M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.
Savol va topshiriqlar:
1. «Alpomish» dostonining Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olin- gan variantini o‘qing. 2. Dostonning bugungi kunda xalq qadriyatlari qatorida e ’tiborga loyiq ekanini izohlang. 3. «Alpomish» dostonidagi mifik dunyoqarash belgilarini alohida- alohida ko‘rsating. Ular haqida bilganlaringizni so‘zlang. 4. Dostonning o‘rganilishida olimlar fikrlarini ayting. Ularni ba- holashga urining. 5. Dostondan parcha yodlang. 145 2.2. 0 ‘ZBEK XALQ NASRINING 0 ‘RGANILISHI Afsona - sehr - jodu, xayolotga yo‘g‘rilgan, ajdodlardan avlod- larga o‘tib kelayotgan og‘zaki hikoya, Nomoddiy madaniy meros (NMM) namunalaridan biri. Afsona o ‘zbek xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri bo‘Iib, insonning dunyo va o‘zini qur- shab turgan voqelikni anglash, tushunishga qaratilgan tushuncha va tasavvurlari mujassamlashgan voqea va hodisalar, badiiy to ‘qima asosida hikoya qiladi. Shu-ning uchun ham afsonada ijtimoiy hayot, kishilaming dunyoqarashi, urf-odatlari va tarixiy hodisalar haqida ix- cham ma’lumot, axborot beriladi. Afsonalar haqidagi ma’lumotlar mashhur tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida «sag» so‘zi orqali ifodalangan bo‘lib, hikoya, qissa deya ta'rif berilgan, Afsona matnida an’anaviylik yo‘q ekan, voqealar tuzilishi ham murakkab emas. Shuning uchun aytuvchining mahorati bilan bog‘liq holda voqealar doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Afsona syujetlari mifologik hodisalar, geografik joy lar nomi bilan bog‘liq g ‘aroyib vo- qealardan tashkil topgan. Xarakterli tomoni shundaki, deyarli barcha afsonalarning syujeti bir yoki ikki epizoddan tashkil topadi. Syujet voqealari esa ko‘proq tugundan boshlanadi. Bunday epik tugunlar esa tinglovchilami kutilmaganda voqealar ichiga olib kiradi. Afsonalarda ertaklardagiga o‘xshash an’anaviy boshlama va tugallamalar uchramaydi. Bu narsa faqat afsona aytish bilan shug‘ullanuvchi professional ijodkorning yo‘qligi bilan izohlanadi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, afsona keng ommaviy ijro etiluvchi janr hisoblanadi - uni bilgan shaxs o ‘zi istagan shaklda ay- taveradi. Afsonalarning tematikasi rang-barangdir. Osmon, yer, suv pir- lari (muakkil)ning g'aroyib ishlari, yovuzlik yaratuvchi ruhlar bilan ezgulik yaratuvchi ruhlar o‘rtasidagi doimiy to ‘qnashuvlar, yer yuzida odamning paydo bo‘lishi, narsa yoki hodisalarga taalluqli bel- 146 gilarning paydo bo‘lish sababli, tabu (taqiq) bilan bog‘liq ajoyib va g‘aroyib voqealar afsonalar tematikasini tashkil etadi. Afsonalar voqea va hodisalarni g‘ayritabiiy tasvirlashi bilan ertaklarga o ‘xshab ketadi, biroq syujetning barqaror shaklga ega Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling