M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan
Download 1.15 Mb.
|
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan
Karlo Kollodi (1826-1890). Bu yozuvchining haqiqiy ismi - Karlo Lorentsini. U Florentsiyada tug`ilgan va yoshligidanoq Italiya ozodlik harakati bilan bog`lanib qolgan. Shu davrlardan uning adabiy faoliyati ham boshlangan. U o`ziga adabiy taxallus qilib, onasi tug`ilgan shaharchaning nomini olgan va eng mashhur asar sifatida tanilib, jahonni kezib chiqqan, yog`och bolakayning ajib sayohatlari bayon etilgan "Pinokkioning sarguzashtlari" asarini jahon bolalariga taqdim etgan buyuk yozuvchidir. Kollodi bejizga italyan bolalar adabiyotining haqiqiy asoschisi deyilmaydi. Uning maxsus bolalar kitobxonligi uchun yozilgan birinchi povesti qahramoni "Djannetino" bo`lib, u quvnoq, sho`x shirinxo`r bola, o`zi uncha mard-jasur bo`lmasa-da, har xil sarguzashtlarni yoqtiradi. Yozuvchi u haqda bir butun turkum asarlar yaratgan. Ammo haqiqiy shon-shuhratni yozuvchiga 1881- yilda nashrdan chiqqan "Birta buratinoning tarixi" ("buratino" italyanchadan - marionetka, ya`ni qo`g`irchoq) asari keltiradi. Keyinroq muallif uni "Pinokkioning sarguzashtalari yoki bir qo`g`irchoq tarixi" deb qayta nomladi. Bu erda yuksak badiiy san`at tirik yumor bilan bog`lanib ketib, bolalar uchun zerikarli bo`lgan pand-nasihatga o`rin qolmagan. Bolalar ruhiyatini yaxshi tushungan yozuvchi, jiddiy fikrlarni bolalarga tushunarli, ularga yetib boradigan shakllarga o`rab, ajib kulgili sarguzashtlarga ulab yuboradi. Ko`p lavhalar muallifning aniq va nozik kuzatishlariga asoslangan. Aytaylik, bolalar aniq fikrlaydilar va metaforani to`g`ri, o`z ma`nosida tushunadilar. Shuning uchun ham "Yolg`onning oyoqlari kalta", degan matal Kollodiga yaxshi bahona bo`lib, muallif yosh kitobxonlarning boshqa iqtidorlarini ya`ni, bo`rttirish qobiliyatlarini inobatga olib, bu metaforik jumlani "moddiylashtirdi": Pinokkio yolg`on gapirishni boshlasa, uning burni cho`zilib, kattalashib ketardi. Yoki, yana bir misol: ko`pincha axmoq odamni eshak deb atashadi. Shuning uchun ham oqko`ngil feyaning o`qishga majburlashlaridan qochib, ko`ngilxushliklar mamlakatiga qochib qolgan Pinokkioning quloqlari eshaknikiga o`xshab o`sib, kattalashib, badani jun bilan qoplanib, hattoki dum ham o`sib chiqadi.
Kollodining demokratik qarashlari uning kitoblarida ham o`z aksini topgan. Pinokkio kissasida bir tangasi ham yo`q kambag`al o`g`liga alifbo olib berish uchun o`zining kurtkasini sotgan Djepettoning o`g`li. Yog`och bolakayning o`zi esa, mehnat qilib, otasiga va kasal feya - havorang sochli Qizchagà yordam bera boshlagach, haqiqiy insonga aylana boshlaydi. Boy va amaldor personajlar asarda istehzo bilan tasvirlanadi. Bechora, kambag`al ammo gunohsiz odamning javobgarlikka tortilib, "odil sud hukm chiqarishi" ustidan ustalik bilan zaharxanda qilinadi: qahramon to`rt oyga qamoqqa tushadi va Bolvaniyada e`lon qilingan amnistiyaga tushib, chambarak ortidan qutulishi uchun o`z-o`ziga tuhmat qilishga majbur bo`ladi. Yog`och odam ustidan qilinayotgan sud jarayoni ham juda kulgili. Uning qilgan yomonliklari haqida eshitgan sud'ya janoblari juda hayajonda va to`lqinlangan ko`rinadi, ammo keyin politsiya mundirida kiyingan ikkita itni chaqirib ularga: "Bechoraning to`rtta oltin tangasini o`g`irlashibdi. Uni endi bog`lang va zudlik balan qamoqqa tashlang" , - deb buyruq beradi. Fantastika hamda muallifga zamondosh bo`lgan hayot bilan bog`lanib ketgan mumtoz ertak, ital'yan san`atiga o`ta qadrdon bo`lgan janrga mansub. Italiya - Arlekino, Kolombinoy, Pul'chinelloy kabi mashhur personajlar-niqoblar teatri hamda qo`g`irchoq teatrlarining vatanidir. Kollodi murojaat qilgan, qo`g`irchoq komediyalari an`analari - Plavt, Terentsiy kabi Rimning buyuk qadimgi komediyachilari ijodining tomirlariga borib taqaladi. Shu bilan birga Pinokkioning sarguzashtlarida italyan xalq ertaklarining nishonalari bor. Italyan ertaklari bilan rus bolalarini M. Gor'kiy tanishtirdi. 1912-yilda uning noshirligi ostida bu ertaklarning to`plami chiqdi. "Pinokkioning sarguzashtlari" Rossiyaga Aleksey Tolstoy tomonidan tarjima qilinib, qayta ishlangan nashrda "Oltin kalitcha" nomi bilan bosmadan chiqdi. U o`sha davrdà dolzarb bo`lgan mavzular bilan asarni boyitdi. Uning fikricha rus bolalariga tushunarsiz bo`lgan joylarini ruscha ruhda qayta ishlab, ba`zi obrazlarni almashtirdi. Yozuvchi tomonidan poydevor qo`yilgan ertak-povestning yumoristik-satira an`anasi italyan adabiyoti, shu jumladan, Janni Rodari ijodida o`z ifodasini topdi. Kollodining asari bir umrga bolalarning sevimli kitobiga aylanib qoldi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling