M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

ko‘rsatkichi” nomi bilan ataldi. A.Aame ishlab chiqqan tizim va 
metodikani qo‘llab ish ko‘rgan S.Tompson katalog yaratishda o ‘sha 
davrgacha nashr ettirilgan barcha ertak to ‘plamlaridagi materiallar, 
ilmiy tadqiqotlarda tahlil qilingan syujetlar va folklor arxivlarida 
saqlanayotgan matnlardan foydalangan. Bu katalog ertaklarni siste- 
malashtirishning asosiy ilmiy ko‘rsatkichiga aylandi va ertak syu- 
jetlarining milliy kataloglarini yaratishga bel bog‘lagan folklorshu­
noslar ana shu manbadan foydalanib, syujet tiplarini “AT” belgisi 
asosida tasviflaydilar.
Fin folklorshunosligi maktabi vakili V.Vinert esa antik madani- 
yatga mansub masallarning «miqdoriy-statistik ko‘rsatkichi»ni 
yaratdi (1925).
“Fin folklorshunoslik maktabi”ning metodi asosida chex folk­
lorshunosi Y.Polivka nemis olimi I.Bolte bilan ham korlikda “Aka- 
uka Grimm ertakiari ko ‘rsatkichi”(1913)ning besh jildligini chop 
ettirdi. Yevropa folklorshunosligi tarixi da muhim o ‘rin tutuvchi 
bu “K o‘rsatkich”da har bir ertak syujetining dunyo xalqlari ora­
sida tarqalgan variantlari hamda aniq m anbai berilgan. Shuningdek, 
professor V.Anderson, V.N.Andreyev, V.Tille, R.T.Xristiansen va 
boshqa olim lam ing XX asr boshida yaratilgan ilmiy tadqiqotlarida 
“tarixiy-jo‘g ‘rofiy metod” keng ko ‘lam da q o ‘llanildi. B u metod 
asosida A.Shullerus 1928-yilda rum in xalq ertaklarining syujet 
ko ‘rsatkichini tuzdi.
50


Rus olimi V.N.Andreyev A.Aame “K o‘rsatkichi”ni rus tiliga tar- 
j ima qildi va uni 1929-yilgacha yozib olib, nashr etilgan hamda ilmiy 
manbalarda tahlilga tortilgan rus xalq ertaklari syujet tizimiga oid 
materiallar bilan to ‘ldirib, “Ertak syujetlarining A am e-A ndreyev 
sistemasi b o ‘yicha k o ‘rsatkichi” (1929) nomi bilan nashr ettirdi, 
Shu tariqa rus folklorshunosligida ertak syujetlarini ilmiy tavsiflash 
va tasniflashda yuqoridagi nashrni asos qilib olish hamda har bir syu­
jet tipini “AA” belgisi ostida guruhlashtirish an’anaga aylandi.
“Tarixiy-jo‘g ‘rofiy metod” asosida ertak syujetlarini siste- 
malashtirish va qiyosiy jihatdan tadqiq etishga L.G.Barag katta 
hissa q o ‘shgan. U XVI1I-XX asrlarda yozib olinib, nashr etilgan 
rus, belorus, ukrain xalq ertaklarining syujet tarkibini tahlil qilib,
l.P.Berezovskiy, K.RKabashnikov, V.N.Novikovlar bilan hamkor- 
likda “Syujetlarning qiyosiy ko‘rsatkichi. Sharqiy slavyan er­

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling