M. G’aniyev O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami Kirish


-13-mavzular. Mahalliy hokimliklarning tashkil topishi


Download 118.32 Kb.
bet8/15
Sana07.05.2023
Hajmi118.32 Kb.
#1439746
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
1672287661 O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami

12-13-mavzular. Mahalliy hokimliklarning tashkil topishi

1. V-VII asrlarda Turk xoqonligi bir qancha hokimliklarga bo`linib, ... mustaqil hokimliklar tashkil topdi.


A) 10 dan ortiq C) 11 ta
B) 15 dan ortiq D) 10 ga yaqin
2. Turk xoqonligi mahalliy sulolalar boshqaruvini saqlab qolmadi.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
3. Mustaqil hokimliklardan biri hisoblangan Toxariston to`g`risida to`g`ri javoblar berilgan qatorni toping.
1) 27 ta tog` va tog`oldi viloyatlaridan iborat mustaqil hokimliklar bo`lgan; 2) poytaxti Balx shahri edi; 3) hozirgi Janubiy O`zbekiston va janubiy Tojikiston, shimoliy Afg`onistonni o`z ichiga olgan; 4) poytaxti Qunduz bo`lgan; 5) shimolda Hisor to`g`lari, janubda Hindikush, g`arbda Murg`ob va Xerirud vodiysi, sharqda Pomir bilan chegaralangan; 6) hozirgi Shimoliy O`zbekiston va janubiy Tojikiston, shimoliy Afg`onistonni o`z ichiga olgan; 7) shimolda Pomir to`g`lari, janubda Hindikush, g`arbda Murg`ob va Xerirud vodiysi, sharqda Hisor bilan chegaralangan;
A) 1,2,3,5, B) 1,2,5,7 C) 1,3,4,7 D) 1,2,3,4
4. Toxariston aholisining asosiy qismi o`troq dehqonchilik bilan shug`ullangan. Hunarmandchilikda, ayniqsa, qurolsozlik, shishasozlik, to`qimachilik yuksalgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
5. Toxariston qaysi mamlakatlar bilan savdo-madaniy aloqalar o`rnatgan?
A) Xitoy Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari
B) Xitoy, Hindiston va Yaqin Sharq mamlakatlari
C) Hindiston va Yaqin Sharq mamlakatlari
D) Hindiston va Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari
6. O`rta asrlarda shaharlar to`rt qismdan iborat bo`lgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
7. X asrda yashagan arab mualliflarining qayd etishicha, birgina Binkat (Toshkent) ning nechta darvozasi bo`lgan?
A) 18 ta B) 17 ta C) 21 ta D) 22 ta
8. O`rta asrlar shaharlar uch qismdan iborat bo`lgan? Ular qanday nom bilan yuritilgan?
A) “ko`handiz” B) “shahriston” C) “rabod” D) barcha javoblar to`g`ri
9. V-VII asrlar qishloqlarda “ko`shk”, “qasr”, “qo`rg`on” va “qo`rg`oncha” nomlari bilan shuhrat topgan istehkomli turar joylar qad ko`tardi.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
10. V-VII asrlarda istehkomli qasr, qo`rg`on va ko`shklar asosan qanday vazifani bajargan?
1) tashqi dushman hujumiga qarshi mudofaa inshooti; 2) savdo markazi; 3) ma`muriy markaz; 4) oziq-ovqat va qurol-yarog` saqlanadigan ombor; 5) chokarlar to`planadigan joy.
A) 1,3,4 B) 1,2,3,5 C) 1,2,4,5 D) 1,3,4,5
11. Arab mualliflari Ibn Xaldun va Ishtaxriyning qayd etishicha, birgina Binkat (Toshkent) ning yigirma ikkita darvozasi bo`lgan.
A) tog`ri B) noto`g`ri
12. Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi ... - voha hukmdorlari edi.
A) Farg`ona B) Toxariston C) Choch D) Sug`d ixshidlari
13. V-VII asrlarda Zarafshon vodiylarida joylashgan Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo vohasidagi Kesh viloyatining necha yirik mulklari birlashgan edi?
A) o`nta B) o`n beshta C) o`n ikkita D) o`n bitta
14. Turk xoqoni To`n yabg`u (618-630) ma`muriy islohotlari na`tijasida an`anviy mahalliy boshqaruv tudunlar, tarxonlar orqali mustahkamlandi. Tudunlar va tarxonlar tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping.
1) iqtisodiy ahvolni kuzatish; 2) soliqlar yig`ish; 3) aholini saroy va ibodatxonalar qurilishiga jalb etish; 4) harbiy masalalarni hal etish.
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,4 D) 2,3,4
15. Farg`ona hukmdorlari qanday atalgan?
A) ixrid B) dehqon C) malikshoh D) ixshid
16. Farg`ona yerlari juda hosildor bo`lib, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va bug`doy ekkan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
17. V-VII asrlarda Farg`onaning yirik markaziy shaharlaridan qaysi birida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib, ularning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo`lgan?
A) Koson B) Axsikat (Xushkat) C) Quva (Qubo) D) barcha javoblar to`g`ri
18. V-VII asrlarda Farg`onadan qo`shni mamlakatlarga chiqarilgan mahsulotlar to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping.
1) bo`yoq; 2) shirinliklar; 3) rangli shisha buyumlar; 4) qurol-yarog`; 5) dori-darmonlar
A) 1,2,5 B) 1,3,4 C) 1,3,5 D) 1,2,4,5
19. Farg`onaning Qurama va Qoramozor to`g`lari yonbag`irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug`ullanilgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
20. Chag`oniyon va Choch elchilari Su`g`d hukmdori Varxuman huzuridagi tasviri qaysi yodgorlikdan topilgan?
A) Zangtepa qal`asi B) Afrosiyob C) Varaxsha D) Shoshtepa
21. Eftaliylar davrida Chochning ipak yo`lidagi muhim strategik ahamiyati kamaymaganligi, Sosoniylar podshosi Xusrav I ning eftaliylarga qarshi kurashi bayon etilgan manbada Choch Farg`ona kabi eftaliylarning chegara hududi sifatida keltirilganligi, bu davrda Choch So`g`d va boshqa mulkliklar kabi o`z mustaqil ichki va tashqi siyosatini davom ettirganligi qaysi manbada aytib o`tilgan?
A) Bo`riboy Ahmedov “O`zbekiston tarixi manbalari”
B) Y.F.Buryakov “Ilk o`rta asrlardagi Choch tarixidan”
C) Ahmadali Asqarov “O`zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi”
D) M.Lavasov “Ozbekiston tarixi manbalari”
22. “Choch” ajamlar tomonidan “Shosh” deb nomlangan. Chunki arab alifbosida “ch” harfi bo`lmagan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
23. Chochda tarqalgan diniy e`tiqodlar berilgan javobni toping.
1) xristianlikning nestorian oqimi; 2) moniylik; 3) buddaviylik; 4) tangrichilik;
5) zardushtiylik; 6) islom.
A) 1,2,3,5 B) 1,3,4,5 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4,5
24. Choch (Toshkent vohasi) Chirchiq va Ohangaron havzalaridagi dehqonchilik va ko`chmanchi chorvadorlarning hududlari kesishgan mintaqada joylashgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
25. Ilgari Chochda o`troq mahalliy aholining manzilgohlari paydo bo`lgan bo`lsa, ... da ularning soni nihoyatda oshgan.
A) VI-VIII asr boshlarida C) VI-VII asrlarda
B) V-VII asr oxirlarida D) V-VI asr boshlarida
26. Turk xoqonligi davrida Toshkent vohasining turkiy hukmdorlari davlat ishlarini olib borishda qaysi til va yozuvdan foydalangan?
A) turkiy B) oromiy C) sug`diy D) arab
27. Turk-sug`d na`munasidagi tangalar nechanchi asrlarga oid?
A) V-VI B) VI-VII C) V-VII D) VI-VIII
28. Chochda sug`diy til va yozuv qatorida turkiy til va yozuvning amal qilishi quyidagi qaysi yodgorlikdan topilgan sopol idishdagi bitiklarda o`z aksini topgan?
A) Zangtepa qal`asi B) Afrosiyob shahar xarobasidan C) Varaxsha D) Qanha shahar xarobasidan
29. Chochda Turk xoqonligi hukmronligi qachon o`rnatildi?
A) VI asr boshlari C) VI asr birinchi choragi
B) VI asr ikkinchi yarmi D) VI asr oxirlari
30. Choch G`arbiy Turk xoqonligi tarkibiga kirgach xoqon Chochga kimni hokim etib tayinlaydi?
A) El Arslon B) Qoracho`rin C) Eltabar D) Tegin Tyanchji
31. G`arbiy Turk xoqonligi davrida Teginlar sulolasi Chochni boshqardi. Choch ma`muriy boshqaruvida tegindan (shahzoda, taxt vorisi) keyin soliq yig`ish bo`yicha nozirlar - tudunlar (soliq yig`imlari nozirlari) turgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri
32. Xoqon To`n yabg`u islohotlaridan keyin qaram o`lkalarga o`z vakillari el davlat boshqaruvchilarini yuboradilar. Bular ...
A) yabg`u B) eltabar C) tudun D) shod
33. Choch tangasi nechanchi yillarga oid?
A) 625-725-yillar B) 650-675-yillar C) 600-650-yillar D) 675-700-yillar
34. Xoqon To`n yabg`u islohotlaridan keyin qaram o`lkalardan tushadigan soliq nazoratini qaysi amaldorlar orqali amalga oshiradi?
A) yabg`u B) eltabar C) tudun D) shod
35. Coch tashqi savdoda chetga chiqargan mahsulotlar bu ...
1) Lashkarak kumushlari; 2) Tunkat va To`qkat metali; 3) dori-darmonlar; 4) moviy feruzalar; 5) bo`yoqlar.
A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 1,4,5 D) 1,2,3
36. Choch hududida g`arbiy Turk xoqoni ... nomi chekilgan tangalar, keyinchalik To`n yabg`u xoqonning ... deb nomlanuvchi tangalari muomalada bo`lgan.
A) Tegin xoqon, yabg`u-xoqon puli C) Qoracho`rin, yabg`u-xoqon puli
B) El Arslon, yabg`u-xoqon puli D) Tardu xoqon, yabg`u-xoqon puli
37. Tujjor bu ...
A) savdogar B) chopar C) hunarmand D) sarbon
38. Turk hukmdori To`n yabg`u o`z qarorgohini Choch yaqinidagi Mingbuloq mavzesiga ko`chirgan.
A) to`g`ri B) noto`g`ri

Download 118.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling