M. G’aniyev O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami Kirish
-17-mavzular. VI-VII asrlarda Turon xalqlari madaniy hayoti
Download 118.32 Kb.
|
1672287661 O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami
16-17-mavzular. VI-VII asrlarda Turon xalqlari madaniy hayoti.
1. Ta`lim tarixidan so`zlovchi manbalar bu ... 1) qadimgi tosh bitiklar; 2) teri; 3) sopol; 4) yog`och (taxta); 5) keyinchalik qog`ozlarga tushirilgan ma`lumotlar. A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4,5 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,4 2. Quyidagi qaysi yodgorliklarda topilgan zardushtiylarning ibodatxonasi diqqatga sazovor inshootlarning o`rtasida qo`sh devorlar bilan qurshalgan va ichkariga aylanma yo`lagi orqali kiradigan to`g`ri burchakli bino bo`lgan? A) Qo`yqirilganqal`a va Tuproqqal`a C) Ko`zaliqir va Qal`aliqir B) Jonbosqal`a va Tuproqqal`a D) Qal`aliqir va Tuproqqal`a 3. Quyidagi qaysi yodgorliklarda topilgan zardushtiylar ibodatxonasida xonalardan teriga va yog`ochga yozilgan turli mazmundagi hujjatlar hamda katta-kichik haykalchalar topilgan? A) Qo`yqirilganqal`a va Tuproqqal`a C) Ko`zaliqir va Qal`aliqir B) Jonbosqal`a va Tuproqqal`a D) Qal`aliqir va Tuproqqal`a 4. Xorazmda o`g`il bolalarga ... lar o`rgatilgan. 1) o`qish, yozish, hisob-kitob; 2) geografiya; zoologiya, botanika, astranomiya, muhandislik, tibbiyot va me`morchilik; 3)o`qish, savdo-sotiq; 4) matematika; zoologiya, botanika, kimyo, muhandislik, tibbiyot va me`morchilik; A) 1,3 B) 1,2 C) 1,4 D) 3,4 5. VI-VII asrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlar e`tiqod qilgan dinlar to`g`ri ko`rsatilgan javobni ko`rsating, 1) zardushtiylik; 2) islom; 3) tangrichilik; 4) yahudiylik; 5) buddaviylik; 6) xristianlik A) 1,2,4,5 B) 1,4,5,6 C) 1,3,4,5,6 D) 1,3,4,5 6. Viharala bu ... A) xristianlik o`quv maskanlari C) xudoning mohiyati va irodasi B) diniy qonun-qoidalar D) buddaviylik o`quv maskanlari 7. Daxarma bu ... A) xristianlik o`quv maskanlari B) dindagi eng muhim vazifa, suyanchiq C) diniy qonun-qoidalar va Xudoning mohiyati hamda irodasi (xudojo`ylik) haqida ta`lim D) Xudoning mohiyatini singdirish 8. VI-VII asrlarda mamlakatimizda buddaviylik ta`limoti bilan bog`liq an`analar o`rganilganda, har bir ibodatxonada rohiblar tayyorlaydigan ta`lim muassasalari bo`lganligi aniqlangan. A) to`g`ri B) noto`g`ri 9. Yahudiylar Ossuriya qirg`inlaridan Eronga, Samarqand va Buxoroga ko`chib keladilar. A) to`g`ri B) noto`g`ri 10. VI-VII asrlar Turon hududidan o`tgan savdo yo`llarida eng qimmatbaho tovar hisoblangan ... A) iojuvard, choy C) yozuv matereallari va choy B) qurol-yaro`g`, mushk D) yozuv matereallari va kitoblar 11. Samarqand va Buxoroda xristianlik dini qachon tarqalgan? A) IV asr B) V asr C) VI asr D) VII asr 12. ... dini ta`lim muassasalarida: “Farzandlaringiz Masihiyning tarbiyasini olsin; ular Xudo oldida qanchalik kamtarlik, Xudo oldida kuchli sevgi nimani anglatishini, Xudodan qo`rqish qanchalik go`zal va buyuk ekaninini va unda sof aql bilan yurganlarni qutqarishni o`rgansinlar” degan tamoyilga amal qilib, mazkur hududlardagi ibodatxonalarda maktablar tashkil etilgan. A) buddaviylik B) xristianlik C) tangrichilik D) moniy 13. Sug`ddagi katta nestoriyan jamoalarining hujjatlari arab tilida yozilgan. A) to`g`ri B) noto`g`ri 14. Zardushtiylik diniga oid Chilpiq qal`a yodgorligi qayerda joylashgan? A) Xonqa tumani, Xorazm C) Qiziltepa shahri, Surxondaryo B) Qorako`l tumani, Buxoro D) Amudaryo tumani, Qoraqalpog`iston 15. V asr Eftaliylar davriga oid ov manzarasi tasvirlangan mis idish qayerdan topilgan? A) Hindiston B) Afg`oniston C) Suriya D) Pokiston 16. To`nyuquq bitiktoshi nechanchi asrga oid? A) V asr B) VI asr C) VII asr D) VIII asr 17. To`nyuquq bitiktoshi topilgan hudud nomini toping. A) G`arbiy Osiyo B) Janubiy Mo`g`uliston C) Sharqiy Xitoy D) Janubiy Xitoy 18. To`nyuquq bitigida yozilishicha xoqon To`nyuquq Chinda dunyoga kelgan. A) to`g`ri B) noto`g`ri 19. To`nyuquq bitigida Eltarish xoqon atamasi qanday ma`noda qo`llangan? A) shafqatsiz xoqon C) millatni to`plagan xoqon B) buyuk xoqon D) bosqinchi xoqon 20. Turklarning turkiy run (ko`kturk) xati to`g`risida berilgan ma`lumotlarni ko`rsating. 1) biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38-40 ta harfdan iborat; 2) chapdan o`ngga qarab yozilgan; 3) biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 27-28 ta harfdan iborat; 4) tosh va yog`ochga o`yib yozishga nihoyatda qulay bo`lgan. 5) qadimgi ko`kturk (Kultegin va Bilga xoqon) bitiklari Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari, Yettisuv, Farg`ona va Zarafshon vodiylaridan topilgan qabrtoshlari, sopol va metal buyumlar, yog`och hamda tanga pullarda saqlanib qolgan. 6) qadimgi ko`kturk (Kultegin va Bilga xoqon) bitiklari Oloy va G`arbiy Osiyodan tashqari, Yettisuv, Farg`ona va Zarafshon vodiylaridan topilgan qabrtoshlari, sopol va metal buyumlar, yog`och hamda tanga pullarda saqlanib qolgan. A) 1,3,4 B) 1,3,5 C) 1,4,5 D) 1,2,4 21.Haykaltaroshlik rivojiga kuchli ta`sir ko`rsatgan din bu ... A) moniy B) qam C) buddaviylik C) xristianlik 22. VI-VII asrlarga oid devoriy suratlar, haykallar va ganchkor naqshlar kabi topilmalari bilan mashhur bo`lgan yodgorliklarni joylashgan hududi bilan moslashtiring. 1) Bolaliktepa; 2) Varaxsha; 3) Afrosiyob; 4) Quva; 5) Panjikent a) Farg`ona vodiysi b) Xorazm c) Surxon vohasi d) Termiz e) Zarafshon vodiysi A) 1-c, 2-e, 3-e, 4-a, 5-e C) 1-c, 2-e, 3-e, 4-a, 5-c B) 1-c, 2-a, 3-e, 4-a, 5-e D) 1-c, 2-c, 3-e, 4-a, 5-e 23. VI-VII asrlar Turon aholisi madaniyatidan darak beruvchi Afrosiyob, Varaxsha, Panjikentdagi qazilmalardan topilgan buyumlar to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping. 1) saroy va ibodatxona; 2) turar joy binolari; 3) tangalar; 4) devorlardagi naqshlar; 5) turli suratlar; 6) haykallar; 7) yog`och o`ymakorligi buyumlari; 8) Mug` tog`i va Afrosiyobda topilgan sug`d yozuvlari; 9) Mug` tog`i va Afrosiyobda topilgan ko`kturk yozuvlari; A) 1,3,4,5,6,7,9 C) 1,2,4,5,6,7,9 B) 1,2,4,5,6,7,8 D) 1,2,3,4,5,6,7,8 24. Turonda VI-VII asrlarda to`quvchilik yuqori darajaga erishgan. To`g`li va tog`oldi hududlarda ipak va ip matolardan, vodiylarda jun matolardan foydalanilgan. Kiyimlarda bir yoki ko`p rangli ipaklar, sidirg`a yoki naqshli ip-gazmollar, zar qo`shib to`qilgan matolar qo`llanardi. A) to`g`ri B) noto`g`ri 25. VI-VII asrlarda Turon xalqlari erkaklar va ayollar kiygan kiyimlarni moslashtiring. a) erkaklar; b) ayollar 1) otga minib yurishga qulay bo`lib, kalta kaftan va ko`ylaklar, keng va baland qo`njli etiklar; 2) ko`ylaklar, kaftanlar, bir tomonlama qaytarmali yopinchiqlar ko`rinishida edi; 3) shleyfli uzun ko`ylak, kofta, yubka va po`stinlar; 4) uzunligi tizzagacha bo`lgan kaftan, yopinchiq va po`stin; 5) nimcha, koftalar, to`g`ri shaklli yubkalar, uzun ko`ylaklar; 6) taqinchoqli kostyumlar; 7) zirak, qo`l va oyoq bilaguzuklari, marjonlar, kamarlar. A) a-1, 6, 7; b-2, 3, 4, 5, 6, 7 C) a-1, 6; b-2, 3, 4, 5, 6, 7 B) a-1, 4, 6, 7; b-2, 3, 5, 6, 7 D) a-1; b-2, 3, 4, 5, 6, 7 26. VI-VII asrlar Toxaristonda faqat erkak va ayol xizmatchilar belni bog`lashmagan, aslzoda ayollar esa belbog` taqishgan. A) to`g`ri B) noto`g`ri Download 118.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling