M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan


Download 1.15 Mb.
bet13/48
Sana13.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1193912
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48
Bog'liq
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan

Fransua Rable (1494 - 1553) Fransiya Uyg`onish davrining ulkan adibi va Yevropaning buyuk insonparvarlaridan biri. U Shinonda kichik sud amaldori oilasida dunyoga kelgan. Rable fransiskan cherkovining monaxi, keyin ruhoniy darajasini oldi. U tabiiy fanlar, tabobat bilan shug`ullangan va 1528 yilda cherkov hukumatining ruxsati bilan Parijga jo`nab ketadi. Keyinroq esa Lionda katta kasalxonaning vrachi bo`lib ishlaydi hamda shu shaharning o`zida yozganlarini chop ettiradi. Bir qancha vaqt Rable Italiyada yashab, botanika bilan shug`ullanadi. Ma`lumki, faqatgina cherkov va monastirlar o`zlarining mevazor bog`lari hamda seleksiya ishlari bilan mashhur bo`lishgan. Rable o`zigà tanish bo`lmagan meva, sabzavotlarning urug`larini va navlarini yig`ib, Fransiyaga jo`natar edi. 1533-yilda "Pantagryuel"ning birinchi qismi paydo bo`ldi. Aslini olib qaraganda, Rable "Buyuk va bahaybat ulkan odam (velikan) Gargantyua haqidagi bebaho va buyuk xronikalar" deb nomlangan xalq ertagi syujetini qayta ishlagan va undan foydalangan. Badiiy jihatdan zaif "Gargantyua" o`zidà keng folklorni hamda eski ritsarlik romanlarining qahramonlariga yo`naltirilgan o`tkir satirani o`z ichiga olgan. "Pantagryuel'" esa Rable tomonidan o`ylab topilgan bo`lib, shu xalq kitobining davomi, ya`ni, asl nusxaning sodda yasamasi edi. 1534-yili "Pantagryuelning otasi, buyuk Gargantyuaning dahshatli hayoti haqidagi povest'" deb nomlangan kitob bosmadan chiqadi. Lekin bu kitob "Pantagryuel"ni orqaga surib, romanning birinchi kitobi bo`lib oldi. Bu asarda Rable tomonidan ko`tarilgan savollarning eng asosiysi sifatida Gargantyuaning tarbiyasi haqidagi muammoni keltirish mumkin. Qirol Granguz'e avval o`z o`g`lining tarbiyasini sxolastlarga topshiradi. O`rta asrlarda cherkov dogmalarini hech qanday mantiqiy sharhlarsiz, sun`iy ravishda izohlashga asoslangan falsafa va shu yo`nalish murabbiysi. Ammo sxolastika shu davrga kelib quruq yod oldirish usuliga o`tib olgan edi. O`qituvchilar bolaga o`rgatilayotgan narsalarni tutilmasdan, aytilayotgan so`zning mantiqiga yetmay turib, barchasini yod olishga majbur qilishar edi. Buning natijasida bola hech narsani o`rgana olmasdi. Rable kitobxonlarga Gargantyuaning gumanistlar tomonidan o`qitib-o`rgatilishi haqidagi boblarda o`zining ideallarini bayon qiladi. Rablening asosiy pedagogik qarashlari italyan gumanistlari va Erazm Rotterdamskiyning qarashlari bilan to`g`ri keladi. Ular insonning aqliy va jismoniy rivojlanishi o`zaro uyg`unlikda kechishi, ya`ni, aqliy tarbiya albatta, jismoniy tarbiya bilan birgalikda olib borilishi kerakligini ta`kidalydi. Binobarin, Rable ta`lim-tarbiya jarayoni har xil fanlar bilan almashinib turishi, dam olishga ham vaqt ajratilishi kerak, shundagina ta`lim oluvchi ishtiyoq va xursandchilik bilan o`rganadi, degan mantiqqa tayangan. Shunday qilib, romanning syujeti xalq ijodidan olingan bo`lib, oddiy tilda bayon qilingan, uning tomirlari folklorga borib taqaladi. Rablening tili ham asosan, xalqchil, faqatgina muallif uni badiiy va ilmiy elementlarni qo`shib boyitgan. Rablening donishmandligi va yumori unga haqiqatdan ham jahon madaniyati tarixida abadiy romanni qoldirdi. Uning Gargantyua hamda Pantagryuelning bolaligi va tarbiyasi haqidagi kitoblari ko`pgina dunyo tillariga tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etildi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling