M. G’aniyev O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami Kirish


-11-mavzular. G`arbiy Turk xoqonligi


Download 118.32 Kb.
bet7/15
Sana07.05.2023
Hajmi118.32 Kb.
#1439746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
1672287661 O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami

10-11-mavzular. G`arbiy Turk xoqonligi

1. G`arbiy turk xoqonligi taraqqiy vetgan davr to`g`ri ko`rsatilgan javobni belgilang.


A) VII asr oxirida C) VII asr o`rtalarida
B) VIII asr o`rtalarida D) VII asr birinchi choragida
2. G`arbiy Turk xoqonligining qaysi hukmdori davrida boshqaruv tartiblari isloh qilinadi?
A) Bumin B) Istami C) To`n yabg`u D) El Arslon
3. G`arbiy Turk xoqonligida qarorgoh vazifasini bajargan shaharlarni ko`rsating.
1) Suyab (Oq Bishim); 2) Beshbaliq (Turfan); Ek-tog` (Sharqiy Turkiston); 4) Buxoro;
5) Naxshab
A) 1,3,4,5 B) 1,2,4,5 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3
4. Mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning “yabg`u” unvoni qaysi xoqon davrida beriladi?
A) To`n yabg`u B) Qoracho`rin C) Sheri Kishvar D) Istami
5. G`arbiy Turk xoqonligida shahar aholisi hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg`ul bo`lgan. Kulolchilik, to`quvchilik, sarrojlik, misgarlik, chilangarlik, temirchilik va zargarlik taraqqiy etgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
6. Garchi turklar doimiy yashash joylariga ega bo`lmasa ham, lekin ularning har biriga ajratib berilgan yer borligi haqida ma`lumot bergan manba bu- ...
A) yunon manbalari B) xitoy manbalari C) eron manbalari D) hind manbalari
7. Tudunlar bu ...
A) xoqon noiblari C) chorvador aholi
B) mahalliy hokimlar D) qo`shin qo`mondoni
8. G`arbiy turk xoqonligi o`z ehtiyoji va hayotiy zaruratidan kelib chiqib, quyidagi islohotlarni amalga oshirgan ...
1) “o`nlik” tizimni yaratish; 2) vassal hokimliklar hududida o`z qarorgohlarini barpo etish; 3) davlat boshqaruvini takomillashtirish va boshqalar.
A) 1,3 B) 1,2 C) 2 D) 1,2,3
9. G`arbiy turk xoqonligi davrida Farg`ona, Sug`d, Choch, Toxariston, Xorazm va boshqa mulklardagi boshqaruv tartibi asosan mahalliy sulolalar qo`lida bo`lgan.
A) to`gri B) noto`g`ri
10. Quyida nomlari keltirilgan mustaqil hokimliklarni hukmdorlari bilan juftlang.
1) Sug`d; 2) Farg`ona; 3) Toxariston; 4) Xorazm; 5) Kesh; 6) Buxoro; 7) Ustrushona;
8) Choch
a) “tudun”; b) “afshin”; c) “xudot” d) “ixrid”; e) “xorazmshoh”; f) “malikshoh”; v) ixshid
A) 1-d, 2-d, 3-f, 4-e, 5-d, 6-c, 7-b, 8-a C) 1-d, 2-d, 3-c, 4-e, 5-d, 6-f, 7-b, 8-a
B) 1-a, 2-d, 3-f, 4-e, 5-d, 6-c, 7-b, 8-d D) 1-d, 2-a, 3-f, 4-e, 5-d, 6-c, 7-b, 8-a
11. Davlat boshqaruvida xoqonlikning barcha bo`g`inlarida lavozim egalari harbiy unvonga ega bo`lishi shart hisoblangan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
12. Turk xoqonligi davriga oid to`g`ri ma`lumotlar keltirilgan qatorni toping.
1) Turk xoqonligi davrida So`g`d hududlariga hozirgi Panjikentdan Karmanagacha bo`lgan yerlar kirgan; 2) Buxoro VII asrdan boshlab mustaqil mulklar ittifoqidan iborat bo`lgan; 3) So`g`dning mahalliy hokimlari ayrim vaqtlarda Choch va Xorazmning mustaqil hukmdorlari bilan birlashar edilar; 4) Farg`ona So`g`d siyosiy ittifoqiga kirmagan bo`lib, u alohida mustaqil davlat edi; 5) ko`chmanchilarning asosiy mashg`uloti chorvachilik edi; 6) shahar aholisi hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug`ullangan;
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,6 C) 1,3,4,5 D) 2,4,5,6
13. Garbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o`rtasida iqtisodiy aloqalar qachon faollashdi?
A) VII asrning birinchi choragida C) VIII asr boshlari
B) VII asrning oxiri D) VII asrning birinchi yarmida
14. G`arbiy Turk xoqonligidan Xitoyga yetti marotaba savdo elchilari yuboriladi.
A) to`g`ri B) notog`ri
15. Turk xoqonligi davrida bir yilning o`zida ... dan birlashgan juda katta savdo karvoni Xitoyga yetib boradi.
1) Buxoro; 2) Choch; 3) Samarqand; 4) Ishtixon; 5) Ustrushona (Jizzax va O`ratepa viloyatlari); 6) Xorazm; 7) Farg`ona
A) 1,4,5,6,7 B) 1,3,4,5 C) 2,4,6,7 D) 1,2,3,4,5,7
16. Turk yozma madaniyatining qadimiyligi va rang-barangligidan guvohlik beraradigan manbalar berilgan javobni toping.
1) Turk-runiy yozuvi; 2) Urxun-Yenisey yozuvi; 3) Rozett bitiktoshi; 4) Kultegin bitiklari; 5) Bilga xoqon yodnomasi.
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,5 C) 1,2,4,5 D) 1,2,3,4
17. Turon zaminida turkiy yozuv bilan bir qatorda yana qanday yozuvlardan keng foydalanilgan?
A) Oromiy yozuvi C) baqtriya yozuvi
B) belgili yozuv D) So`g`d va Xorazm yozuvlari
18. Turk xoqonligi davrida shaharlarda so`g`d-turk ikki tilliligi rasmiy odat bo`lganligi haqida qaysi manbada qayd etilgan?
A) Ahmad Yugnakiy “Hibbat ul-haqoyiq” asarida (X asr)
B) Mahmud Qoshg`ariy “Devonu lug`otit-turk” asarida (XI asr)
C) Ahmad Yassaviy “Hikmat” asarida (XII asr)
D) Yusuf Xos Xojib “Qutadg`u bilig” asarida (XI asr)
19. Navro`z bayramiga oid ma`lumotlar qaysi manbada aks etgan?
A) Mahmud Qoshg`ariy “Devonu-lug`otit turk” asarida (XI asr)
B) Ahmad Yugnakiy “Hibbat ul-haqoyiq” asarida (X asr)
C) Ahmad Yassaviy “Hikmat” asarida (XII asr)
D) Yusuf Xos Xojib “Qutadg`u bilig” asarida (XI asr)
20. Bugungi kunda milliy bayramimiz bo`lgan Navro`z ham G`arbiy Turk xoqonligi davrida keng nishonlangan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
21. Abro`y qo`zg`oloni qayerda, nima uchun ko`tarilgan?
A) So`g`dda, turklar zulmiga qarshi
B) Chochda, mahalliy hukmdorlar zulmiga qarshi
C) Buxoroda, qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi
D) Farg`onada, qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi
22. Abro`y qo`zg`oloni qaysi rassom tomonidan tasvirlangan?
A) Breygel B) O.Qozoqov C) Nabiyev D) Kaydalov
23. Abro`y qo`zg`olonidan vahimaga tushgan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, qayerga borib o`rnashadilar?
A) Turkiston va Yettisuv atrofiga C) Kesh va Naxshab atroflariga
B) Samarqand atroflari D) Turkiston va Taroz atrofiga
24. Abro`y qo`zg`oloni to`g`risida qaysi tarixiy manbada ma`lumot keltirilgan?
A) Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida
B) Toshkandiyning “Tarixi Toshkand” asarida
C) Buxoriyning “Buxoro tarixi” kitobida
D) Mahmud Qoshg`ariy “Devonu lug`otit-turk” asarida
25. Abro`y qo`zg`olonini kim bostiradi?
A) Qoracho`rin B) El Arslon C) Sheri Kishvar D) B va C javoblar
26. Abro`y qo`zg`oni yengiladi. Abro`y o`ldirilib, kadivar va xizmatkorlar o`z xo`jayinlari-dehqonlarga qaytariladi.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
27. Tarixiy manbalarda ta`kidlanishicha Abro`y qo`zg`oloni davrida Buxorodan qochib ketgan toifaning raisi bo`lmish katta dehqonning nomi kim bo`lgan?
A) G`urak B) Hamuk C) Divashtich D) Qarojurin
28. Tarixiy manbalarda keltirilishicha “Hamuk” deb, Buxoro tilida gavharga aytiladi, “ket” esa - shahar, ya`ni Hamuket “Hamuk-gavharning shahri demakdir”.
Buxoro tilida katta odamni “hamuk”, ya`ni falonchi gavhar deydilar.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
29. Tarixiy manbalarda keltirilishicha qaysi Turk xoqoniga Biyog`u deb laqab bergan edilar?
A) Sheri Kishvar B) Istami C) Bumin D) Qoracho`rin
30. Turk xoqonligi davriga oid tarixiy manbalarda keltirilishicha Buxoro shahristonini kim qurdirgan?
A) Qoracho`rin B) Sheri Kishvar C) Istami D) Biyog`u
31. Turk xoqonligi davriga oid tarixiy manbalarda keltirilishicha Iskajkat, Sharg` va Romtin, Faraxshiy (Varaxsha) qishlog`i Sheri Kishvardan keyin bo`lgan Buxoro viloyati hukmdori tomonidan qurilgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
32. So`g`dda o`g`il bolalar necha yoshdan boshlab xat-savod va hisob-kitobni o`rganishga jalb etilgan?
A) 6 yoshdan B) 7 yoshdan C) 4 yoshdan D) 5 yoshdan
33. So`g`dda bolalar balog`at yoshiga yetgach ularni dunyo tanish, savdo-tijorat ishlarini o`rganish uchun maxsus vakillar homiyligida boshqa davlatlarga yuborganlar.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
34. Turk xoqonligida ishlab chiqilgan jinoyatchilikka qarshi qonun hujjatlariga ko`ra jinoyat uchun qo`llaniladigan jazolar to`g`ri berilgan qatorni toping.
1) qatl etish; 2) odam a`zolarini kesib tashlash; 3) yengilroq jinoyatlarni avf qilish; 4) zararni to`lash; 5) mol-mulk tarzida tovon to`lash; 6) surgun qilish;
A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4 C) 2,3,5,6 D) 1,4,5,6
35. Turk xoqonligida ishlab chiqilgan jinoyatchilikka qarshi qonun hujjatlariga ko`ra o`lim jazosi qanday jinoyatlar uchun berilgan?
A) o`g`rilik uchun C) nohak yoki qasddan odam o`ldirganlik uchun
B) davlatga qarshi jinoyatlar uchun (isyon ko`tarish, sotqinlik) D) B va C javoblar
36.Turk xoqonligida ishlab chiqilgan jinoyatchilikka qarshi qonun hujjatlariga ko`ra o`g`rilik yoki buzuqlik qilgan shaxsga qanday jazo qo`llanilgan?
A) o`lim jazosi C) mol-mulki musodara qilingan
B) Jarimaga tortilgan D) qo`li yoki oyog`i kesilgan
37. Turk xoqonligida ishlab chiqilgan jinoyatchilikka qarshi qonun hujjatlariga ko`ra shaxsga qarshi qaratilgan va boshqa jinoyatlar uchun qanday jazo qo`llanilgan?
A) mol-mulki musodara qilingan C) yetkazilgan zararni o`n barobar qilib to`lash
B) o`lim jazosi D) mol-mulki bilan tovon to`lagan
38. Turk xoqonligida ishlab chiqilgan jinoyatchilikka qarshi qonun hujjatlariga ko`ra shaxsga jarohat yetkazgani yoxud mayib qilgani uchun qanday jazo qo`llanilgan?
A) mol-mulki musodara qilingan C) yetkazilgan zararni o`n barobar qilib to`lash
B) o`lim jazosi D) mol-mulki bilan tovon to`lashga majbur etilgan
39. G`arbiy Turk xoqonligi hukmdorlari Xitoy, Eron va Vizantiya bilan bo`lgan munosabatlarda uzoq yillar o`z ta`sirini o`tkazganlar.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
40. Afrosiyob bu- ...
A) Qadimgi Termiz C) Qadimgi Buxoro
B) Qadimgi Farg`ona D) Qadimgi Samarqand
41. Tempera bu- ...
A) sariq rangli bo`yoqqa rangdor mineral upasi aralashtirib tayyorlanadi
B) sariq rangli kukunga rangdor mineral upasi aralashtirib tayyorlanadi
C) jigarrang bo`yoqqa rangdor mineral upasi aralashtirib tayyorlanadi
D) tuxum sarig`iga rangdor mineral upasi aralashtirib tayyorlanadi
42. Bu ko`hna shahar dunyo ahamiyatiga ega bo`lgani uchun YUNESKO ning Butunjahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritilgan va unda “... - madaniyatlar uchrashgan makon”, - degan so`zlar yozib qo`yilgan”. Ushbu gap qaysi qadimgi shahar haqida?
A) Termiz B) Afrosiyob C) Xiva D) Buxoro
43. 2016-yilda YUNESKO bosh direktori o`rinbosari kim bo`lgan?
A) Kofe Anant C) Xubert Gizen
B) Husni Muborak D) Rayd Husayn
44. Qadimgi Afrosiyob shahri xarobalridagi xonalardan biri devorlaridagi rasmlarda nimalar tasvirlangan?
1) Cag`oniyon, Toxariston, Sharqiy Turkiston, Choch, Chinu Mochin, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan elchilar; 2) elchilar tomonidan olib kelingan ot-ulov, sovg`alar;
3) Naxshab, Toxariston, Sharqiy Turkiston, Choch, Chinu Mochin, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan elchilar; 4) ov sahnasi; 5) jang sahnasi.
A) 1,2,4 B) 1,2,5 C) 2,3,5 D) 1,3,4

Download 118.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling