M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

Tush ко ‘ribman,
ikki yoshni xiish ко ‘ribman,
Oltin beshik buyonda 
Oltin beshik и yonda. 
toq, emas, juft к о ‘ribman.
143


qo ‘chqorday ul bir jonda
,
Basolqi qiz bir jonda,
Ко ‘rkam savlatli,
Molu
— 
davlatli,
Farzandli, nevarali, chevarali ко ‘ribman.
Ba’zi o'rinlarda «o‘lgan» kampirning tushini ikkinchi bir kampir 
ta’biri qilib, tushdagi ramzlaming nima ma’no ifodalashini aytib tu­
radi.
Bu o‘rinda eng avallo, tushga to‘xtalib o'tish zarur bo‘ladi. Chun- 
ki tush ko‘pchilik marosimlarda, umuman, inson hayotining barcha 
nuqtalarida alohida ahamiyat kasb etgan. Ibtidoiy inson o‘zining 
o‘tmishi, buguni va kelajagini ham tushsiz tasavvur eta olmagan. 
Biror bir insonning dunyoga kelishi, kamol topishi, baxtli bo‘lishi 
yoki falokatlarga yo‘liqishi tushlarda ay on bo‘lgan.
Nikoh esa hamma vaqt о ‘lim va tug‘ilish orasidagi muhim bir 
vosita, hayot - o‘lim - hayot davomiylik siklining boshlanishi hisob­
langan.
0 ‘lib tiriluvchi ma’budlar haqidagi qadim tasavvurlarga ko‘ra, 
keksa qish yer yuzini tark etgandan so‘ng, u yangi — bahor qiyofa- 
sida dunyoga keladi. 0 ‘lim yo‘q ekan, tug‘ilish ham bo‘lmaydi; qish 
o ‘lmasa, bailor tug‘ilmaydi. Aslida o‘lim va tug‘ilish bir holatning 
ikki ko‘rinishi, xolos.
Dostondagi «kampir o‘ldi» marosimida ham xuddi ana shu nar- 
sa, ya’ni bir fasl (sikl) o‘rnini, ikkinchi bir fasl olganligi, “kampir 
о ‘lib”, yangi oila dunyoga kelayotganligi, mangu davomiylik siklining 
ramziy ifodasidir.
Tabiat faslini keksa kampir qiyofasida tasavvur qilish «Choy 
momo», «Sust xotin» marosimlarida o ‘zining yanada yorqinroq ifo- 
dasini topgan.
M a’lumki, o‘lib tiriluvchi ma’budlar haqidagi ko‘plab miflar 
mavjud. Bunday miflarga xos bo‘lgan eng muhim xususiyat ular- 
ning tabiat va hosildorlik kultini o‘zida mujassam etgani va ulaming
144


ko‘pchiligi aibatta ayol qiyofasida bo‘lganidir. Har fasl almashganda 
esa ularga qurbonliklar qilinib, maxsus marosimlar o'tkazilgan. 
Qadim Misrda Osirisning o ‘lib-tirilishi bahor marosimlarida tomo- 
sha tariqasida ко ‘rsatilgan.
Germaniyada yangi nikoh qurgan kelinchaklarga o‘limni ifo- 
dalovchi somondan qilingan qo‘g£irchoq ko‘rsatilgan. Qari kampir 
ko‘rinishidagi “o ‘lim” kelinchakning ko‘p farzandli bo‘lishiga yor- 
dam beradi, degan tasaw ur bo‘lgan.
Ko‘pgina tadqiqotchilar o‘limning hosildorlik va serfarzandlik 
bo ‘ lishida ко ‘rsatadigan ta’siri haqida tasavvurlar nikoh marosmlari- 
da juda barqaror ekanligini ta’kidlashadi.
Shuning uchun ham, oila va mavsum marosimlarini bir-biri bi­
lan o ‘zviy bog‘liq ravishda o ‘rganilishi zarur. Zero, oila marosim- 
larining barcha qirralari mavsumiy marosimlarni о ‘rganish orqali 
ochiladi.
Epos va marosim 
bir-biri bilan chambarchas bog‘liq jaray- 
on. Marosimlarning tarixiy ildizlarini yoritishda eposga muro- 
jaat etish tabiiy. Eposdagi motivlami esa marosimlar bilan qiyosiy 
o‘rganganimizdagina ularning mazmun mohiyati yanada to‘laroq 
ochilishi mumkin.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling