M. G’aniyev O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami Kirish
-19-mavzular. VII-VIII asr boshlarida Turonda siyosiy vaziyat
Download 118.32 Kb.
|
1672287661 O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami
18-19-mavzular. VII-VIII asr boshlarida Turonda siyosiy vaziyat
1.Arablar istilosiga qadar O`rta Osiyo hududidagi mahalliy hokimliklar qaysi davlatga vassal edi? A) Eftaliylar B) Xioniylar C) Kidariylar D) G`arbiy Turk xoqonligi 2. Turon (Xuroson) shaharlari orasida birinchi bo`lib arab istilochilari tomonidan egallangan shahar to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping. A) Maymurg` B) Chag`oniyon C) Marv D) Balx 3. Arablar istilosiga qadar O`rta Osiyo hududidagi mahalliy hokimliklar ... di. Qaysi qatorda to`g`ri javoblar berilgan? 1) mahalliy hokimliklar G`arbiy Turk xoqonligi vassali bo`lsada, mustaqil ichki siyosat yurgizish imtiyoziga ega edi; 2) kuchli markaziy hokimiyat yo`q bo`lib, o`lka bir necha mulklardan tashkil topgan konfederatsiyaga birlashib turardi; 3) Su`g`d va Toxariston mulklarga, Choch va Iloq xoqonlik vassalligidagi yarim mustaqil mulklarga, Farg`ona hokimliklarga bo`linib ketgan edi; 4) Chag`oniyon, Kabodiyon, Xuttalon, Rasht, Darvoz, Badaxshon kabi o`lkalar ham yarim mustaqil mulklar sifatida o`z hokimlari tomonidan boshqarilardi; 5) mulk hukmdorlari ichki mustaqil bo`lgani bois, o`zlarini ko`p ham markazga tobe, deb hisoblamasdi. A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3,5 D) 1,2,3 4. O`z davrining qudratli davlatlaridan biri sanalgan Sosoniylar Eroni Arab xalifaligi qo`shinlari tomonidan zabt etilgach, istilochilarga Movarounnahr tomon yo`l ochildi. A) to`g`ri B) noto`g`ri 5. Arablar Marv shahrini qachon jangsiz egallaydilar? A) 651-yil B) 673-yil C) 654-yil D) 667-yil 6. Arablar tomonidan Xuroson deb atalgan hududni ko`rsating. A) Afg`onistonning shimoliy, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo`lgan hududlar B) Afg`onistonning janubiy, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo`lgan hududlar C) Afg`onistonning shimoliy, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Shimoliy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo`lgan hududlar D) Afg`onistonning shimoliy, Eronning g`arbiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo`lgan hududlar 7. Xurosonning markazi Balx shahri edi. A) to`g`ri B) noto`g`ri 8. Amudaryoning shimolida joylashgan boy viloyatlarni arablar qanday nom bilan atashgan? A) Xuroson B) O`rta Osiyo C) Movarounnahr D) Turon 9. “Daryoning narigi tomoni” so`zining ma`nosi ... A) Xuroson B) O`rta Osiyo C) Turon D) Movarounnahr 10. Arablar Amudaryoning o`ng sohiliga bosqinchilik yurishlarini qachon boshlaydilar? A) 651-yil B) 673-yil C) 654-yil D) 667-yil 11. Arablarning yengil va og`ir yaroqlar bilan qurollangan kuchli otliq qo`shini asosini arab qabilalari vakillari, piyoda qo`shinlar tarkibini esa zabt etgan xalqlar vakillari tashkil etgan. A) to`g`ri B) noto`g`ri 12. Arablarning Movarounnahrga ilk bor hujumlari qachon, qayerga bo`lgan? A) 651-yil Marv C) 667-yil Ch`ag`oniyon B) 654-yil Maymurg` D) 673-yil Buxoro 13. 673-yilda arablar qayerga hujum qiladi? A) Maymurg` B) Poykand C) Termiz D) Chag`oniyon 14. Arablar qachon Amudaryodan kechib o`tib, Buxoro hududiga bostirib kiradi? A) 651-yil B) 673-yil C) 654-yil D) 667-yil 15. Qachon arablar Movarounnahr hududini to`liq bosib olishga kirishadilar? A) VII asr o`rtalari C) VIII asr boshlari B) VII asr oxirlari D) VIII asr o`rtalari 16. Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim 705-715-yillar davomida bosib olgan hududlar to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping. 1) Chag`oniyon; 2) Poykand; 3) Buxoro; 4) Naxshab; 5) Kesh; 6) Xorazm; 7) Samarqand; 8) Choch; 9) Farg`ona. A) 1,3,4,5,6,8,9 B) 1,2,4,5,7,8,9 C) 1,2,3,4,5,6,7,8,9 D) 1,2,3,4,5,7,8 17. 673-yil arablar Poykand va Romitonni egallab, Marvga qaytadilar. Yo`l-yo`lakay Kesh shahri ham egallanadi. A) to`g`ri B) noto`g`ri 18. “Buxoro tarixi” asari muallifi kim? A) Muhammad Yusufbek Bayoniy C) Hofiz Tanish Buxoriy B) Muhammad Rizo Ogahiy D) Abu Bakr Narshaxiy 19. Amudaryoning qadimgi nomi nima? A) Jayhun B) Sayhun C) Yaksart D) Politimet 20. Kesh, Nasaf, Xorazm arab qo`shinlarini qo`llab-quvvatlashi istilo muvaffaqiyatini ta`minladi. A) to`g`ri B) noto`g`ri 21. Arablarga qarshi Turkiy davlatlar G`arbiy va Sharqiy Turk hamda Tarkash xoqonliklari boshchiligidagi kurashi arab istilosining nechanchi bosqichida bo`ldi? A) birinchi bosqich C) uchinchi bosqich B) ikkinchi bosqich D) to`rtinchi bosqich 22. Arablarga qarshi kurashda yagona maqsad yo`lida birlashgan mahalliy hokimliklarni hukmdorlari bilan juftlang. 1) Buxoro; 2) Choch; 3) Farg`ona; 4) Kesh va Nasaf; 5) Sug`d; 6) Toxariston a) tudun; b) ixshid; c) hokim; c) yabg`u; d) buxorxudot A) 1-b, 2-a, 3-b, 4-c, 5-d, 6-c C) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c, 5-b, 6-c B) 1-d, 2-a, 3-d, 4-c, 5-b, 6-c D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-c, 5-b, 6-d 23. Arablarga qarshi kurashda ayniqsa, turk-sug`d ittifoqining kuchayishiga yordam bergan G`arbiy Turk xoqonligi vorisi bo`lgan Tarkash xoqonligi hukmdori kim? A) El Arslon B) Yo`xonni C) Qoracho`rin D) Suluxon 24. Arab istilosi na`tijasida mintaqada yangi siyosiy kuchlarning paydo bo`lishi oqibatida Turon hududi ikki qismga bo`lindi. Bular ... 1) Movarounnahr (”Daryoning narigi tomoni”); 2) Arodi at-turk (”Turklar yerlari”, ya`ni arablarga bo`ysunmagan hukmdorlar yerlari); 3) Xuroson; 4) Markaziy Osiyo A) 1,3 B) 1,4 C) 1,2 D) 2,4 25. “Inal xoqonga arab, tuxor hujum qildi ... Turk xalqi Temir darvozagacha, Tinsi o`g`li yotadigan toqqa yetdi”. Ushbu jumlalar qaysi manbadan olingan? A) Kultegin bitiktoshining 35-36-qatorlari B) To`nyuquq bitiktoshining 45-47-qatorlari C) Kultegin bitiktoshining 45-48-qatorlari D) To`nyuquq bitiktoshining 55-57-qatorlari 26. 704-yil Qutayba ibn Muslimni Xurosonga noib etib yuborgan arab xalifasi kim? A) Abdurahmon ibn Marvon C) Abul Abbos Saffoh B) Nasr ibn Sayyor D) Ashros 27. Qutayba ibn Muslim qayerda tavallud topgan? A) Makkada C) Shomning Boxila degan joyida B) Madina (Yasrib) D) Iroqning Kufa shahrida 28. Qutaybaning to`liq ismi-sharifi Amir Qutayba ibn Muslim ibn Umar ibn Husayn ibn Robiya ibn Xolid ibn Usayd Al-Xayr bo`lgan. A) to`g`ri B) noto`g`ri 29. Qutayba ibn Muslimning g`ayratli va uddaburon lashkarboshi, adolatli hukmdor, xiyonatni yoqtirmaydigan, o`jar tabiatli, ilmli va she`riyatni qadrlovchi inson sifatida gavdalantirgan manba bu ... A) fors va arab tilidagi solnomalar C) rus va arab tilidagi solnomalar B) xitoy va arab tilidagi solnomalar D) fors va nemis tilidagi solnomalar 30. Arab xalifaligi ma`muriyati tomonidan xristianlik dinidan tashqari qaysi dinlar soxta dinlar deb e`lon qilindi? 1) zardushtiylik; 2) tangrichilik; 3) shomonlik; 4) nestorianlik; 5) moniylik A) 1,2,3 B) 1,4,5 C) 1,3,4 D) 1,3,5 31. Arablar dastlab islom dinini qabul qilib musulmon bo`lgan mahalliy aholi vakillarini qaysi soliqlardan ozod qilganlar? A) zakot va xiroj C) xiroj va jizya B) ushr va zakot D) ushr va xiroj 32. Arablar davrida islomni qabul qilmaganlardan olingan jon solig`i to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping. A) jizya B) zakot C) ushr D) xiroj 33. Arablar davrida islom dinini qabul qilishning yangi shartlaridan biri musulmon bo`lganlar Qur`on suralarini yod olishlari shart edi. A) to`g`ri B) noto`g`ri 34. 720-yil Sug`dda ko`tarilgan qo`zg`olonga kim rahbarlik qilgan? A) Hoshim ibn Hakim C) Abu Muslim B) Rofe ibn Lays D) G`urak va Divashtich 35. 720-yil Sug`ddagi qo`zg`olonchilarga qayerdan yordam kuchi keladi? A) Mo`g`uliston C) Sharqiy Turkiston B) Xuroson D) Yettisuv 36. Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arablar hokimiyatini mustahkamlash maqsadida vaqtinchalik tadbir sifatida islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya soliqlarini olmaslikka qaror qilgan Xuroson noibi kim? A) Nasr ibn Sayyor C) Ashros B) Umar ibn Abdulaziz D) Qutayba ibn Muslim 37. Arablar Movarounnahrni deyarli ikki yuz yil davomida juda katta kuch, mablag` va talofatlar evaziga qo`lga kiritdilar. A) to`g`ri B) noto`g`ri 38. Arablar Turonni egallashlari uchun qo`l kelgan omillar to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping. 1) mintaqaning yetakchi kuchlari - Sharqiy va G`arbiy Turk xoqonliklarining ijtimoiy-siyosiy ahvoli VI asr oxiri-VII asr boshlaridagidek barqaror emasdi; 2) Sharqiy Turk xoqonligi, G`arbiy Turk xoqonligi va Tarkash xoqonligi o`rtasida birlik yo`qligi hamda ularning Turon aholisiga dushmanga qarshilik ko`rsatishga yordam berishlarida umumiy safarbarlik tashkil etmaganligi; 3) qudratli Turk xoqonligining tanazzuli nafaqat arab istilochilari uchun qo`l keldi, balki azaliy raqib bo`lgan Tan imperiyasi uchun ham ayni muddao bo`ldi; 4) Xitoy hurujlari bilan band bo`lib qolgan Sharqiy va G`arbiy turklar arab istilosiga qarshi kurashda o`z ittifoqchilariga yetarli yordam berolmadilar; 5) arablar qiyinchilik bilan mintaqadagi ozodlik harakatlarini sindirdi, mahalliy hukmdor aslzodalarni o`z tarafiga og`dirib oldi va shu yo`l bilan Turonni egallab, o`lka aholisini islomlashtirishga erishdi. A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,4,5 C) 1,2,4,5 D) 1,2,3,4 Download 118.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling