M. G’aniyev O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami Kirish
-23-mavzular. Qarluqlar, O`g`uzlar, Tohiriylar
Download 118.32 Kb.
|
1672287661 O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami
22-23-mavzular. Qarluqlar, O`g`uzlar, Tohiriylar
1. Qarluqlar yurtida poytaxtdan tashqari qad ko`targan shahar va qishloqlar nomi t`o`gri ko`rsatilgan qatorni toping. 1) Jo`l; 2) Oltoy; 3) Navkat; 4) Karmankat; 5) Yor. A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,5 D) 1,3,4,5 2. Turkiy qabilalardan hisoblangan qarluqlarning qadimda yashagan hududlari to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping. A) Oltoyning sharqi va Irtish daryosining o`rta oqimi B) Oltoyning janubi va Irtish daryosining o`rta oqimi C) Oltoyning g`arbi va Irtish daryosining o`rta oqimi D) Oltoyning shimoli-sharqi va Irtish daryosining o`rta oqimi 3. Arab-fors manbalarida ta`kidlanishicha G`arbiy Turk xoqonligining tanazzulidan keyin tashkil topgan yirik etnik uyushmalardan birini toping. A) arab etnosi B) oromiy etnosi C) yahodiy etnosi D) o`g`uz etnosi 4. Yettisuv o`lkasida Qarluqlar davlati qachon tashkil topadi? A) VI asr B) VII asr C) VIII asr D) IX asr 5. Qarluqlar VI-VII asrlarda Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. A) to`g`ri B) noto`g`ri 6. Qarluqlar davlatiga oid to`g`ri javoblar qatorini toping. 1) VI-VII asrlarda Turk xoqonligi tarkibiga kirgan; 2) VIII asr o`rtalarida Yettisuv o`lkasida Qarluqlar davlati tashkil topdi; 3) Qarluqlar davlatining poytaxti Chu daryosidan shimolda joylashgan Suyob shahri edi; 4) Qarluqlar davlatining poytaxti Sirdaryo quyi oqimi bo`yidagi Yangikent shahri edi; 5) Qarluqlar qadimda Oltoyning g`arbida, so`ngra Irtish daryosining o`rta oqimida yashagan; 6) Qarluqlar davlati hukmdori “yabg`u” yoki “jabg`u” deb yuritilgan; 7) X asr o`rtalariga borganda qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo`lgan; 8) Qarluqlar davrida chetga asosan jun va junli mahsulotlar: gilam, sholcha, namat kabilar olib chiqilgan; 9) X asrda qarluqlar Movarounnahrning shimoliy hududlarini egallagach, Shosh atrofi va Farg`ona hamda Zarafshon vodiylariga kelib o`rnashgan. Keyinchalik o`troq tarzda yashaydigan mahalliy aholiga singib ketgan; 10) IX asr oxiri-X asr boshlarida Qarluqlar davlatiga asos solingan; 11) qarluqlar o`zbek va tojiklarning etnogenezida muhim rol o`ynadi. A) 1,2,3,5,6,7,8 B) 1,2,3,5,6,7,8,9,11 C) 1,3,5,6,7,8,9,11 D) 1,5,6,7,8,9 7. Moslashtiring. Qarluqlar davlati ... bilan chegaralangan. 1) shimol va sharqdan; 2) g`arbdan; 3) janubda a) yag`molar vohasi va Sharqiy Turkiston; b) o`g`uz yurti va Farg`ona vodiysi; c) Elsuvi daryosi vodiysigacha, chigil qabilasi yaylovlarigacha. A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-a, 3-c 8. O`g`uzlar davlatiga oid to`g`ri javoblar qatorini toping. 1) Turk xoqonligi hukmronligi davrida o`g`uzlar uning tarkibida bo`lgan; 2) Turk xoqonligi yemirilgach, o`g`uzlarning kattagina qismi Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo`yida muqim o`rnashib olganlar; 3) IX asr oxiri-X asr boshlarida O`g`uzlar davlatiga asos solingan; 4) O`g`uzlar davlatining poytaxti Sirdaryo quyi oqimi bo`yidagi Yangikent shahri edi; 5) X asrdan boshlab o`g`uzlar islom dinini qabul qildilar; 6) O`g`uzlar davlatining poytaxti Chu daryosidan shimolda joylashgan Suyob shahri edi; 7) X asrning birinchi choragida O`g`uzlar davlati shimoli-sharqdan qo`zg`algan qipchoqlar tomonidan berilgan qaqshatqich zarba natijasida, bo`linib ketadilar; 8) X asrning birinchi choragida o`g`uzlar o`z yurtini tark etib, bir qismi Shimoliy Kavkaz dashtlariga borib o`rnashadi. Ularning ikkinchi qismi esa avval Movarounnahrga kirib boradi va yangi sulola saljuqiylar boshchiligida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi; 9) o`g`uzlar turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o`ynaydi. A) 1,2,3,5,6,7,8 B) 1,2,3,4,5,7,8,9 C) 1,2,3,4,5,7,8,9 D) 1,2,3,4,5,8,9 9. Tohiriylar davlatiga oid to`g`ri ma`lumotlar berilgan qatorni toping. 1) Xurosondagi Tohiriylar davlatida hukmronlik qilgan sulola; 2) Movarounnahrdagi Tohiriylar davlatida hukmronlik qilgan sulola; 3) Tohir ibn Husayn asos solgan; 4) Yoqub ibn Lays asos solgan; 5) ushbu davlat 821-873-yillarda mavjud bo`lgan; 6) ushbu davlat 873-900-yillarda mavjud bo`lgan; A) 1,3,4 B) 2,4,5 C) 1,3,5 D) 1,3,6 10. Safforiylar davlatiga oid to`g`ri ma`lumotlar berilgan qatorni toping. 1) Xurosonda Safforiylar davlatida hukmronlik qilgan sulola; 2) Movarounnahrdagi Tohiriylar davlatida hukmronlik qilgan sulola; 3) Tohir ibn Husayn asos solgan; 4) Yoqub ibn Lays asos solgan; 5) ushbu davlat 821-873-yillarda mavjud bo`lgan; 6) ushbu davlat 873-900-yillarda mavjud bo`lgan; A) 1,3,4 B) 2,4,5 C) 1,3,5 D) 1,4,5 11. Rofe ibn Laysga qarshi xalifa Horun ar-Rashid kimni urushga yuboradi? A) Ahmadni C) Nuhni B) Harsama A`jaini D) Yahyoni 12. 811-yili Ray yaqinida xalifa Aminning Ali Moxon ismli sarkardasi kim tomonidan mag`lub etiladi? A) Ya`qub ibn Lays C) Tohir ibn Husayn B) Amir ibn Lays D) Rofe ibn Lays 13. “Zul yaminayn” (ikki qo`lda kurashuvchi) faxriy taxallusini olgan tarixiy shaxs to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping. A) Ya`qub ibn Lays C) Tohir ibn Husayn B) Amir ibn Lays D) Rofe ibn Lays 14. O`g`uzlar - Turon hududida yashagan turkiy qabila. A) to`g`ri B) noto`g`ri 15. Tohiriylar davlati hukm surgan yillarni to`g`ri ko`rsating. A) 821-873-yillar C) 873-900-yillar B) 832-888-yillar D) 822-879-yillar Download 118.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling