M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон х;аёт - пировард
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.
13
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон х;аёт - пировард максадимиз. - Тошкент: Узбекистон, 2000. 25-бет. 133 nashr ettirildi. «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi keng nishonlanishi munosabati bilan professor T.Mirzayev bu dos- tonning Berdi baxshi, Po‘lkan va Ergash Jumanbulbu] o 'g ‘Ii, Bek- murod Jo'raboy o‘g‘li, Saidmurod Panoh o ‘g‘li variantlarini 1999 -yilda alohida kitoblar holida to‘la nashr ettirdi. U folklorshunoslik amaliyotida birinchi marotaba «Alpomish» dostoni Fozil Yo‘ldosh o‘g ‘li variantining matni, ms tiliga qilingan ilmiy-adabiy tarjimasi bilan birgalikda akademik nashrga tayyorlab, chop ettirdi. Folklor bo‘limi xodimlarining xorijiy mamlakatlardagi ilmiy markazlar va oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy aloqalari ham yaxshi sa mara bermoqda. Ayniqsa, Germaniyadagi Bonn universiteti profes sor! Karl Rayxelning Folklor bo‘limi bilan ijodiy aloqalari samarasi o ‘laroq bir qator o‘zbek xalq ertaklari va «Alpomish» dostoni- ning nemis tiliga qilingan tarjimasi nashrdan chiqdi. Alisher Navoiy haqidagi o‘zbek xalq tarixiy rivoyatlarining M.Jo‘rayev nashrga tayyorlagan majmuasi 1996-yilda Bokuda ozarbayjon tilida chop etildi. Folklor bo'limida o‘z ilmiy malakasini oshirgan Filiz Qirbosh o ‘g ‘li (Turkiya) «Go‘ro‘g ‘lining tug‘ilishi» dostonini, Selami Fidokor (Turkiya) esa «Rustamxon» va «Erali va Sherali» dostonlarini turk tiliga tarjima qilib, nashr ettirdi. Shuningdek, Turkiyada ham «Alpo mish» dostoni bosilib chiqdi. Yapon olimi Xerokining «Turkiy xalqlar qahramonlik eposi» kitobi (2002) Tokioda, Karl Rayxelning «Turkiy xalqlar eposi» kitobi (2002) Anqarada bosilib chiqdi. 2007-yilda pro fessor T.Mirzayev hamda J.Eshonqul tomonidan nashrga tayyorlangan «Oychinor», «Erali va Sherali» dostonlari Turkiyada chop ettirildi. 0 ‘zbek xalq maqollarini to‘plash va uning eng mukammal maj- muasini yaratish borasidagi ishlar uzluksiz davom ettirildi. Natijada 2005-2006-yillarda T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, A.Musaqulovlar to monidan nashrga tayyorlangan « 0 ‘zbek xalq maqollari»ning kirill va lotin alifbosidagi nashri «Sharq» nashriyot-matbaa konsemida bosmadan chiqarildi. 1999-yilda Termiz shahrida «Alpomish» dostoni va uning jahon xalqlari epik ijodiyotida tutgan o‘rni» mavzuidagi xalqaro ilmiy an- 134 juman o‘tkazildi. Ilmiy konferensiya materiallari o‘zbek, rus va ing- liz tillarida bosmadan chiqarildi. 0 ‘sha yili «Alpomish» dostoniga bag‘ishlangan eng yaxshi tadqiqotlarning natijalari «Fan» nashri- yotida chop ettirilgan «Alpomish» - o‘zbek xalq qahramonlik eposi» nomli ilmiy to‘plamda o‘z aksini topdi. 0 ‘zbek folklorshunosligi maktabining kelgusidagi rejalari: o‘zbek folklori materiallarini izchil to‘plash maqsadida atoqli alloma H.Zarifov asos solgan ilmiy ekspeditsiya ishini yanada kengroq qam- rovda o ‘tkazish va uning muntazamligini ta’minlash; H.Zarifov nomli 0 ‘zbek folklori arxivi materiallarini to‘la ilmiy tavsif qilish va kataloglashtirishni amalga oshirish; folklorshunos о limlar tomonidan qariyb 80 yil mobaynida to‘plangan arxiv materiallari va kelgusidagi ilmiy ekspeditsiyalar davomida yozib olinadigan folklor namunalari asosida « 0 ‘zbek folklori yodgorliklari» 100 jildlik akademik nash- rini tayyorlash; folklor asarlarining ilmiy, ilmiy-ommabop va omma- bop nashrlarini tayyorlab, lotin yozuvida chop ettirish; o‘zbek folk lori janrlarining tarixiy asoslari, tipologiyasi va poetikasini dunyo folkloristikasining ustuvor ilmiy metodlari asosida tadqiq etish; oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun xalq og‘zaki badiiy ijodiyoti bo‘yicha yangi darslik va qo‘Ilanmalar yaratishdan iboratdir. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling