M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


 FOLKLORDA MOTW VA SYUJET


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

1.7. FOLKLORDA MOTW VA SYUJET
Butunni bilish uchun uni yuzaga keltiruvchi qismlami bilish kerak 
bo‘ladi. Shu ma’noda epik asarlarning syujet asosini tashkil etuvchi 
motivlami bilmasdan, ularning mohiyatini anglash mushkul. De- 
mak, dastlab «motiv o‘zi nima» degan savolga javob berish lozim.
«Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli 
lug‘ati»da «Motiv-syujet tarkibidagi halqalardan biri», deyilgan. 
Syujet asar mazmunini tashkil etgan voqealar tizimi bo‘Isa, motiv 
shu voqelikni yuzaga keltiruvchi asosiy unsur hisoblanadi. Ya’ni epik 
asar qurilma-strukturasini motivlarsiz tasawur etish mumkin emas.
Epik asarlarning syujet va motivi haqida mutaxassis olim- 
laming qarashlari turlicha. Biroq ko‘pchilik olimlar rus olimi 
A.N.Veselovskiyning bu boradagi fikrlariga asos sifatida tayanisha- 
di. Mazkur olim motivlaming syujetni yuzaga keltiruvchi eng asosiy 
bo‘g‘in ekanini ta’kidlab, «Motivlar birlashib syujet halqasini yuzaga 
keltiradi»,- deydi. U motivlami syujetning eng kichik bir boiinmas 
bo‘lagi sifatida tahlil etadi.
V.Propp va B.Putilovlar esa A.N.Veselovskiyning qarashla- 
rini rivojlantirib, motivlaming hamisha o‘zgaruvchan ekanligiga, 
ular syujetning kichik bir boiagi bo‘lgan holatda uning o‘zi ham 
boiaklardan, qismlardan tashkil topishiga e’tibor qaratadilar.
105


«Motiv syujetning mag‘zidir», - deydi B.Putilov. Bu o‘rinda olim 
motivlaming tabiiy evolyutsion jarayonini nazarda tutadi.
Syujetning yuzaga kelishi motiv bilan chambarchas bog‘liq ekan, 
motiv birlamchi ekanligiga hech shak-shubha yo‘q. Eng muliimi 
esa har bir motivning syujet halqasida qanday o'rin tutishini, qan- 
day mazmun va mohiyat kashf etishini aniqlash folklorshunos- 
likning dolzarb vazifalaridan biridir. 0 ‘zbek xalq ertak va doston- 
lari tahliliga bag‘ishlangan fundamental tadqiqotlar mavjud. Bular 
orasida H.Zarifov, M.Saidov, M.Afzalov, T.Mirzayev, K.Imomov, 
X.Egamov, G‘.Jalolov, B.Sarimsoqov, A.Musaqulov, M.Jo‘rayev, 
SH.Turdimov kabi olimlaming ishlarini alohida ta’kidlab o ‘tish 
lozim. Epik asarlarning syujeti, versiya va variantlari, tarixiy asos­
lari va badiiyati borasida bu olimlarimizning izlanishlari nazariy 
manba bo‘lib xizmat qilishiga hech shak-shubha yo‘q. Biroq shun- 
day bo‘lsa-da, birgina N.Do‘stxo‘jayevaning o‘zbek ertaklari tah­
liliga bag‘ishlangan ilmiy ishini istisno qilganda, epik asarlar struk- 
turasi bizda haligacha yetarlicha o‘rganilgan emas.
Har qanday epik ijod, birinchi navbatda, ertak va dostonlar ham 
o‘z qurilmasiga ega. Motiv esa ana shu qurilmada asosiy o‘rin tutadi. 
Shunday ekan, folklor asarlari tahlili motivlar tahlili orqali amalga 
oshmog‘i kerak. Epik asarlardagi motivlami aniqlash, har bir mo­
tivning boshqa motivlar bilan bog‘liq jihatlarini, ichki harakat va xu- 
susiyatlarini, badiiy-estetik vazifalarini tahlil etish folklorshunoslik­
dagi muhim masalalardan biridir.
M a’lumki, epik asar syujeti albatta biror makon va zamonda 
kechar ekan, bu harakat, shubhasiz, motivlar harakati orqali amal­
ga oshiriladi. Bizning maqsadimiz esa ana shu motivlar, xususan, 
tush motivining epik asardagi o ‘rni, boshqa motivlar bilan muno- 
sabati, voqelikni yuzaga keltirishdagi tadrijiy rivojini tahlil etish- 
dan iborat. Zero, tush va tush motivi epik asarlarda muhim o ‘rin 
tutadi.
«Alpomish» dostonining barcha variantlarida biz tush motiviga 
duch kelamiz. Dostondagi voqealar boshlanishida, rivojida va yaku-
106


nida kelgan bunday tushlar o‘miga qarab bir-biridan farqlanib turadi. 
Misol uchun dostonning Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li variantida tush motivi 
voqeaning boshida va rivojida keladi. Qahramon, ya’ni Alpomish- 
ning dunyoga kelishi, ulg‘ayishi, uylanishi, hayot qiyinchiliklarini 
yengib, murod va maqsadiga yetishi tush motivi orqali ochib berila- 
di. Agar dostondagi tush motivi tushirib qoldirilsa, unda syujet jid- 
diy zarar ko‘radi. Dostondagi befarzandlik, ulg‘ayish, sinov, safar, 
uylanish va uyga qaytish motivlari bevosita tush motivi bilan cham- 
barchas bog‘liq holda keladiki, tush bu o‘rinda voqealar rivoji uchun 
asosiy poydevor vazifasini o'taganini ko‘ramiz.
Tush motiviga xos bo'igan asosiy xususiyatlardan biri uning 
ko‘pincha boshqa motivlami o ‘zi bilan birga yetaklab kelishidir. 
«Alpomish» dostonida Alpomish, Barchin va Qorajon bir vaqt- 
ning o ‘zida ayni bir tushni ko‘radi: «Alpomish cho‘ponlaming 
qo‘shxonasida uxlab yotdi. Kechasi fayzi sahar vaqtiga yetdi, sahar 
vaqti cho‘ponlaming qo‘shxonasida yotib bir tush ko‘rdi. ЫаЬ bo- 
rayotgan Barchin yori, bul ham baxmal o‘tovda yotib, subhi sodiq 
tuqqan vaqtda bir tush ko‘rdi. Kas’hal g‘orida, to‘qson qalmoqning 
ichida Qorajon alp ham bir tush ko‘rdi. Uchovining tushi oldin keyin
do‘g‘ulish ko‘rdi».12 Ana shu tush motivida butun doston voqealari 
oldindan bashorat qilinib, ramzlar tilida bayon qilinadi. Ya’ni doston 
syujetining butun keyingi voqealari rivoji ana shu parchada ko‘rsatib 
beriladi. Ushbu motivdan so‘ng doston voqealari tezlashib, syujet­
ning keyingi halqalari uchun vaziyat yaratiladi. Qorajon ana shu tush 
tufayli Alpomish bilan do‘st tutinadi. Sinovda o ‘zi tug‘ishgan akala- 
rining yonida turib emas, Alpomish tomonda turib davraga tushadi. 
Alpomishning do‘sti, sirdoshi, yaqin ko‘makchisiga aylanadi. Shu- 
ning uchun ham ana shu tush parchasini doston syujetining «yad- 
rosi» deb qarash mumkin.
0
‘zbek dostonlaridagi tush motivi sinov, uylanish, safar, qaytish 
kabi keyingi motivlar bilan chambarchas bog‘langan holda keladi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling