M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V
Ertak - o‘zbek xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy va eng omma viy janrlaridan biri. Fantastik xayolot hamda badiiy to‘qimalar aso- 149
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.
Ertak - o‘zbek xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy va eng omma
viy janrlaridan biri. Fantastik xayolot hamda badiiy to‘qimalar aso- 149 siga qurilib, didaktik g ‘oya tashuvchi og‘zaki hikoyalar ertak deb ataladi. NMM namunasi bo‘lgan ertaklarda xalqning dunyoqarashi, milliy xarakteri, turmush tarzi, tafakkur olami ma’lum darajada o‘z ifodasini topadi. Ertaklarning paydo bo‘lishida qadimiy miflar, urf- odat va marosimlar muhum o‘rin tutadi. Ertak atamasi Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida « etuk» shaklida kela di va biror voqeani og‘zaki hikoya qilish ma’nosini bildiradi. Folklor- shunoslikda ertak atamasi qabul etilgan bo‘lsa-da, 0 ‘zbekistonning turli hududlarda matal, ushuk, varsaqi, cho‘pchak nomlari ham uchraydi. Ertaklarda biror bir voqea mukammal hikoya tarzida bayon qili nadi, voqelik xayoliy va hayotiy uydirmalar vositasida kishilarda ba diiy zavq uyg‘otadi. Ertaklar tarixiy taraqqiyot jarayonida turlicha o ‘zgarishlarga uchrab, bizga qadar yetib kelgan. Shu sababdan ko‘pgina ertaklarning g‘oyaviy yo‘nalishi, kompozitsiyasi, qahramonlarning vazifalari o‘zgarib, yangi-yangi variant va versiyalari yuzaga kelgan. Ertak- lardagi variantlarning vujudga kelishi, ertak aytilganda ijrochining ijodiy qobiliyati, dunyoqarashi, voqelikni aks ettira olish iqtidori, er- takchilik an’analarini qay darajada bilishi, tajribasi, ruhiy holatlari bilan bog‘liq holda amalga oshadi. Ertak asosida yotgan badiiy to‘qimaning davr e’tibori bilan tash kil topgan vaqti va о ‘mini, uning real haqiqatga bo‘lgan munosabati va asosiy funksiyasi, badiiy aks ettirish prinsiplariga ko‘ra:) hayvon- lar haqidagi ertaklar («Tulki va laylak» kabi), b) sehrli ertaklar («Kenja botir», «Muqbiltoshotar» va h.), v) maishiy («Davlatmir- zo», «Ayoz» va h.) ertaklarga bo‘linadi. Hayvonlar haqidagi ertaklar shakl va mazmuniga ko‘ra ikki turga bo'linadi: sof hayvonlar haqidagi ertaklar va majoziy er taklar. Sof hayvonlar haqidagi ertaklar nisbatan qadimiydir. Hayvon- personajlar harakati va munosabati qadimiy dunyoqarash bilan bog‘langan. 350 Majoziy ertaklar hayvonlar haqidagi ertaklar zaminida vujudga kelib, tanqidiy vazifani ado etishga bo'ysundirildi. Bir vaqtlar to tem sanalgan hayvonlar ijtimoiy-siyosiy mazmunni aks ettiruvchi ko‘chma ma’nodagi personajlarga aylanadi. Bunday ertaklarning g'oyaviy mazmuni va obrazlar talqinida majoz asosiy o‘rinda turadi. Majoziy ertaklarning pedagogik ahamiyati katta. 0 ‘zbek xalq ertaklari orasida sehrli ertaklar alohida turkumni tashkil etadi. Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega bo‘lib, ularning ildizi ibtidoiy jamiyatga bogianadi. Sehrli ertaklarda personajlar, voqea va hodisalar odatdan tashqa- ri, g‘ayritabiiy holda tasvirlanadi. Sehrli ertaklardagi har bir epizod qahramonlaming xatti-harakatlari, sehr, jodu, mo‘jiza, xayoliy ob razlar bilan bog‘lanadi. Sehrli ertaklarda u yoki bu totem hayvon asosiy personaj bo‘lib, bosh qahramon yordamchisi sifatida hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Sehrli ertaklar poetikasida tilsim alohida o‘rin tutadi. Tilsim va til- simli hodisalar ta’sirchanlikni orttirib, ertaklarga xos tabiat yaratadi, voqea va hodisalar mazmunini ochadi, qahramon ruhini belgilaydi. Tilsim syujetning asosiy bezagi, ertak poetikasining tarkibiy qismi- dir. Chunki sehr-jodu va tilsim vositalari ertak syujetini harakatga keltiradi, qahramonlar xarakterini belgilaydi. Maishiy ertaklarning tematikasi, g ‘oyaviy mazmuni sehrli er- taklardan farq qiladi. Aqlni sinash, vafodorlik, jangovarlik, oi- laviy tortishuvlar, ayyorlik va tentaklikni tanqid qilish bu xildagi ertaklarning asosiy tematikasini tashkil etadi. Shuning uchun ularda ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, zulm va zo‘rlik qoralanib, ezgulik va haqiqat ulug‘lanadi. Ertak qahramonlari - hayot- ning faol kishilari, ular ajoyib va g‘aroyib yordamchilarsiz ish ko‘radilar, aql kuchi, tadbirkorlik, chidam, jasorat, iroda kuchi, do‘stga vafodorlik, sadoqat, adolatsizlikka nisbatan murosasizlik ularning asosiy sifatlaridir. Maishiy ertaklarda voqealar harakati nisbatan hayotiy. Ertak syujetini asosan sotsial-maishiy motivlar tashkil qiladi. 151 Ertaklar o‘ziga xos kompozitsiyaga ega bo‘lib, kirish qismi - boshlama, voqealar rivoji, tugallanmalardan tashkil topadi. Qirish qismi - boshlama tinglovchi diqqatini jamlab, uni ertak eshitishga hozirlaydi. Ertakning an’anaviy boshlamasi voqeaning qaysi vaqtda bo‘lib o'tganini aniq bildirmaydi, uni umumiy tarzda ifodalaydi. Maishiy ertaklarda boshlama nihoyatda ixcham va sodda. Bunda ham voqelikning bo'lib o‘tgan vaqti noaniq bo‘lsa ham, biroq sirlilik sezilmaydi, hayotiylik hukmron bo‘ladi. Voqea bo‘lib o‘tgan joy va qahramon nomi aniq hamda to‘liq beriladi. Tugallanma-ertakning yakuniy qismini ifodalaydi. Sehrli ertak larda tugallanma doimo to‘y-tomosha tasviri bilan yakun topadi. Maishiy ertaklarda esa, u voqealar sintezidan kelib chiqqan xulosa bo‘lib, sotsial ruh hamda ta’limiy mazmunni anglatadi. Ertak aytib beruvchiga ertakchi deyiladi. Har bir ertakchi aytib berayotgan ertaklarining xarakteri va hikoya qilib berish uslubiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Ayrim ertakchilar hayvonlar haqidagi, ayrimlari sehrli, ba’zilari esa maishiy mazmundagi ertaklami aytish bo'iycha dong taratganlar. Ertakchilar: ijodkor va ijrochi ertakchilarga bo‘linadi. Ijodkor er takchi o‘zi eshitgan ertakka ijodiy yondoshadi, an’anani buzmagan holda, ertak voqeligiga yangiliklar qo'shadi, uning ta’sir kuchini oshiradi. 0 ‘z bilim darajasi va mahorati hamda tinglovchi talabidan kelib chiqib, ertak voqelariga o‘zgartirishlar kiritadi. Ijrochi ertakchi esa o‘zi qanday eshitgan bo‘Isa, aynan shunday takrorlaydi, matnga ijodiy yondoshmaydi. Ertaklaming asrlar osha yashab qolishida, ajdodlardan avlodlarga yetib kelishida mahoratli, ya’ni professional ertakchilaming xizmat- lari alohida ahamiyatga ega. Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoy- berdi o ‘g ‘li, Haydar Boycha o ‘g‘li, Nurali Nurmat o‘g‘li, Husanboy Rasulov, Abdug'ofur Shukurov kabi mashhur ertakchilar o‘z davrida mashhur bo‘lgan va ulardan ko‘plab ertak namunalari yozib olingan. Bugungi kunga qadar ko‘plab ertak namunalari turli nomlar ostida chop etib kelinmoqda. 152 Milliy va umuminsoniy g‘oyalami o‘zida mujassam etgan ertak larning ta’limiy hamda tarbiyaviy ahamiyati juda katta. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling