M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.15 Mb.
bet10/48
Sana13.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1193912
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
Bog'liq
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Buyuk Britaniya bolalar adabiyotidagi ilk qadamlar haqida so`zlang.
2. Kattalar va bolalar kitoblarining o`zaro aloqadorligi haqida fikr bildiring?.
3. "Beovul'f"-qanday asar?
4. Angliyaning barpo etilishi va uning tarixiga oid ilk asarlarni sanang?
5. Ritsarlar haqidagi afsonalar mohiyati nimadan iborat?
6. Robin Gud haqidagi afsonalar va balladalarning bolalar adabiyoti rivojiga ta`sirini qanday baholaysiz?
7.D.Defo va uning mashhur qissasining yozilish tarixi haqida nimalarni bilasiz?.
8.Gulliverning g`ayritabiiy sarguzashtlari haqidagi asarining janriy xususiyatlari nimalardan iborat?
9. Valter Skott qanday yozuvchi?
10. "Sherlok Xolms" qaysi adibning mashhur qahramoni?
11. Detektiv janr haqida ma`lumot bering?
12. Anamalistik ertaklar asoschisi kim va bu janr xususiyati?
13. Nega Kerrolning kitoblari "Bolalar uchun emas" deb topilgan?
14. Alisa qaysi asar qahramoni?


5-mavzu: R. Kipling – bolalar adabiyotining yetuk vakili
Reja:
1. R. Kiplingning hayoti, faoliyati.
2. Ijodidagi o`ziga xosliklar.
3. “Maugli”ning yaratilish tarixi, badiyati.
IPT – sharhlovchi ma'ruza.
IAT – mavzuga doir slayd.


Jozef Redyard Kipling(1865 - 1936). Kipling ingliz adabiyotida serqirra va anchagina qarama-qarshiliklarga yo`g`rilgan shaxs. Tanqidchilar uning askarlik sharafi, kuchi va tartibini o`rnatishda idealga intilishlari haqida ko`p fikr bildirishgan. Uning g`oyalari deyarli sodda va g`ayritabiiy: Britaniya imperiyasi saltanati barchadan ustun, inglizlarning o`zlari esa dunyoda eng oliy millat, ularning eng ustun qonunlari asosida boshqa xalqlarni ulardek yashashga majburlovchi. Ammo Kiplingning ertagi dunyoda eng mashhur asarlardan biri bo`lib, bolalar uni o`qishayotganida undagi kuch va tartib-qoida haqidagi g`oyalarga umuman parvo ham qilishmaydi. Kipling ko`p yillar davomida hindular koloniyasida jurnalist bo`lib ishlagan, ajoyib tarzda sharq fol'klori bilan tanish hamda o`z ko`zi bilan Sharq tabiati go`zalligiga guvoh bo`lgan va bu narsa, albatta, uning ijodida o`z aksini topmay qolmagan.
Kiplingni ingliz adabiyotiga bostirib kirgan "qonunsiz kameta" deb atashgan. Bunga asos ham bor edi: adabiy jimlik davri viktorianlikning intihosida Kiplingning asarlari o`zining jozibasi, tilining aniq va ravonligi, dunyoqarashining hayotiyligi va jasurligi hamda sog`lom optimistik ruhdagi personajlari bilan kitobxonlar ommasini zabt etdi. Yozuvchilar, shu jumladan, Oskar Uayl't ham uni ortiqcha qo`pollikda va jurnalistik bachkanalikda (vul'garizmda) ayblashadi. Do`stlari, masalan , Genri Jeyms uning "keskin vatanparlik ruhdagi she`rlarini" o`ta shilqimlik, deb baho berishgan. Dushmanlari esa Kiplingni oddiy qilib "adabiy bezori" deb atashgan. Ammo "vaqt yozuvchi va uning fikralarini kechirdi, chunki u yaxshi yozgan edi", Kiplingning siyosiy qarashlari atrofidagi turli munozarali fikrlar esa bizning zamonimizda uni yo`g`otgan nomini qaytarib berdi. Uning jajji qizalog`i Effiining bitmas-tuganmas "Qayerdan?", "Qanaqa?" deb bergan savollariga javob bera turib yozgan "Ana shunaqa ertaklar" (yoki "Shunchaki ertaklar") to`plamidagi animalistik ertaklari butun dunyo bolalariga tanish. Tanqidchilar ertaklarda Kiplingning "qatiqo`o`llik" ("jelezniy") ta`sirini topishga harchand urinishmasin, baribir, uning kulgili hayvonlari hamda noyob sarguzashtlari, "Nima uchun tuyaning bukri bor?", yoki, "Nima uchun kitning halqumi buncha katta?" kabi savollarga bergan hazilomuz javoblari bolalarga yoqadi. Kiplingning avval ham bolalar uchun kitoblari bo`lgan, masalan, "Jasur kapitanlar", ikki tomlik "Jungli haqida kitob" kabi; ammo unga haqiqiy shon-shuhratni aynan "Shunchaki ertaklar" to`plami olib kelgan. Bu "shunchaki" ertaklar emas, balki noyob uy kitobi, mehribon otaning suyukli bolasiga atab yozgani hamdir, buni esa bolalar hech qachon nazardan chetda qoldirishmaydi va yetarlicha baho bera olishadi. Shu o`rinda ta`kidlab o`tish zarurki, Kipling ingliz bolalar adabiyoti an`analarini davom ettirgan, o`zi ertaklarga rasmlar chizib, ularga izohlar bergan. Anamalistik ertaklardan tashqari, Kipling fantastik ertaklar janrida ham ijod qilgan. Uni fantastika janrining asoschilaridan biri, desa ham bo`ladi. "Pek tepaliklik Pak" va "Feyaning sovg`asi" kabi ikki tomlik asarlarining qahramonlari Shekspirning Pak ismli qahramonidir. Pak yosh singlisi Yunega va ukasi Danga Angliyaning tarixini so`zlab beradi, uning sehrgarliklari hamda o`zining qiziq hangomalari barchani quvontiradi. Ba`zida Kipling hikoyalarning davomini kitobxon fikr-mulohazasiga havola qilib, uni qiziqtirib qo`yadi. Kiplingning o`quvchi bilan bevosita muloqotga kirishishi, ertak bayoni xuddi tarix darslarida o`tirib, o`sha davrga sayohat uyushtirilishi kabi taassurot qoldirishi asarning o`ziga xosligini belgilaydi. Kiplingning deyarli barcha asarlari bayon etilishi lozim bo`lgan prozaik asarning mazmunini mantiqiy takrorlovchi she`riy muqaddima bilan boshlanadi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling