M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan


-mavzu: Italiya bolalar adabiyoti


Download 1.15 Mb.
bet17/48
Sana13.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1193912
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Bog'liq
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan

8-mavzu: Italiya bolalar adabiyoti
Reja:
1.Italiya bolalar adabiyoti shakllanishida Uyg`onish davri ta`siri: xalq ertaklari va adabiy ertaklar.
2.Karlo Kollodi – italyan bolalar adabiyotining asoschisi: "Pinokkioning sarguzashtlari" asari va uning rus hamda o`zbek adabiyoti rivojiga ta`siri.
3."Grammatika fantaziyasi" asarida bolalarcha fikr qila olish muammolari talqini.
Tayanch tushunchalar: uyg`onish davri, xalq ertaklari, adabiy ertaklar, ertaknavis adib, g`oya, badiiy mundarija
IPT – sharhlovchi ma'ruza.
IAT – mavzuga doir slayd.
Italiya adabiyot va san`atida Uyg`onish davri bashqa Yevropa mamlakatlariga nisbatan ancha oldin namoyon bo`ldi. Franchesko Petrarka, Djovanni Bokkacho, Dante Alig`eri, Leonardo do Vinchi, Mikelandjelo kabi buyuk va dunyoga mashhur san`at arboblari ijodining markazida inson hamda u bilan bog`liq mavzular asosiy o`rinni tutgan. Uyg`onish davri adabiyoti va san`atining buyuk vakillari asarlarida oliy o`rinni har bir zamonaviy kishi rivojlanishining asosiy pillapoyasi bo`lgan, insonning ma`naviy-ruhiy kamoloti egalladi. Shu jihatdan, o`smirlarga Petrarkaning lirik she`rlarini bemalol taqdim etish mumkin.
Franchesko Petrarka (1304-1374). Dante va Bokkachcholar qatorida Petrarka ham Italiya adabiyotining shon-shuhratini dunyoga taratdi. Uning nomi nafaqat Evropa yangi adabiyotining asoschisi bo`lgani uchun mangu bo`lib qoldi, balki, Yevropada birinchi gumanistlardan sanalib, hech kim unchalik inson va dunyo asrining ochilishiga o`zining hissasini ko`p va xo`p qo`shgan emas. Franchesko Petrarka florensiyalik notarius xonadonida dunyoga keladi. Vaqt o`tib, otasi o`z o`g`lini huqushunoslikka oid bilimlarga ega bo`lishga (yuridik ta`lim olishga) majburlagan edi. Ammo uning sevimli mashg`uloti Rim antik davri adabiyoti edi; u o`zining butun umrini shu yo`lga bag`ishladi. U lotin tilini, xuddi italyan tilini bilganidek egallagan edi. Uning qadimgi rim mualliflari asarlari bilan to`la kutubxonasi barchaga ma`lum va mashhur bo`lgan. Petrarkaning ko`p asarlari ham o`sha davr an`analriga muvofiq, lotin tilida yozilgan. Ammo uning eng asosiy asarlaridan biri bo`lgan "Kantson'ere" ("Qo`shiqlar kitobi") "vol'gare" she`rlari oddiy Italiya xalqi tilida yozilgan; bu asar bilan adib "ziyolilar"ning tor doirasidan, keng kitobxonlar ommasiga chiqishga urinadi. Unga 317 ta sonetdan (ital'yan soneti o`ziga xos tarzda qofiyalangan 14 qatorli she`r) iborat. Italiya xalq ertaklarini birinchi bo`lib, yozuvchi Janbattista Bazil'e (1575-1632) yig`gan va qayta ishlagan. Uning "Pantameron" yoki "Ertak haqida ertaklar"i o`zining shakli jihatidan Bokkachchoning "Dekameron"iga o`xshab ketadi va ellikta novelladan iborat. Uni o`nta har xil hikoyachi ayollar besh kun davomida so`zlab berishadi. "Pantameron" Bazile o`limidan ikki yil keyin nashr qilingan. Deyarli bir asr davomida kitob noma`lum bo`lib qoladi, faqatgina, XIX asrda aka-uka Grimmlar tomonidan kitobga e`tibor berilgach, unga nisbatan qiziqish ortadi. "Pantameron" asl ma`nodagi xalq ertaklarining to`plami emas, unda faqat o`rta asr afsonalari va mumtoz asarlar motivlari to`plangan. G`arb adabiyotida Bazil'e adabiy ertak otasi hisoblanadi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling