M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


ham badiiy aks etgan (farzandning tug‘ilishi, ism qo'yish, beshik-


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

ham badiiy aks etgan (farzandning tug‘ilishi, ism qo'yish, beshik- 
kerti qilmoq, atashtirib ro‘moI o‘ramoq, sovchi qo‘ymoq, qalliq 
o‘ynamoq va hokazo; b) maishiy turmushda ijro o‘rni unutilib,
138


badiiy holatga ko‘chgan (farzand tug‘ilishidan oldin ovga chi- 
qish, kuyovga kelin tomonidan shartlar qo‘yilishi va h.k. ) jihat- 
larini tadqiq etish lozim bo‘ladi.
«Alpomish» dostonida farzandning tug‘ilishi ilohiy xususiyat 
kashf etadi. Ilohiy tug‘ilish esa folklorda yetakchi motivlardan biri 
bo‘lib, u bir necha bosqichlardan iborat. Birinchisi, ota-onaning 
farzandsizlik holati. Bu bir tomondan ona urug‘chilik bilan bog'liq 
tasawurlaming marosim va dostonlarimiz qatlamida saqlanib qol- 
ganligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan dostonda ramziy ma’no 
kashf etib, parokanda elni birlashtiradigan, hokimiyatni mustahkam- 
laydigan yangi avlod, yangi alpning tug‘ilishini anglatadi.
Qahramonga ism berilishi bilan bog‘liq o‘rinlar qisqa satrlarda 
aytilib ketgan bo‘lsa-da, u doston syujetida muhim ahamiyatga ega. 
Doston qahramoni Hakimbek yetti yoshga toiganda Alpinbiy bobosi- 
dan qolgan o‘n to‘rt botmon parli yoyni otgani uchun tug‘ulish «Alpo­
mish» deb ataladi: „Shunda barcha xaloyiqlar yig‘ilib kelib aytdi: ...bu 
Alpomish alp bo‘lsin. To‘qson alpning biri bo‘lib sanaga o‘tdi”.14
Qadim marosimlarda, xususan, shomonlikda marosimdan so'ng 
qahramonga ikkinchi ism berilgan. Bu, birinchidan, shomonning 
eranlar tomonidan tanlanganligini va ruhiy kamolotga yetganligi- 
ni bildirsa, ikkinchi tomondan, uning boshqa qiyofaga kirganligini, 
magik qudratga ega bo‘lganligini ham ko‘rsatgan. Bugungi kunda 
ham respublikamizning janubiy viloyatlarida ba’zan oilada o‘g‘iI 
farzand tug‘ilsa, uni “orqalik” ekan deb hamda ins-jins, har xi'l yo- 
mon ruhlardan asrash maqsadida bolaga dastlab yolg‘on ism berila­
di. Agar shunday qilinmasa u xastalikka chalinishi mumkin, degaft 
qarash mavjud. Ma’lum bir muddatdan so‘ng kichik bir marosim 
o ‘tkazilib, bolaga haqiqiy ism qo‘yilgan.
Eposda marosim hech qachon batafsil tasvirlanmaydi, balki, 
uning muhim nuqtalari o‘z aksini topgan bo‘ladi. Eng e’tiborli jihati, 
marosim epos tizimida syujetni yuzaga kelti’rib, epik xarakter kasb

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling