M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan


Download 1.15 Mb.
bet15/48
Sana13.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1193912
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
Bog'liq
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan

Antuan de Sent-Ekzyuperi (1900 -1944). Mashhur yozuvchi, roman va esselar muallifi Antuan de Sent-Ekzyuperi bolalar adabiyotiga "Kichkina shahzoda" ertakona povesti bilan kirib keldi. Yozuvchi 1927-yilda "Janubiy pochtachi" romani bilan debyut (ilk asar, birinchi urinish) qilgan edi, ammo faqatgina 1939- yildagina Antuan de Sent-Ekzyuperiga uning "Tungi parvoz" asari shuhrat keltirdi. Muallif o`z shaxsiy tajribasidan ma`lum bo`lgan birinchi parvozlar hamda samolyotlar haqida yozgan edi. 1939-yili yozuvchini "Insonlar sayyorasi" kitobi uchun Fransuz akademiyasi "Romanning Katta premiyasi" degan unvon bilan taqdirladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Antuan de Sent-Ekzyuperi Harbiy uchuvchi bo`lib xizmat qildi va 1942-yili uning "H’arbiy uchuvchi" deb nomlangan kitobi bosmadan chiqdi. Uning "Tsitadel'" nomli asari tugallanmay qoldi; kunlarning birida Sent-Ekzyuperi jangovor topshiriqdan qaytib kelmadi. U qahramonona shaxs edi va bu narsa uning asarlaridan ham ufurib turardi. Fransuz yozuvchisining romanlari, ocherklari va esselari lirizm va chuqur falsafiy mazmun bilan yo`g`rilgan. "Yer bizlarga o`z-o`zimizni tushunimizga kitobdan ham ko`proq, yordam beradi. Ammo bizga Yer qarshilik ko`rsatadi. Inson o`zini, to`siqlarni yengib o`tishdagi kurashlarda anglaydi",- deb yozadi Antuan de Sent-Ekzyuperi o`zining "Insonlar sayyorasi" asarida. Ammo bu kurash uchun unga asbob-uskunalar kerak bo`ladi. Randa kerakmi yoki omoch. Samolyot ham shunday: havo yo`llarini ochuvchi uskuna, insonni abadiy savollarga undaydi". Uning asarlarining umumiy g`oyasi - bu yer yuzidagi eng asosiy narsa, inson bilan insonning bog`liqligidir. U birinchi parvozi taassurotlarida tepadan turib ko`rganlari, u yer bu yerda miltirab turgan kichik-kichik nurchalar – yorug`lik, har bir inson: shoir, yozuvchi, usta, ishchi uchun kerak bo`lgan yaqinlarning iliqligi, oila tafti, oila o`chog`i. Agar har bir yorug`likka kerakli vaqtda kerakli chaqiriq berilib, butun yer yuzidagi barcha yorug`liklarning birlashishi, katta yorug`likka aylanishi yozuvchi hamda uchuvchining ushalmas orzularidan biri edi. "Kichik shahzoda" 1943-yilda yozilgan va unga muallif tomonidan illyustartsiyalar (rasmlar) ishlangan. Yozuvchining o`zi olti yasharligida kattalarga tushunarsiz bo`lgan rasmlar chizishini eslaydi. Shuning uchun ham unga biror kishi bilan dildan suhbatlashishga imkon bo`lmagan. Povestidagi voqealar Sent-Ekzyuperining hayotida real sodir bo`lgan. Saxara cho`llarida qanday qilib samolyotini qo`ndirishga majbur bo`lganini so`zlay boshlaganidan, ertakona tus oladi. Tongda uchuvchini uyg`otgan Kichik shahzoda bilan tezda til topishib ketadi. Bolakay uchuvchiga o`zi uchib kelgan sayyora, u erdagi g`aroyib gulni meribonlik bilan parvarish qilishi haqida darrov so`zlab beradi. Uning sayyorasi - ertalablari o`zining nonushtasini uning vulqonlarida isitib oladigan, kichkinagina, shinamgina uychaga o`xshashi haqida so`zlab beradi. Kichik shahzoda mehmon bo`lgan, qo`shni sayyoralarda istiqomat qiluvchilarni va ularning hayotlarini tasvirlaydi va bu tasvirlar o`ziga xos pand-nasihat va o`gitlardan iborat: qanaqa g`alati xalq ekan bu kattalar , deb bola ularni zo`rg`a tushunadi. Bir qancha sang`ib yurishlardan so`ng Kichik shahzoda o`z yo`lida Tulkini uchratadi. Bu uchrashuv povest' ichida kichik novellani hosil qilgan. Kichik shahzoda, mening tulkim "yuz ming tulkilar ichida boshqa tulkilardan hech farq qilmasdi", ammo men u bilan do`stlashib qoldim, u endi butun dunyoda "yakkayu- yagona" deydi. Kichik shahzoda "Faqatgina bolalar nima izlayotganlarini bilishadi, - deydi u, - agar u latta qo`g`irchog`ini kuni bilan uynab o`tirsa, u unga eng kerakli va qadrdon narsaga aylanib qoladi, agar bolani qo`lidan qo`g`irchoqni tortib olishsa, ular yig`laydilar..." Muloqotga, hamdardlikka, mehrga, himoyaga ehtiyojmandlik bolalarga xos xususiyat, faqatgina bolalar o`zlarining soddadilliklari va sof yuraklari bilan ko`pincha kattalar yodidan chiqarib qo`yadigan bu xususiyatlarni ularning yodlariga solib turishadi. Kichik shahzoda va yo`qotilgan samolyotni uchuvchisi bilan sahrodan topishadi - bu esa yo`qotilgan haqiqatni topilganiga ishora edi: "Yurak bilan izlash kerak" degan xitob yangraydi unda.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling