M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

«Antropologik maktab». XIX asrning 60-yillariga kelib, xalq 
og‘zaki badiiy ijodiyotini o ‘rganishda yetakchi mavqe egallab turgan 
“migratsion maktab” vakillari tomonidan olib borilayotgan tadqiqot- 
larning ко4 lami kengayganligi sababli, izlanishlar uchun faqat Yevro­
pa hamda Sharq-O'rta va Kichik Osiyo hududiga oid materiallarning 
o‘zi kifoya qilmas edi, albatta. Natijada “syujetlarning ko‘chib yuri- 
shi” nazariyasi ta’siriga berilib ketgan etnograf, folklorshunos, geo- 
graf, tilshunos va sayyohlar jahonning turli-tuman mamlakatlarida 
yashovchi aholining folklorini to‘plashni avj oldirdilar. 0 ‘shadavrda 
amalga oshirilgan etnografik ekspeditsiyalar va jo ‘g‘rofiy kashfiyot- 
lar ham fanda yangidan-yangi folklor materiallarining to‘planishiga
64


sabab bo‘ldi. Shu tariqa jahonning deyarli barcha hududlarida, xusu­
san, Afrika, Janubiy Amerika, Avstraliya, Sharqiy va Janubiy Osiyo, 
Okeaniyada yashovchi aholining folklor materiallari jamlandi.
Mutaxassislar turli hududlarda istiqomat qiluvchi va muhimi
bir-biri bilan etnogenetik va tarixiy-madaniy aloqada bolmagan 
xalqlar folkloridagi g‘aroyib darajadagi mushtarakliklarga duch 
keldilar. Bunday lingvofolkloristik va etnofolkloristik mushtarak- 
likning sabablarini “mifologik maktab”ning “umumiy ajdodlardan 
meros qilib olingan prosyujetlar” nazariyasi bilan ham, “migratsion 
maktab”ning “sayyor syujetlarning bir xalqdan boshqa xalq folklori- 
ga o‘zlashtirilishi, ko4chib o‘tishi” natijasida etnofolkloriy mushtarak- 
liklaming yuzaga kelishiga doir ilmiy qarashlari bilan ham izohlab 
bo im as edi. Boshqacha qilib aytganda, dunyo xalqlari folkloridagi 
ayrim o‘xshashliklar va mushtarakliklarning kelib chiqish qonuni- 
yatlarini o‘sha davr folklorshunosligida amal qilayotgan nazariy qa- 
rashlar doirasida tushuntirishning imkoni bo‘lmadi. Folklorshunos­
lik taraqqiyotidagi ana shunday murakkab bir vaziyat yuzaga kelgan 
davrda “anropologik maktab” nomli yangi nazariya vujudga keldi.
“Anropologik” yoki “etnografik maktab”ning nazariy qarashlari 
ibtidoiy madaniyat va qadimgi diniy e’tiqodlaming yirik tadqiqotchi- 
si, etnografiya va moddiy madaniyat tarixini o ‘rganishdagi «evolyu- 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling