tan imperiyasi qachon Buyuk Ipak yo`lini egallash va bu yo`ldagi davlatlarni o`ziga bo`ysundirish uchun bir necha bor urushlar qilgan? A) VI asrning birinchi yarmi C) VIII asrning birinchi yarmi B) VII asrning birinchi yarmi D) IX asrning birinchi yarmi 11.Tan imperiyasi Buyuk Ipak yo`lini egallash va bu yo`ldagi davlatlarni o`ziga bo`ysundirish uchun yurishlariga nima bahona bo`lgan? A) Movarounnahrdagi murakkab ichki ahvol sababli Choch hokimining Xitoydan yordam so`rashi B) Movarounnahrdagi murakkab ichki ahvol sababli Farg`ona hokimining Xitoydan yordam so`rashi C) Movarounnahrdagi murakkab ichki ahvol sababli Sug`d hokimining Xitoydan yordam so`rashi D) Movarounnahrdagi murakkab ichki ahvol sababli Toxariston hokimining Xitoydan yordam so`rashi 12. 750-yil farg`onaliklar bilan ittifoqlikda Chochni vayron qilib hukmdorini qatl qildirgan va katta o`ljani qo`lga kiritgan Tan imperiyasi qo`mondoni kim? A) Gao Syanchji (Gav Shanchji) C) U Day B) Sun Day D) Chao Syanchji (Chav Shanchji) 13. Qatl etilgan Choch hokimining o`g`li arablardan yordam so`ragan? A) to`g`ri B) noto`g`ri 14. 751-yil Talas daryosi bo`yida arablar bilan to`qnashgan birlashgan Xitoy qo`shini ... lardan iborat edi? 1) xitoylar; 2) farg`onaliklar; 3)keshliklar; 4) qashqarliklar; 5) ustrushonaliklar; 6) kucharliklar; 7) o`g`uzlar; 8) qarluqlar. A) 1,2,3,4,5,6,7,8 B) 1,2,4,5,6,7,8 C) 1,3,4,6,7,8 D) 1,2,4,6,8 15. Talas jangi qancha davom etgan? A) 3 kun B) 5 kun C) 7 kun D) 12 kun 16. 751-yil Talas daryosi bo`yida arablar bilan to`qnashgan birlashgan Xitoy qo`shini bilan jangda xitoy qo`shini tarkibidagi ... arablarga qashi kurashdan bosh tortgan. A) o`g`uzlar B) farg`onaliklar C) qarluqlar D) qashqarliklar 17. Talas daryosi bo`yida mag`lubiyatga uchragan Gao Syanchji yordamchilari Li Siye va Duan Shoushilar bilan zo`rg`a qochib qutulgan. A) to`g`ri B) noto`g`ri 18. Yuzi oq rangdagi dumaloq suv tomchi izlari bilan qoplangan mashur Samarqand qog`ozining turi bu ... A) “Miri Ismoiliy” C) “Miri Maroqandiy” B) “Miri Samarqandiy” D) “Miri Ibrohimiy” 19. Ipak qoldiqlari hamda po`stloq tolalari bilan qoristirib tayyorlangan mashur dolchin rangli Samarqand qog`ozining turi bu ... A) “Afrosiyobiy” C) “Kanopli” B) “Qoshkanop” D) “Nimkanop” 20. Turon zaminida o`rta asrlarda qog`oz asosan nimadan tayyorlangan? A) ipakdan C) qayin po`stlog`idan B) tut daraxti po`stlog`idan D) eman po`stlog`idan 21.Moslashtiring. 1) “Samarqand sulton qog`ozi”; 2) “Samarqand shoyi qog`ozi”; 3) “Miri Ibrohimiy”; 4) “Nimkanop”. a) ipak qoldiqlari hamda po`stloq tolalari bilan qorishtirib tayyorlangani uchun dolchin rangda bo`ladi. Ushbu qog`oz turlarini yaratishda xomashyo sifatida paxta, ipak va tut daraxti po`stlog`idan keng foydalaniladi; b) o`zining yupqaligi, silliqligi va yumshoqligi bilan boshqa qog`oz navlaridan ajralib turgan; c) rangi och sariq-novvot rangda bo`ladi; d) oq rangdagi dumaloq suv tomchi izlari bilan qoplangan bo`ladi; A) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a 22. Moslashtiriring. Arab tarixchisi Maqdisiy bergan ma`lumotlarga ko`ra ... . Moslashtiriring. 1) kamonlar; 2) sopol idishlar; 3) qog`ozlar. a) Chochda ishlab chiqarilgan; b) Samarqandda ishlab chiqarilgan; c) Xorazmda ishlab chiqarilgan; A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-a, 2-c, 3-b 23.VIII asr oxirlarida Movarounnahrda bo`lib o`tgan “Oq kiyimlilar” qo`zg`oloni bilan bog`liq to`g`ri javoblar qatorini toping. 1) bu harakatning rahbari Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo`lgan. U boshi va yuziga ko`k parda tutib yurgani uchun ham uni “Muqanna” ya`ni “Niqobdor” laqabi bilan atashgan; 2) qo`zg`olon rahbari Xurosonda sarxanglik (kichik lashkarboshi) dan vazirlik darajasigacha ko`tarilgan; 3) qo`zg`olon rahbari Mazdak g`oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da`vat etuvchi ta`limotni targ`ib etgan; 4) qo`zg`olon rahbari Kesh vohasidagi Som qal`asini o`z qarorgohiga aylantiradi; 5) qo`zg`olon ayniqsa So`g`dda avj olib, Iloq (Ohangaron) vodiysi va Shoshga ham o`zining ta`sirini o`tkazadi; 6) qo`zg`olon na`tijasida xalifalikda hokimiyat Abbosiylar qo`liga o`tadi; 7) qo`zg`olon 783-yilgacha davom etadi, mag`lub bo`lgan qo`zg`olon rahbari o`z joniga qasd qiladi. A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 1,2,3,4,5,7 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,5,6,7 24. Rofe ibn Lays qo`zg`oloni bilan bog`liq to`g`ri javoblar qatorini toping. 1) qo`zg`olon 806-yilda Samarqanddan boshlanib Shosh, Farg`ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm viloyatlariga rarqalgan; 2) Xuroson noibi Ma`mun qo`zg`olonni bostirish uchun Somonxudotning nabiralari; Nuh, Ahmad va Yahyolardan iltimos qilib, ulardan yordam so`raydi; 3) qo`zg`olon na`tijasida xalifalikda hokimiyat Abbosiylar qo`liga o`tadi; 4) Somonxudot nabiralari Rofe ibn Laysni qo`lga olib uni xalifaga taslim bo`lishga majbur qiladilar. A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3 D) 1,2,4 25. Asosiy g`oyasi mulkiy umumiylik, barcha narsalarning umumiy, teng bo`lishini targ`ib qiluvchi diniy-falsafiy ta`limot bu ... A) Mazdakiylik B) Tasavvuf C) Hanbaliylik D) Sufiylik 26. Kudungarlik kasbi bu ... A) egar-jabduq yasash C) g`alvir yasash B) matolarni bo`yash D) mato to`qish 27. Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida berilgan Muqannaga oid to`g`ri ma`lumotlar qatorini toping. 1)Marv yaqinidagi Koza qishlog`ida tug`ilgan; 2) u kudungarlik qilgan, har xil ilmlarni: ko`zbo`yamachilik, sehr va tilsim ilmlarini o`rgandi; 3) uning otasining nomi Hakim bo`lib, u Abu Ja`far Davonaqiy davridagi Xuroson amiri lashkarboshilaridan biri edi; 4) u juda xunuk, boshi kal va bir ko`zi ko`r bo`lganidan hamisha boshi va yuziga ko`k parda tutib yurgan; 5) u Abbosiylar da`vatchisi Abu Muslim zamonida Xuroson lashkarboshilaridan biri bo`lib vazir bo`lgan va payg`ambarlik da`vosini qilgan; 6) Abu Jafar Davonaqiy uni Marvdan Bog`dodga chaqirib zindonband qilgan; 7) “Men xalqqa o`zimni Odam (Ato) suratida, keyin Nuh suratida, keyin Ibrohim suratida, keyin Muso suratida, so`ng Iso suratida, keyin Muhammad mustafo (s.a.v.) suratida, keyin Abu Muslim suratida ko`rsatgan zotman” deb da`vo qilgan. A) 1,2,3,4,5,7 B) 1,2,4,5,6 C) 1,2,4,7 D) 1,2,3,4,5,6,7 28. Ma`lumki VIII asrdan Turon o`lkasidagi mahkama ishlarida arab tili va yozuvi o`rin egallay boshladi. VIII asrgacha mahkama ishlarini yuritishda foydalanilgan mahalliy tillar va yozuvlar to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping. 1) turkiy; 2) xorazmiy; 3) sug`diy; 4) boxtariy; 5) oromiy. A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,4,5 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3,5 Download 118.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling