M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan
Download 1.15 Mb.
|
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan
Jonatan Svift (1667 - 1745). Jonatan Svift, unga zamondosh bo`lgan Defoga nisbatan Angliyada mavjud bo`lgan ijtimoiy tuzumda hukm surgan siyosiy qarashlarga mutlaqo zid fikrlarda bo`lgan. Uning mashhur "Gulliver" asari aristokratik jamiyat va davlat tizimiga qarshi qaratilgan o`tkir satiradan boshqa narsa emas. Asarning to`liq nomi: "Avval xirurg, keyinchalik bir nechta kemalar kapitani Lemyuel Gulliverning dunyoning turli uzoq mamlakatlariga qilgan sayohati" deyilgan. O`tkir kinoya va Angliyaning siyosiy tuzumi ustidan masxaralashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan asar eng avvalo bolalarni o`ziga o`zining shakli bilan jalb etadi, ko`z oldimizda yana mumtoz sarguzasht roman uning barcha o`ziga xos alomatlari bilan gavdalandi. Bu asarni Fransua Rablening "realistik" fantastikasi hamda fol'klor bilan aloqasi bor, deb bemalol ta`kidlash mumkin. Gulliverning g`ayritabiiy sarguzashtlari, uning liliputlar hamda ulkan, bahaybat odamlar (velikanlar) mamlakatiga tushib qolishi, voqea-hodisalarning to`qima va aql bovar qilmas darajada hayratli ekanligi bolalarni juda xursand qilmasligi, o`qish jarayonida ularni aqlini o`g`irlamasligining iloji yo`q, ammo shu bilan bir qatorda boshqalarning fikrini, dunyoqarashini hurmat qilish, yaxshilik va mehribonlikni boshqalarning urf-odatlarini o`z o`rniga qo`yishni, boshqalarning dardiga hamdard bo`lishni ham o`rgatadi. "Men sharafli maqsad bilan insoniyatni ziyoli qilish va unga o`rgatish uchun yozaman" , - deb yozgan edi Svift.
XVIII asrning o`rtalarida ingliz tiliga Sharl' Perro ertaklarining birinchi tarjimalari nashr qilindi, asrning oxirida esa "Ming bir kecha ertaklari" chop etildi. 1744-1780-yillarda ingliz va shotland xalq ertaklarining birinchi to`plamlari nashr etiladi. Aynan shu vaqtdan boshlab, shaxsan ingliz bolalar adabiyoti sanasining hisobi boshlanadi, eng avvalo, noshir va tipograf Djon N'yuberining (1717-1767) kitoblari buning yorqin namunasi bo`la oladi. Aynan shu muallifga birinchi bolalar jurnali "Liliputlar jurnali" tegishlidir. 1750 yilda "Kichkinagina, yaxshigina kitobcha", 1751-1752 yillarda uch tomli "Fanlar olami" kitoblari chop qilinadi. O. Gel'dsmitning ta`rificha, "N'yuberi o`zini bolalarning do`sti deb ataydi, aslida esa u butun insoniyatning qadrdoni edi". Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling