M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan
Download 1.15 Mb.
|
M. I. Daminov 2020-y. Ona tili va adabiyot fanidan
Lyuis Kerrol (1832-1898). Asl ismi Charlz Dodjons-Oksford universitetining professori, matematik, mantiq va tashxis sohasi bo`yicha mutaxassis, butun dunyoda L'yuis Kerrol' nomi bilan mashhur. Uning sevimli o`quvchisi kollej rektorining qizi Alisa Liddell uchun to`qigan ertaklari, "bema`ni", "mantiqsiz" ertaklar deb nom olgan va shuhrat qozongan. Ertaklar shu qizning ismi bilan "Alisa Liddell" deb nomlangan. U ajoyib matematik. Hozirga qadar uning ishlari o`zining isbotiga muhtoj emasligi hamda fikr va mulohazalarning mantiqan aniq va to`g`riligi bilan barchani hayratga soladi. Professor shu bilan birga, suratga tushirish (fotografiya) bilan ham shug`ullangan. Kerrolning tushirgan suratlari badiiy fotografiya tarixining eng noyob asarlari qatoridan o`rin olgan. Uning nomi ertak tarixiga bir umrga muhrlangan. "Alisa Ajoyibotlar Mamlakatida" ertagi muallifi mumtoz va folklor an`analarni mujassamlashtirgani holda o`ziga xos shunday shaklli asar yaratdiki, alal oqibat, istehzo va parodiya janridagi ertak paydo bo`ldi. "Alisa Ajoyibotlar Mamlakatida" yoki "Alisa Oyna Ortida" ertaklari yana shunisi bilan farqlanadiki, undagi "mantiqsizlik" ortida, xuddi bolalar hazilida ijtimoiy satira yashiringanidek, sog`lom fikr yashirin. Kerrolning kitoblari "bolalar uchun emas", deb topilishining yana bir sababi shundaki, bu viktorianlik jamiyatida fikr yuritish ta`qiqlangan muammolar haqida yozishning yakkayu-yagona yo`li bo`lgan usulni o`ylab topganligidadir. Birinchi bo`lib asarning "bolalar uchun emas", "kattalarga yo`naltirilgan"ligini asarga rasmlar chizgan illyustrator Alisani "boladek bo`lmagan qizcha" sifatida tasvirlagan, malakali siyosiy karikaturachi Jon Tennil his qildi, ammo muallifning o`ziga bu narsa unchalik yoqib tushmadi. Shunga qaramasdan, bolalar uchun "Alisa"ni g`ayritabiiy ekanligini inkor qilib bo`lmaydi; avvalo, qahramon bilan bir qancha sehrli sarguzashtlar hamda qiziqarli voqealar sodir bo`lishinigina fahmlayotgan o`quvchi uchun. Alisà haqiqatdan ham mangu bo`lib qoldi, Irland dengizi bo`yidagi Landudnoda Alisa va Oq quyonchà sharafiga katta me`moriy yodgorlik barpo etilgan.
Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling