M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan


Download 1.15 Mb.
bet3/48
Sana13.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1193912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan

Tayanch so`zlar: pedagogik xrestomatiya, ertaknavislik, mixxat, mif, afsona, folklor, romantizm, bolalar kitobxonligi, qo`shiq, Renessans, didaktika, epos, "Injil", "Bibliya", “Tavrot”, "Ramayana", "Mahobxorat", "Iliada", "Odisseya".
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Eng qadimgi adabiy yodgorliklarda mif va afsonalar o`rni.
2. Eng qadimgi ertaklar va ularda ibtidoiy miflar ifodasiga misol keltiring?
3.G`arbiy Yevropada Renessans (Uyg`onish) davri qachon boshlangan va sabablari?
4. Chet el bolalar adabiyotining didaktik namunalari haqida nimalar bilasiz?
5. Yevropa adabiyotida romantizm va realistik tamoyillar ifodasini tushuntiring?.
6. Zamonaviy bolalar adabiyotda ijtimoiy hayot va dolzarb muammolar talqini haqida so`zlang.
7.Hozirgi zamon chet el bolalar adabiyoti tasnifotini oydinlashtiring?
8.Eng qadimgi epos va dostonlarning mavzuviy mundarijasi haqida mulohaza bildiring?
2-mavzu: Nemis bolalar adabiyoti
Reja:
1. Nemis bolalar adabiyotining shakllanishi.
2. Nemis klassik adabiyotining bolalar adabiyotiga munosabati.
Tayanch tushunchalar: klassik adabiyot, ertaknavis, mahorat
IPT – sharhlovchi ma'ruza.
IAT – mavzuga doir slayd.
Qadimgi nemis poeziyasi haqida qadimgi Rim yozuvchilari va keyingi davr yozma yodgorliklari yordamida mushohada qilish mumkin. Rim tarixchisi Tatsita tomonidan qadimgi olmonlarning jangovor va g`arbiy yurishlari haqida esga olinadi. Bunga qadimgi olmon yodgorliklarining epik she`riyati, 800- yilga qadar yozilgan "Xildebran haqida qo`shiq" asari misol bo`la oladi. "Qo`shiq"da (V-VI asrlarda) "xalqlarning buyuk ko`chishi" haqidagi voqealar tasvirlangan.
"Nibelunglar haqida qo`shiq" asari adabiy jihatdan XVIII asr boshlarida qayta ishlangan, va albatta ritsarlar, saroy hayoti tavsilotlari, ritsarlik sha`niga muhabbat bilan xizmat qilish va unga sodiqlik motivlari yotadi. Lekin shu qolip orasidan feodallikkacha bo`lgan davr olmon hayoti chizgilari bo`rtib chiqqan hikoyalar asosida yosh, navqiron Zigfridning ajdarni engishi, Nebilunglar xazinasini topishi, buyuk Ditrix Bernskiy va uning drujinasi haqidagi afsonalar ham o`rin topgan. Agar folklor kattalar adabiyoti uchun birinchi navbatda mavzu, syujet, janrlar manbai deb qaralsa, bolalar adabiyotida uning o`rni bu bilan tugamaydi. Folklor asosida bolalar adabiyotining, bola dunyoqarashining paydo bo`lishi hamda shakllanishida "uy" og`zaki ko`rinishi paydo bo`lgan. Taxmin qilish mumkinki, agar uyda, og`zaki tarzda yaxshilik va yomonlik haqida, yovuz va oq-qo`ngil ruhlar haqida, o`rta asrlar qahramonlari, yalmog`iz va ajdarlar haqidagi yozma yodgorliklar avval og`zaki aytilib, og`izdan–og`izga ko`chmaganda edi, balki bizgacha bu xalq durdonalari yetib kelmagan bo`larmidi?
Vilyam va Yakobson Grimmlar "Bolalar va oilaviy ertaklar" to`plamining so`zboshisida, bu dono an`anani baholay turib: "Bolalar ertaklari, bolalarga samimiy, yumshoq va toza qalblardagi nur bilan hayotga eng birinchi his–tuyg`ularni hamda fikrlarni uyg`otish maqsadida so`zlab beriladi. Lekin uning oddiy poeziyasi har bir kishini xursand qilishi hamda to`g`rilikka o`rgata olishi mumkin, yana bir afzalligi, u uy devorlari ichida qolib, bir umrga me`rosga aylanishi uchun ham bu ertaklarni oilaviy deb atadik", - degan edilar.
Olmoniyada Uyg`onish davri milliy madaniyatning shaxdam rivojlanishi bilan belgilanadi. Kitob chop etishning yutuqlari antik davr shoir va yozuvchilarining kitoblarini keng targ`ib qilishga imkon yaratib, jamiyatda umuminsonoiy g`oyalarni ilgari surdi. Nemis yozuvchilari, olimlari, rassomlari, haykaltaroshlari: Til'man Rimenshneyder yog`och haykaltaroshligi bobida o`zining o`lmas asarlari bilan, Gol'beyn kichkina tasviriy san`at asarlari bilan, Al'brext Dyurer - rassom, olim, gravyurachi, shoir - Evropa madaniyati Uyg`onish davrining yirik namoyondalaridan biri, tasviriy san`atning portret, peyzaj va natyurmort janrlarini rivojlantirish bilan birga Injilga hamda Sebastian Brantning "Axmoqlar kemasi" (1457- 1521)asari - satirik va didaktik "oyna" deb shon-shuhrat qozongan asariga illyustratsiyalari bilan Renessans madaniyati xazinasiga o`zlarining ulkan hissalarini qo`shdilar. Nemis adabiyoti rivojiga hissa qo`shgan buyuk shoir va yozuvchilar sifatida quyidagilarni sanab o`tish mumkin: Iogann Vol'fgang Gyote, Iogann Xristof Fridrix Shiller, Lyudvig Tik, Axim fon Arnima va Klemens Brentanolar.



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling